TRAGEDIYA - qoʻshiq“ soʻzlaridan soʻzma-soʻz — „echki qoʻshigʻi“), fojea — adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri. Qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga xalq bayramlari oʻtkazilgan. Bu bayramlarda echkilar soʻyilib dasturxonga tortilgan. Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib, turli sahna tomoshalarini koʻrsatishgan. Bunday jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan. Keyinchalik bu soʻz oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qoʻllanila boshlagan. Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayot-mamot masalalarini koʻtarib chiqadi. Ijobiy qahromon istagi, qarashlari bilan u yashagan muhit oʻrtasidagi ziddiyat tragediyanining asosiy kolliziyasi (qarama-qarshiligi)ni keltirib chiqaradi va albatta ezgulikni eʼzozlagan, haqiqat fidoyisi, yaxshi inson fojiasi uning oʻlimi bilan tugaydi. Biroq bu qaygʻuli, faqat koʻzyosh oqizib tomosha qiladigan holat emas, balki dramaturg koʻzda tutgan ezgu gʻoyalarning tantanasi, kelajakka katta ishonch bilan yoʻgʻrilgan ijtimoiy ruhning gʻolib kelishidir. Shoh Edip“ tragediyasida qadimgi yunon mifologiyasidan keng foydalanilgan. Sofoklning ijodiy choʻqqisi hisoblangan bu asar oʻtgan 2500 yil mobaynida jahon teatri sahnasidan tushmay keladi. Muxtor tragediyani oʻzbekchaga erkin tarjima qilgan: oʻzbek kitobxoni uchun tushunish qiyin boʻlgan joy, elat nomlari hamda atamalar oʻzgartirilgan yoki tushib qoldirilgan. - Shoh Edip“ tragediyasida qadimgi yunon mifologiyasidan keng foydalanilgan. Sofoklning ijodiy choʻqqisi hisoblangan bu asar oʻtgan 2500 yil mobaynida jahon teatri sahnasidan tushmay keladi. Muxtor tragediyani oʻzbekchaga erkin tarjima qilgan: oʻzbek kitobxoni uchun tushunish qiyin boʻlgan joy, elat nomlari hamda atamalar oʻzgartirilgan yoki tushib qoldirilgan.
- Oʻzbekcha tarjimani nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Aʼzam – muharrir, K. Vorobyov - rassom, A. Bobrov – rasmlar muharriri, E. Potapova – texnik muharrir, R. Sodiqbekova – musahhih.
Hali insoniyat badiiy tafakkuri tarixida «Shoh Edip» kabi fojiali qismat qalamga olinmagan. Bu fojia insoniyatga kimligini, uning yelkasida qanday ma’suliyat borligini, nima mumkin-u, nima mumkin emasligini bot-bot eslatib turadi: go’yo asardagi fojia inson boshi kelib uriladigan devoru, mazkur devorning mavjudligini bani basharga ibrat qilish uchun Sofokl go’yo insoniyatning badiiy tafakkuri tarixiga abadiy osib qo’ygandek. Odam hamisha o’zini fojiadan olib qochadi. U fojiadan uzoqroq yurishni istaydi, fojiadan chetlab o’tadi. Biroq fojialar bo’lmasa edi, inson saodatning farqiga bormasdi, qadriga yetmasdi. - Hali insoniyat badiiy tafakkuri tarixida «Shoh Edip» kabi fojiali qismat qalamga olinmagan. Bu fojia insoniyatga kimligini, uning yelkasida qanday ma’suliyat borligini, nima mumkin-u, nima mumkin emasligini bot-bot eslatib turadi: go’yo asardagi fojia inson boshi kelib uriladigan devoru, mazkur devorning mavjudligini bani basharga ibrat qilish uchun Sofokl go’yo insoniyatning badiiy tafakkuri tarixiga abadiy osib qo’ygandek. Odam hamisha o’zini fojiadan olib qochadi. U fojiadan uzoqroq yurishni istaydi, fojiadan chetlab o’tadi. Biroq fojialar bo’lmasa edi, inson saodatning farqiga bormasdi, qadriga yetmasdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |