Cho’michli gidroturbinalar va ularning konstruksiyasi va qo’llash sha’rtlari. Reje.
Aktiv-cho‘michli turbinalar (Pelton turbinasi).
Ikki soploli cho‘michli turbina.
Aktiv-cho‘michli turbinalar sekin yuruvchi turbinalar sinfiga mansub bo‘lib, uning ishchi g‘ildiragi pastki bef sathidagi erkin havo bo‘shlig‘ida joylashadi va faqatgina kinetik energiyaga ega bo‘lgan suv oqimi erkin holatda atmosfera bosimi ostida ishchi g‘ildirakka kelib uriladi. Shuning uchun ba’zi bir vaqtlarda aktiv turbinalarni erkin oqimli turbinalar ham deb atashadi. Yirik cho‘michli turbinalar asosan yuqori – 40÷2000 m bosimlarda qo‘llaniladi. MNTO INSET birlashmasi, mikro va kichik GESlarda foydalanish mumkin bo‘lgan quyidagi ko‘rsatgichli turbinalar hamda mikroGESlarni ishlab chiqaradi. Kichik quvvatli turbinalar va mikroGESlarni tanlash diagrammasi Suv oqimi kelib uriladigan cho‘michlar sonini ko‘paytirib quvvatni oshirish uchun ikki karrali Banki turbinalari ishlab chiqilgan. Cho‘michli turbina. A – cho‘michli trubinaga suvni yo‘naltiruvchi moslama sxemasi; b – cho‘michga suvning urilishi va tezlikning bo‘linish sxemasi. Cho‘michli turbina tarkibiga valga o‘rnatilgan ish g‘ildiragi, turbinaga kelayotgan suv miqdorini tartibga soluvchi soplo turidagi yo‘naltiruvchi moslama va kojux (turbina qismlarini o‘rab turgan metall qoplama)lar kiradi. Cho‘michli turbinaning ish g‘ildiragi doira shaklidagi metall disk va unga doira bo‘ylab o‘rnatilgan cho‘michlardan iborat. Bosimli quvur GES binosiga kiradi va uning oxiri, oqimni turbina ish g‘ildiragi cho‘michlariga yo‘naltiruvchi soplo bilan tugaydi. Soplodan katta tezlikda chiqqan suv oqimi cho‘michning botiq sirtida dumalab harakatlanadi va o‘zining harakat yo‘nalishini teskari tomonga o‘zgartiradi. Cho‘michdan qaytgan oqimning tezligi korpusga nisbatan V = 0 m/c bo‘lsa, turbinaning foydali ish koeffitsienti maksimal miqdorga erishadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, maksimal foydali ish koeffitsientiga erishish uchun cho‘michli Cho‘michli ish g‘ildiragi, a – osilgan; b – yotqizilgan.
Turbinaning aylanma harakati tezligi, oqimning yarim tezligi miqdoriga teng bo‘lishi kerak Turbinaning soplosi bosim quvuridan kelayotgan suv miqdorini tartibga solish uchun xizmat qiladi. Soplo ichida harakatlanayotgan igna esa suv chiqayotgan kanalning kesimini o‘zgartirish orqali turbina ish g‘ildiragiga kelayotgan suv sarfini o‘zgartiradi. Ishlatib bo‘lingan suv pastgi befga olib ketiladi. Bosim isrofini kamaytirish uchun turbina va uning soplosi iloji boricha oqim sathiga nisbatan pastda joylashishi kerak. Ish g‘ildiragi cho‘michlariga suv oqimi zarbsiz kirishi uchun ular uchli qirra bilan bo‘lingan ikkita, juft cho‘michlar shaklida tayyorlanadi. Suv oqimi cho‘michlardan oqib o‘tib, o‘zining yo‘nalishini 1800 burchak ostida o‘zgartiradi. Natijada cho‘michlarda kuchlanish hosil bo‘lib, ish g‘ildiragi aylanma harakat qila boshlaydi. Vertikal o‘rnatilgan cho‘michli ish g‘ildirakli kichik GES mashina zalining ko‘rinishi Odatda 14÷60 dona cho‘michli ish g‘ildiraklari tayyorlanadi. Cho‘michli turbinalarning aylanishlar soni va quvvatini oshirish uchun ish g‘ildiragining diametri bo‘ylab 2, 3, 4 hattoki 5 va 6 donadan ham soplolar o‘rnatilishi mumkin. Soplolar ish g‘ildiragi diametri bo‘ylab teng taqsimlanadi. Ammo soplolar soni oshishi bilan turbinaning foydali ish koeffitsienti pasayib ketishi mumkin. Tajribalar natijasida, soplolar soni 4 donadan oshmasligi tavsiya qilinadi. Cho‘michli turbinalarning foydali ish koeffitsienti juda yuqori bo‘lib, 0,88÷094 ga teng. Ularni gorizontal va vertikal holatlarda o‘rnatish mumkin. Odatda bir necha soploli ish g‘ildiraklari gorizontal holatda o‘rnatiladi. Ma’lumki, soplolar sonini ko‘paytirish orqali cho‘michli ish g‘ildiragining aylanishlar soni va quvvatini oshirish mumkin. Ammo soplodan uzatilayotgan suv faqat bir marta bir necha cho‘michga urilishi mumkin. Uzatilayotgan suv energiyasidan bir necha marta foydalanish ustida olib borilgan tajribalar natijasida Banki turbinasi yaratildi. Banki turbinasi, ma’lum masofaga joylashtirilgan ikki dona aylana shaklidagi gardishlarga, suv energiyasi quvvatini maksimal qabul qiluvchi shaklga ega bo‘lgan parraklar o‘rnatilgan