Soch ham husn. Soch


Vatanni sevish odobi mehr-oqibat mavzusida suhbat



Download 1,49 Mb.
bet2/4
Sana18.01.2020
Hajmi1,49 Mb.
#35377
1   2   3   4
Bog'liq
Tadbirlar


Vatanni sevish odobi mehr-oqibat mavzusida suhbat

Vatanni sevmoq. Bu tuyg‘u bolamizga berilayotgan mehrda, oilamizga ulashilayotgan baxtda, yaqinlarimizga ko‘rsatilayotgan e’tiborda o‘z ifodasini topib kelmoqda. Oramizda shunday insonlar borki, ular qalbida bu his yanada go‘zal, haqqoniy, chuqur aks etgan. Bunday odamlarni el-yurt dardi, tashvishi bilan yashaydi, deymiz. Ular xoh o‘qituvchi, xoh shifokor, xoh dehqon, xoh ijodkor bo‘lsin betinim mehnat qilmoqda, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida bor kuchi, iqtidorini sarflamoqda.

Ana shunday vatandoshlarimiz mehnati xalqimiz va davlatimizning doimiy e’tiborida. Ular ko‘ksini bezayotgan "Oltin yulduz" medali, «Mustaqillik», «Do‘stlik» ordenlari, «Jasorat» va «Shuhrat» medallari oliy darajadagi rag‘batning asl timsollaridir.

2017-yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida bu oliy mukofotlarning ta’sis etilganiga 23-yil to‘ldi.

Bu yuksak mukofotlarga O‘zbekiston Respublikasi parlamentining 1994-yil 5-6-may kunlari bo‘lib o‘tgan sessiyasida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan qonunlar asosida tamal toshi qo‘yilgan.

Yildan-yilga mamlakatimizning oliy mukofoti – O‘zbekiston Qahramoni unvoniga ega bo‘layotgan vatandoshlarimiz safi ko‘paymoqda.

Bu unvon bilan taqdirlangan shaxsga «Oltin yulduz» medali va unvon berilganligi to‘g‘risidagi hujjat O‘zbekiston Prezidenti tomonidan yoki Prezident nomidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

Istiqlol yillarida O‘zbekiston Qahramoni degan sharafli nomga o‘nlab yurtdoshlarimiz sazovor bo‘ldi. Istiqlolimizning 25-yilligi arafasida Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun yana bir guruh yurtdoshlarimiz ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandi.

Bular «Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi» aksiyadorlik jamiyati direktori Ravshanbek Qurbonov, Bog‘ot tumanidagi «Bog‘ot» fermer xo‘jaligi boshlig‘i Sharipboy Rajabov, «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish direksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlig‘i Erkin Ummatov va Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi Muhabbat Sharopovadir.

Tong chog‘i ozoda va ko‘rkam ko‘chalarni to‘ldirib ketayotgan yurtdoshlarimiz – farzandlarini bog‘cha, maktabga yetaklagan ota-onalar, o‘qish va ishga shoshayotgan yoshlarga ko‘zimiz tushadi. Ular chehrasida ertangi kunga ishonch, hayotidan mamnunlik ifodasi yaqqol seziladi. Yuz-ko‘zimizning ko‘rki bo‘lgan bu ifodaning musavviri mamlakatimiz mustaqilligidir. U borki, jahonda tenglar ichra tengmiz, o‘z o‘rnimiz, o‘z so‘zimiz, o‘z tutumimizga egamiz. Bu ne’mat bizga farovon va tinch hayotni in’om etmoqda, o‘z iste’dod va qobiliyatimizni to‘la namoyon etishimiz uchun keng shart-sharoit yaratmoqda.



Davlatimizning yuksak mukofotlaridan biri «Mustaqillik» nomi bilan atalishida ana shu teran ma’no mujassam. Bu orden bilan mustaqil huquqiy davlatni barpo etish va uni mustahkamlash, mamlakatimizda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashga ulkan hissa qo‘shgan insonlar taqdirlanadi. Ushbu mukofot O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar, mamlakatimizning ma’muriy-hududiy birliklariga ham berilishi mumkin.

Birinchi Prezidentimizning farmoni bilan Vatanimiz poytaxti – Toshkent shahri milliy davlatchilikni shakllantirish, mustaqil huquqiy demokratik davlat barpo etish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, ezgu an’analarni saqlash, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizni yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun «Mustaqillik» ordeni bilan mukofotlangan.

«Do‘stlik» ordeni yurtimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash hamda O‘zbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va hamkorligini rivojlantirish ishida katta yutuqlarga erishgan insonlarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish maqsadida ta’sis etilgan.

Bu mukofot mamlakatimiz fuqarolariga, shuningdek, fuqaro bo‘lmagan shaxslarga ham beriladi.

O‘tgan yillarda uning sohibiga aylanganlar safida nafaqat yurtdoshlarimiz, ayni paytda boshqa mamlakatlar fuqarolari, xorijiy elchixona va vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar vakillarining ham borligi ushbu mukofotning yuksak nufuzidan dalolat beradi.

Yaponiyalik arxeolog olim Kato Kyudzo ham ana shunday yuksak mukofotning egasi edi. Uning uzoq yillar Surxon vohasining madaniy-tarixiy yodgorliklarida olib borgan ko‘p yillik izlanishlari hududning boy o‘tmishi, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi va madaniy-ma’naviy merosimizni dunyoga yanada keng tanitishga xizmat qildi.

«...Men Yaponiyada tug‘ilgan bo‘lsam-da, O‘zbekistonni o‘z Vatanim deb bilaman. Shu muqaddas yurtning faxriy fuqarosi ekanimdan g‘ururlanaman. Prezident Islom Karimov mening kamtarona mehnatimni yuksak baholab "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlagan. Bu qalbimga cheksiz iftixor bag‘ishlaydi. Umrimning asosiy qismi shu yurtda o‘tganidan baxtiyorman», degan edi qadimshunos olim 2014-yili Samarqandda o‘tgan «O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzuidagi xalqaro ilmiy konferensiyada jurnalistlar bilan suhbatda.

Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimiz mustahkamligi, hayotimiz osoyishtaligi oliy baxtimiz. Milliy armiyamiz, huquq-tartibot idoralari ana shu baxtning haqiqiy posbonlaridir. Mardlik va fidoyilik ko‘rsatgan insonlarning Vatan oldidagi xizmatlari hech qachon unutilmaydi.


Mustaqillik yillarida mamlakatimizning milliy xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda, harbiy yoki xizmat burchini ado etish vaqtida ko‘rsatgan jasoratlari uchun ko‘plab yurtdoshlarimiz «Jasorat» medali bilan taqdirlandi.

Vatanimiz dunyo tamaddunini tebratgan ma’rifat beshiklaridan biri. Ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat kabi ko‘plab sohalarda qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan haqli ravishda faxrlanamiz. E’tiborlisi, keyingi yillarda faqatgina faxrlanishning o‘zi yetarli emasligini chuqur anglagan yurtdoshlarimiz ko‘paymoqda. Ular o‘z sohalari bo‘yicha ulkan marralarni zabt etib, ota-bobolarimiz an’anasini davom ettirayotir.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida ulkan yutuqlarga erishayotgan bunday yurtdoshlarimiz «Shuhrat» medali bilan mukofotlanmoqda.

Mehnati e’tirof etilgan asl vatanparvar, fidoiy, jasoratli yurtdoshlarimiz ibrati doim bizni o‘z ustimizda ishlashga, el-yurt manfaati uchun fidokorona mehnat qilishga undaydi.

Ustoz otangdan ulug’.

So‘rdilar, dunyoda asli kim aziz,

  Aytdilar, ustozdir, ustoz begumon.

  Tag‘in aytdilarki, aziz shubhasiz

  Ustozin qadriga etolgan inson!

 

Bundan yigirma yil muqaddam, 1997 yilda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuslari bilan el-yurtimizning ustoz-murabbiylarga bo‘lgan yuksak ehtiromining amaliy ifodasi sifatida 1- Oktyabr  O‘qituvchi va murabbiylar kuni deb e’lon qilindi.



Aziz xalqimizning bir naqlida “Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, bug‘doy ek, o‘n yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, daraxt ek, yuz yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, ta’lim-tarbiya ber” deyilgan.

Shuning uchun ham ustoz deganda  ko‘nglimizda chuqur hurmat va ehtirom, cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga hech qanday boylik bilan o‘lchab, ado etib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi.

Ustoz murabbiylarni e’zozlash, ular mehnatining buyukligini yana bir bora e’tirof etish maqsadida TTA Urganch filialida ham “Sizga ta’zim, sizga ehtirom ustozlar!” deb nomlangan bayram dasturi tashkil etildi.

Bayramda professor –o‘qituvchilardan iborat jamoa a’zolari, ta’lim maskanida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar ishtirok etishdi.


Tadbirni filial direktori R.Yu.Ro‘ziboev ochib berdi va ustozlarni qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, dil so‘zlarini izhor etdi.

Taklif etilgan faxriylarga ehtirom sifatida ma’muriyat tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. So‘zga chiqqan faxriylar pedagoglik kasbining mashaqqati va sharafi to‘g‘risida gapirib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Shundan keyin hozirgi kunda filialda faoliyat yuritayotgan bir guruh faol, xizmat vazifasini bajarishdagi alohida jonbozliklari bilan ajralib turuvchi o‘qituvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Tadbirga taklif etilgan xonandalar o‘z qo‘shiqlari bilan davraga  fayz kiritdilar. O‘tkazilgan tadbirdagi ko‘tarinki kayfiyat, o‘z kasbidan faxrlanish tuyg‘ulari jamoa a’zolarining keyingi faoliyatida o‘z natijasini ko‘rsatadi deb ishonamiz.

Inson yashar ekan, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo’l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo’lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko’nglida hamisha minnatdorlik tuyg’usi bilan yashaydi.

Maktab ostonasiga ilk qadam qo’yganimizda qo’limizga qalam tutqazib, alifboni o’rgatgan birinchi ustozimiz siymosini, bu ulug’ zotning fidokorona mehnatini doimo chuqur entikish bilan eslaymiz va qalbimizda ularga nisbatan hurmat-ehtirom hissini tuyamiz.



Har yili 1 oktyabr kuni bizga ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklashga oshiqamiz. Albatta, har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Avvaliga maktabgacha ta’lim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy o’quv yurtida ustozlardan saboq olamiz.

Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning “Ustoz otangdek ulug’”, degan purhikmat naqlida ham o’qituvchi va murabbiylarga bo’lgan samimiy ehtirom namoyon. Bu bayram, avvalo, o’zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko’z nuri va qalb qo’ri, butun borlig’ini ayamasdan, ma’rifat yo’lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir. Yurak taftini ustozdek mashaqqatli va fidokorona kasbga bag’ishlagan ana shunday aziz insonlarni samimiy qutlab, minnatdorchilik bildirish biz uchun ham qarz, ham farzdir!

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.


Rivoyat qilinishicha, imom Buxoriy (rahmatullohi alayh) xazratlari Makkai Mukarramada ta'lim berayotgan chog‘da bir ziyoratchi Buxoroi Sharifdagi ustozlardan salom va maktub keltiradi. Bu xabarni eshitgan Imom Buxoriy (r.a.) Buxoroi Sharif tomonga yuzlanib, salomiga alik olganlaricha hurmat bajo keltiradilar, so‘ngra maktubni ikki qo‘llab olib, tabarruk qilib, ehtirom bilan xatni o‘qigan ekanlar.
Ha, ustoz misli yonib turgan shamga qiyos. O‘zi yonib, atrofga nuru ziyo sochadi. Boshqalar ana shu nurdan bahramand bo‘ladi. Shu sabab, har bir inson yoshidan, mavqeidan, darajasidan qat'i nazar, saboq bergan ustoz-murabbiyi oldida mudom ta'zimda. Hazrat Navoiy aytganlaridek, Haq yo‘lida bizga ming ranju qiyinchilik bilan saboq bergan muallimlarning mashaqqatli mehnatlari haqini hech bir boylik yoki ganjina bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Ularning mehnatlari beqiyos va benazir.
Mamlakatimiz rahbari farmoni bilan 1997 yildan buyon 1 oktabrning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” sifatida keng nishonlanayotgani millatimizning ustoz-murabbiylarga bo‘lgan hurmat-ehtiromining amaldagi yorqin ifodasi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Davlatimiz rahbari ustoz-murabbiylarga ta'rif berib, “Agarki, dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblar ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir. Chindan ham o‘qituvchi nainki, sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki, ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan, o‘z o‘quvchilariga haqiqatdan ham hayot maktabini beradigan mo‘'tabar zotdir”, degan edi.
Chindan ham, ustozlar murg‘akligimizdanoq qalbimizga ezgulik urug‘larini sochadi, qo‘limizdan tutib, ma'rifat saboqlarini beradi, mehr-muhabbat ulashadi. Biz erishayotgan ulkan yutuqlarimiz, qo‘lga kiritayotgan g‘alabalarmizda ularning hissasi katta. Shu sabab, ularni mudom sharaflagimiz, ardoqlagimiz keladi.


Mustaqil O’zbekistonim mangu bo’l omon !

Mustaqillik yillarida, ayniqsa keyingi ikki yil ichida yurtimiz hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar va islohotlarning ko‘lami shu qadar keng quloch yozdiki, uni ta’riflashga so‘z ojiz. Eng asosiysi xalqimizning turmush sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda jahon bozorlarida munosib o‘rin egallaydigan raqobatbardosh mahsulotlarni yetishtirishning ilg‘or tizimlari yaratildi.

Respublikamizning barcha sohalari qatori standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida ham bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida yurtimizda xalqaro standartlarni qabul qilish,ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksportbob va raqobatbardoshligi ham ta’minlanishga erishilmoqda. Shuning bilan bir qatorda respublikamizda yagona o‘lchovlar birligini ta’minlash va bu sohada dunyoning rivojlangan metrologik tashkilotlari bilan do‘stona munosabatlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Albatta bularning barchasi sohada mehnat qilayotgan xodimlarning malaka hamda mahoratlari bilan bevosita bog‘liq.

Mustaqillik bayramining 27-yilligi munosabati bilan “O’zstandart” agentligida tashkil etilgan bayram dasturida 106 nafar xodimlar qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Bayram tadbirini “O’zstandart” agentligi Bosh direktori D.Sattarov kirish so‘zi bilan ochib, istiqlol bergan imkoniyatlar, xalqimizning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni hamda shunday baxli va osoyishta kunlarni qadriga yetish, o‘z ishiga zamonaviy yondoshish har bir insonning muqaddas burchi ekanligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng bayramning asosiy qismi boshlanib,unda “Eng yaxshi markaziy apparat xodimi”, “Eng yaxshi standartlashtirish xodimi”, “Eng yaxshi sertifikatlashtirish xodimi”, “Eng yaxshi sinov laboratoriyasi xodimi, “Eng yaxshi metrolog” va “Eng yaxshi     faxriy xodim” nominatsiyalarga loyiq deb topilganlarga  sovg‘alar topshirildi.

Yuksak faxr bilan ta’kidlashim joizki, Mustaqillik biz uchun hayotimizning ma’no-mazmunini butunlay o‘zgartirgan, tariximizda yangi sahifa ochgan buyuk voqea bo‘lib,

Vatanimizni, xalqimizni eski mustabid tuzum kishanlaridan ozod qilgani, milliy demokratik davlat qurish, barcha mamlakatlar va xalqlar bilan teng bo‘lib, farovon hayot barpo etish yo‘lini ochib bergani bilan qadrli va mo‘tabardir!



Har yili ushbu muqaddas bayramni o‘zgacha gasht, o‘zgacha shukuh bilan qarshi olishga intilamiz. Xalqimiz uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom, erkin, obod va farovon hayot qurish yo‘lidagi barcha yutuq va muvaffaqiyatlarimizning asosiy manbai bo‘lgan Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligini katta tayyorgarlik bilan kutib olish, bu qutlug‘ sanani uning mohiyati va ahamiyatiga, xalqimizning fidokorona mehnati, ezgu orzu-intilishlariga munosib tarzda nishonlash maqsadida bu yil ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi.

“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida o‘tayotgan bu yilgi bayram tantanalari barcha yurtdoshlarimiz qatori universitet jamoasini ham quvontiradi.

Bugun Vatanimiz istiqlolining 28 yilligi bayrami – Mustaqillik kuni bilan Siz azizlarni chin qalbimdan samimiy tabriklash baxtiga muyassar bo‘lganimdan qalbimda behad mamnunlik tuyaman.

O‘tgan 2018-2019 o‘quv yili ham universitetimiz jamoasi uchun katta yutuqlar, muvaffaqiyatli marralarga boy bo‘ldi. Hozirgi vaqtda universitetimiz jahon standartlari talablariga to‘la javob beradigan moddiy-texnikaviy bazaga ega. Professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan o‘nlab monografiya, risola, darslik va o‘quv qo‘llanmalarining nashr ettirilishi, mamlakatimiz va xorijning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilayotgan maqolalar hamda respublika va xorijiy miqyosda o‘tkazilayotgan anjumanlar ilmiy sohadagi yutuqlarimiz, pedagogik faoliyatimizning samarasi ekani barchamizni quvontiradi. Shuni unutmaslik lozimki, zimmamizda hali bundan ham mas’uliyatli vazifalar, hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar turibdi. Joriy yilda ham astoydil, sidqidildan mehnat qilib, yetuk kadrlar tayyorlashdek sharafli burchimizni ado etamiz va yanada ulkan yutuqlarga erishamiz.

Alohida e’tirof etish lozimki, joriy yilda oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining tashkil etilishi bo‘yicha hukumatimiz tomonidan olib borilgan islohotlar natijasida abituriyentlarning eng bilimli va zukkolari talabalar safiga qabul qilindi. Bu, albatta, quvonarli hol. Negaki, kelgusida mamlakatimizning barcha sohalardagi taraqqiyoti bugun saralab olingan bilimli yoshlar – kelajakdagi yetuk kadrlarning salohiyati bilan chambarchas bog‘liq.



Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish