O’zbekiston Respulikasida harakatlar strategiyasi doirasiga kiruvchi 5 ta tashabbus.
NIZOM
Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti (matnda – institut deb yoziladi)da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusi (matnda 5 tashabbus deb yoziladi)ni amalga oshirish va uning faoliyat olib borish tartibini belgilaydi.
5 tashabbus Markazi (matnda Markaz deb yoziladi) “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat Dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyruqlari hamda institutning Ustaviga tayangan holda faoliyat yuritadi.
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Tashabbus – ijtimoiy-ma’rifiy hayotning biron bir yo‘nalishida foydali ish-faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha ilgari surilgan muhim g‘oya yoki taklif.
5 muhim tashabbus – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan ulug‘vor g‘oya. Bular: 1-tashabbus - yoshlarning musiqa, adabiyot, rassomlik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish. 2-tashabbus - yoshlarni jismoniy chinniqtirish, ularni sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish. 3-tashabbus - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish. 4-tashabbus - yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish. 5-tashabbus - hotin-qizlarni ish bilan ta’minlash
Markaz – talabalarni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish hamda 5 tashabbus g‘oyasi va ahamiyatini jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilish va amalga oshirishga ko‘maklashuvchi tizim.
Koordinator –tegishliligi bo‘yicha 5 ta tashabbusning biriga mas’ul bo‘lgan va shu doirada amalga oshiriladigan ishlarni nazoratini muvofiqlashtiruvchi.
Bo‘sh vaqt – talabalarning dars mashg‘ulotlaridan keyingi faoliyatini mazmunli tashkil etishga yo‘naltirilgan vaqt.
Tanlov – talabalar o‘rtasida fan, madaniyat, san’at, adabiyot, sport hamda informatsion texnologiyalar sohasi bo‘yicha iqtidorini namoyish qilish maqsadida o‘tkaziladigan ma’rifiy tadbir.
Platforma – 5 tashabbus doirasidagi muayyan ijtimoiy-ma’naviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun belgilangan mahsus makon.
II. Markazning maqsadi, vazifalari
Markazning maqsadi – institutda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada rivojlantirish, talabalarni Prezidentning 5 muhim tashabbusi asosida ilg‘or g‘oyalarga safarbar qilish, ularning bo‘sh vaqtini mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqqan holda mazmunli o‘tkazish, ma’naviy yuksalish hamda milliy taraqqiyotning ta’limiy asoslarini amaliyotga joriy etishdan iborat.
Markazning vazifalari:
yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish hamda iste’dodlarini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish;
III. Markazning tarkibiy tuzilmasi
Markaz rahbari (1 nafar o‘qituvchi).
Markaz rahbari o‘rinbosari (1 nafar talaba).
Markaz kotibi (1 nafar talaba)
Koordinatsion Kengash (3 nafar o‘qituvchi, 6 nafar talaba).
Koordinatorlar (5 nafar talaba).
Ko‘maklashuvchi a’zolar (3 nafar o‘qituvchi, 4 nafar talaba).
Markaz rahbari va Koordinatorlarni saralash va tayinlash
Markaz rahbari lavozimiga institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori tomonidan bir o‘quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan va yoshlarga har tomonlama namuna bo‘la oladigan o‘qituvchi tayinlanadi.
Koordinatsion Kengash tarkibi fakultet dekanlari tomonidan tavsiya etilganlar asosida shakllanadi.
Markaz faoliyatini tashkil qilish
Markaz institutning Yoshlar bilan ishlar bo‘yicha prorektori tuzilmasida faoliyat olib boradi va nazorat qilinadi.
Markaz rahbari o‘z vazifasini bajara olmaydigan (kasal bo‘lgan, xizmat safariga ketgan va hokazo) holatlarda uning vazifalari Markaz rahbari o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Markaz tarkibiy tuzilmasidagi lavozim vazifalari
Markaz rahbari – Markazning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi. Markaz yillik ish rejasining bajarilishini nazorat qilib boradi. Har oyda bir marta o‘tkaziladigan kengaytirilgan yig‘ilishni tashkil etadi. 5 tashabbus doirasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha koordinatorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tavsiyalarni umumlashtiradi.
Markaz rahbari o‘rinbosari – Markaz yillik Ish rejasining bajarilish holati bo‘yicha umumiy hisobotlarni tayyorlaydi. Markaz rahbari o‘z vazifasini bajara olmaydigan (kasal bo‘lgan, xizmat safariga ketgan va hokazo) holatlarda uning vazifasini vaqtinchalik bajarib turadi.
VI. Markazning huquq va majburiyatlari
Markaz quyidagi huquqlarga ega:
5 tashabbus doirasida o‘tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etadi, o‘tkazadi, nazorat qiladi;
Markaz quyidagi majburiyatlarga ega:
5 tashabbusning yo‘nalishlarini rivojlantirish, targ‘ib qilish va ommalashtirish bilan bog‘liq barcha faoliyatni tartibga soladi, muvofiqlashtiradi.
5 tashabbus doirasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalarning to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlaydi. Ijroning umumiy nazorati Markaz rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
har chorakda institut kengashiga amalga oshirgan ishlar yuzasidan Hisobot taqdim etadi.
Markaz faoliyatini samarali tashkil qilishning turli shakl va uslublarini muhokama qiladi va amaliyotga tatbiq etadi.
5 tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha Dastur, Yo‘l haritasi, Ish reja ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |