Социолингвистика



Download 329 Kb.
bet36/41
Sana08.07.2022
Hajmi329 Kb.
#757767
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
1-маъруза

8. 2. Tilni planlashtirish
“Tilni planlashtirish” (language planning) termini 1959-yilda E.Haugen tomonidan iste’molga kiritilgan bo‘lib, u sotsiolingvistika sohasida turli maqsadlarni qamragan jarayon sifatida qo‘llanib kelinmoqda51. Bu maqsadlar ayrim tadqiqotchilar tomonidan (Rabin 1971: 277-279) lingvistik, yarim lingvistik va nolingvistik maqsadlar sifatida talqin qilinsa, boshqa tadqiqotchilar tomonidan (Nahir 1984: 299-319) soflashtirish, yangilash, til islohotlari, standartlashtirish, yoyish, leksik zamonaviylashtirish, terminlarni birlashtirish va h.k. sifatida izohlanadi.
“Tilni planlashtirish” (language planning) termini “til siyosati”ga nisbatan kengroq tushunchani ifodalab, tilga nisbatan bo‘lgan har qanday ongli va ma’lum maqsadga qaratilgan o‘zgarishni o‘z ichiga oladi. E.Haugenning fikricha, tilni planlashtirish rasmiy yoki norasmiy bo‘lishi, shaxslar yoki rasmiy tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishidan qat’iy nazar, har qanday faoliyat turini o‘z ichiga oladi52. Shunga ko‘ra, tilni planlashtirish subyekti nafaqat davlat, sinflar yoki ijtimoiy guruhlar, balki tilning rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishiga muhim ta’sir ko‘rsatadigan alohida shaxslar yoki guruhlarning me’yoriy faoliyatlari ham bo‘lishi mumkin. Masalan, XVIII asrda ingliz tili leksik me’yorini barqarorlashtirishda birinchi ingliz tili me’yoriy lug‘atini tuzgan S.Jonson muhim rol o‘ynagan53. Mazkur lug‘at keyingi leksikografik tadqiqotlar uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. Bunga o‘xshash rolni AQShda ingliz tilining Amerika varianti me’yoriy lug‘atini tuzgan N.Vebster o‘ynagan. Binobarin, har qanday milliy adabiy til funksiyalarini barqarorlashtirish va til me’yorlarini kodifikatsiya qilishda mutaxassislar (grammatikashunoslar, leksikograflar, dialektologlar)ning muntazam faoliyati talab qilinadi54.
Har qanday planlashtirishda bo‘lganidek, tilni planlashtirish ham muammolarni hal qilishga, ularga maqbul yechimlar izlab topishga qaratilgan bo‘ladi. Tilni planlashtirish muammolarga yechim izlash jarayoni (decision process) sifatida bir qancha bosqichlarga bo‘linadi: 1) sotsiolingvistik ma’lumotlar majmuyini baholash, buni “boshlang‘ich vaziyat” (background situation) deyish mumkin; 2) maqsad va yo‘nalishlar hamda bu maqsadga erishish yo‘llari ko‘rsatilgan faoliyat dasturini ishlab chiqish; 3) so‘nggi natijalarni baholash.
E.Haugen tilni planlashtirish muammolari haqida to‘xtalib, shakl va funksiya bilan bog‘liq muammolar, ya’ni til strukturasi va uning qo‘llanish vazifalari bilan bog‘liq muammolarni bir-biridan farqlaydi. Til muammosining xususiyatlariga ko‘ra, uni yechish yo‘llari va usullari aniqlanadi. Masalan, shakl bilan bog‘liq muammolarga me’yorlashtirish xos bo‘ladi. Bunda raqobatlashayotgan til shakllaridan biri yoki butun bir tizim tanlab olinadi. Til qo‘llashning vazifalari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarda, boshlang‘ich bosqichda u yoki bu funksiyani ishlab chiqish, yakuniy bosqichda esa uni yoyish, ommalashtirish amalga oshiriladi55.
Tilni planlashtirish muammolar va unga mos jarayonlarning termini bilan tavsiflanadi. Jumladan, “kod tanlash” (masalan, davlat tilini tanlash, ya’ni biron tilga davlat tili maqomi berish) muammosiga “rasmiy til siyosatining shakllanishi” jarayoni, “kodni barqarorlashtirish” muammosiga lug‘atlar, grammatikalar, imlo lug‘atlar yordamida kodlashtirish jarayoni, “kodning qo‘llanish doirasini kengaytirish” muammosiga terminlar tizimi va tezauruslarni ishlab chiqish jarayonlari mos keladi.



Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish