Sodiqova umidaxonning


Avtomatlashtirishga bo’lgan ehtiyoj va uning kelib chiqish sabablari



Download 69,86 Kb.
bet2/5
Sana28.02.2022
Hajmi69,86 Kb.
#473798
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5474241955430927464

Avtomatlashtirishga bo’lgan ehtiyoj va uning kelib chiqish sabablari

Avtomatlashtirish vositalarining baʼzilari qadimdan paydo boʻlgan.Ammo mayda hunarmandchilik sharoi-tvda (18-asr gacha) bunday qurilmalar amalda qoʻllanilmagan. Mehnat qurollari va uskunalarining takomillashtirilishi, yangi mashina va mexa-nizmlarning yaratilishi natijasida (19-asr) i.ch. hajmi va darajasi keskin oʻzgardi. Bu hol ishlab chikarishni mexa-nizatsiyalashtirish uchun zarur shartsharoit yaratib berdi (mas, yigirish, toʻqish, metall va yogʻoch ishlash korxonalarida). 20-asr boshlarida kuchlanish rostlagichi ixtiro qilinganidan key-in elektr energiyasidan i.ch. da foydalaniladi; koʻp operatsiyali agregat-stanoklar va avtomatliniyalar vujudga keladi. I.ch.a. tushunchasi shu davrda paydo boʻldi.


Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va i.ch. jarayonlarini oʻzlashtirish ogʻir sanoat va mashina-sozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda (30y.larda) boshlandi. Ogʻir, yengil va oziqovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qoʻllanila boshladi, transport avtomatikasi tako-millashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal xoʻjalik, i.t. institutlarida avtomatika lab.lari tashkil etildi.50-y. larga kelib xalq xoʻjaligining deyarli barcha tar-moklarida avtomatika qoʻllanila boshladi. GES agregatlarini toʻla avtomatik boshqarishga oʻtildi, suv bilan taʼminlash tizimlari va b. sohalar avtomatlashtirildi. I.ch.a. ning ilmiy asoslari, asosan, uch yoʻnalishda rivojlandi. Birinchidan, boshqarish obʼyektlarining qonuniyatlari, dinamikasi, turgʻunligi va tashqi omillar taʼsirini oʻrganishning samarali metodlari ishlab chiqildi. Bu masalalarni tadqiqrtchilar, konstruktorlar, texnologlar birgalikda hal qiladi.Ikkinchidan, boshqarish metodlarining samaradorligi, boshqarish funksiyasining maqsadi aniqlandi.Shu asosda boshqarishga oid qaror qabul qilish qoidalari belgilandi. Uchinchidan, oʻlchash, natijalarni qayta ishlash va boshqarish fun-ksiyalarini amalga oshiradigan avtomatika vositalarining tuzilishini uygʻunlashtirishning puxta, oddiy va samarali muhandislik usullari ishlab chiqildi. Lekin I.ch.a. ni takomillashtirish va rivojlantirishga doir ishlar uzluksiz davom etadi. Sexlar, om-borlar va ishlab chiqarishning boshqa joylarida axborot (informatsiya) larni tuzish va dastlabki ishlash klavishli qurilmalar vositasida bajariladi, yigʻilgan axborotlar qayta ishlashga uzatiladi. Axborotlarni avtomatik qayd qilish uchun datchiklardan foydalaniladi. Axborotlarni uzatish qurollari — signal oʻzgartirgichlari, telemexanika apparaturasi, signallarni taqsimlovchi kommutatorlar va b. dan iborat. Axborotlarni mantiqiy va matematik ishlash qurilmalari — signallarning harakteri va shaklini oʻzgartiruvchi funksional oʻzgartirgichlar axborotni berilgan algoritm boʻyicha qayta ishlovchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi kuril-malar — signal tablosi, mnemonik sxemalar, milli va raqamli asboblar, elektron-nur trubkasi, harf va raqamli bosma mashinalar operatorodamga i.ch. jarayonlarining borishini kursa-tadi va muhim.
Ishlab chiqarishni robotlashtirish butun dunyoda oddiy holat bo’lishga ulgurdi, statistik raqamlarga ko’ra, 2017 yilning boshida sayyoramizning har 10 000 ta xodimiga 70 dan ortiq robotlar to’g’ri kelgan. Robotlarning eng ko’p miqdori Janubiy Koreyada ishlatiladi – 10000 ta ishchiga 631 ta robot, Singapurda – 488 ta va Germaniyada – 309 ta robot to’g’ri keladi. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, ish jarayonlarini avtomatlashtirish eng jadal suratlarda Osiyo va Amerikada kechmoqda, har yili u yerda robotlarning soni muvofiq ravishda 9 va 7 foizga oshib bormoqda. Robototexnikani joriy qilish bo’yicha rekordsmen davlat Xitoy hisoblanadi, agar 2013 yilda apparatlar zichligi 10 000 ta ishchiga 25 birlikni tashkil qilgan bo’lsa, 2017 yilning boshiga kelib ushbu raqam 68 taga yetdi va o’sishda davom etmoqda.
2020 yilga kelib ushbu davlat robotlashtirish bo’yicha peshqadam davlatlar birinchiligiga kirishni rejalashtirgan. Janubiy Koreya 2010 yildan beri robotlar zichligi ko’rsatkichining eng yuqoriligi bilan ajralib turadi, bu yerda ularsiz avtomobillar va elektronikani ishlab chiqarishda ish bitmaydi. Ishlab chiqarishni robotlashtirish bo’yicha antirekordsmenlar Rossiya, Hindiston va Fillipin davlatlari hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarda mazkur bozor endi rivojlanmoqda, shuning uchun uskunalarni ishlab chiqaruvchilar o’z xizmatlarini salohiyatli mijozlarga taklif qilib kelmoqda.Mashina ishlab chiqaruvchi va avtomobilь ishlab chiqarish sohasi vakillari sun’iy intellektdan foydalanishga katta qiziqish bildirmoqdalar, chunki uni joriy qilish kompaniyalar inson resurslarini sezilarli darajada bo’shatish imkonini beradi.
Ekspertlar, ko’pchilik kompaniyalarning kelajakdagi muvaffaqiyati ishlab chiqarishni robotlashtirishga bog’liq bo’ladi deb hisoblashmoqda, avtomatlarni qo’llash sohalari tobora kengayib bormoqda va borgan sayin ko’pdan-ko’p ishlanmalar va tadqiqotlarni talab qilmoqda.Ularning fikricha, maqsad faqat avtomatlashtirishning o’zi bo’lmasligi kerak, sun’iy mashinalarni faqat inson u yoki bu sabablarga ko’ra ishni ulardan yaxshiroq bajara olmaydigan vaziyatlardagina joriy qilish mumkin.
Texnik jarayonning barqararorlashi, ishlab chiqarish buyumlari aniqligining va qo’yilgan maqsadlar bajarilishi tezligining oshishi – bularning barchasi, butun dunyoda korxonalar ishlab chiqarish jarayoniga robotlarni joriy qilishga undayotgan sabablarningeng oz miqdoridir.
Hisoblash texnikasi - hisoblash jarayonlarini, axborotlarni toʻplash, saqlash va uzatish masalalarini hal qilishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari majmui; texnikannng hisoblash mashinalari va qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Vaqtni hisoblash, yer maydonlarining sathini aniqlash, savdosotiq hisoblari va boshqa yumushlar bilan bogʻliq masalalar qadimdan maʼlum. Hisoblashlarni mexanizatsiyalashtiruvchi dastlabki sodda qurilmalar — abak, xitoy choʻti va oddiy hisoblash masalalarini yechish qoidalari miloddan avvalgi vujudga kelgan. Neper shkalasi, logarifmik lineyka, B.Paskalning (Fransiya) arifmetik mashinalariga oʻxshash hisoblash qurilmalari 17-asrdayoqmaʼlum edi.18— 19-asrlardagi sanoat inqilobi Hisoblash texnikasi rivojlanishiga turtki boʻldi. 1833 yilda ingliz olimi Ch.Bebbij arifmetik va xotira qurilmali dasturli boshqariladigan katta arifmometr — "analitik mashina" loyihasini ishlab chiqdi, lekin uning loyihasi 100 yil dan keyingina muhanlislar diqqatini oʻziga jalb qildi. 1944 yil AK,Sh da elektromagnit releda ishlaydigan "MARK-1" dasturli boshqariladigan raqamli hisoblash mashinasi (RHM) qurildi. 20-asr 40-yillarida dasturli boshqariladigan elektron RHMning yaratilishi Hisoblash texnikasi taraqqiyotida keskin burilish yasadi. Keyinchalik RHMning texnik parametrlari takomillashti-rilib borildi, ularning ishlash tezligi va xotira hajmi bir necha marta orttirildi. 1950 yilda Ukraina Fanlar akademiyasi akademik S.A.Lebedev rahbarligida birinchi elektron RHM "MESM" (kichik elektron hisoblash mashinasi) qurildi. 1953 yilda S.A.Lebedev rahbarligida Aniq mexanika va hisoblash texnikasi intida "BESM" (tez ishlaydigan elektron hisoblash mashinasi) yaratildi. Elektron texnikasining rivojlanishi Hisoblash texnikasi ning tez takomilla-shishiga sabab boʻldi.Dastlabki EHM lari lampali boʻlgan, keyinchalik ular yarimoʻtkazgichlardan tayyorlana boshladi.Bunday EHMlarning bir necha avlodi yaratildi.Hozir asosan kompyuterlar ishlatiladi parametrlarni qayd qilib boradi.


  1. Download 69,86 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish