Социолингвистика


Ijtimoiy-kommunikativ tizim



Download 329 Kb.
bet6/41
Sana08.07.2022
Hajmi329 Kb.
#757767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
1-маъруза

2.2. Ijtimoiy-kommunikativ tizim
Muayyan lisoniy hamjamiyatda qo‘llaniladigan, funksional jihatdan bir-birini to‘ldiradigan, o‘zaro aloqada bo‘lgan kodlar yoki subkodlar majmuyi ijtimoiy-kommunikativ tizimni tashkil qiladi.
Bu o‘rinda “funksional jihatdan to‘ldirish” ifodasini izohlash lozim bo‘ladi. “Funksional jihatdan to‘ldirish” ijtimoiy-kommunikativ tizimni tashkil qiladigan kodlar va subkodlardan har biri o‘zining funksiyasiga (ayni paytda ular funksiyasiga ko‘ra bir-birini to‘ldiradi) egaligini bildiradi. Masalan, adabiy tilning ilmiy, rasmiy, publisistik, badiiy va h.k. uslublari o‘ziga xos maxsus vazifalarga ega bo‘lishi bilan birga, funksional jihatdan bir-birini to‘ldirib, jamiyatning kommunikativ ehtiyoji va muloqotning barcha sohalariga xizmat qiluvchi tizimni tashkil qiladi.
Ko‘p tillilik jamiyatida ijtimoiy-kommunikativ tizimni turli tillar tashkil qiladi va kommunikativ funksiyalar ular orasida taqsimlanadi (bu o‘rinda tillardan har biri subkodlarga: dialektlarga, jargonlarga, uslublarga bo‘linishi mumkin).


2.3. Lisoniy kod
Har bir lisoniy hamjamiyatda muayyan muloqot vositalari: til, dialekt, jargon va tilning uslubiy ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Har qanday muloqot vositasini kod deb atash mumkin.
Demak, kod muloqot vositasi bo‘lib, u tabiiy tillar (o‘zbek, rus, ingliz va h.k.) hamda sun’iy tillar: esperanto yoki zamonaviy mashina tillari, morze alifbosi, turli signallar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Tilshunoslikda kod deganda lisoniy shakllar: til, hududiy yoki ijtimoiy dialekt, shahar koynesi tushuniladi.
“Kod” termini bilan bir qatorda “subkod” termini ham ishlatiladi. Masalan, hozirgi o‘zbek milliy tilining subkodlari bu – adabiy til, hududiy dialektlar, ijtimoiy jargonlar, shahar (Toshkent) koynesi hisoblanadi.
Subkodlar ham o‘z navbatida turlarga bo‘linib, tarkibiga quyi darajadagi subkodlarni kiritishi mumkin. Masalan, rus adabiy tili milliy tilga nisbatan subkod bo‘lgani holda, ikki turga: kodlashgan va so‘zlashuv tillariga ajraladi. Bulardan har biri o‘ziga yarasha vazifalariga ko‘ra bir-biridan farqlanadi: kodlashgan til nutqning adabiy shaklida, so‘zlashuv tili esa nutqning kundalik og‘zaki shaklida qo‘llaniladi. O‘z navbatida kodlashgan adabiy til ilmiy, rasmiy, publisistik, badiiy va h.k. uslublarga bo‘linadi. Bunga o‘xshash holat so‘zlashuv tilida ham kuzatiladi12.
Rus sotsiolingvistikasida subkodlar ko‘pincha til mavjudligi shakllari, G‘arb sotsiolingvistikasida registrlar, deb ham yuritiladi.



Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish