Soch ham husn.
Soch (moʻy, tuk, jun) — odamning bosh terisidan oʻsadigan ipsimon shox unum. S. mayin, dagʻal, jingalak boʻladi. S.ning teri ustidagi qismi tola, teri ostidagi qismi esa iddiz deyiladi. S. iddizi S. xaltachasida joylashgan. Xaltachaga atrofidagi yog bezlarining yoʻli ochiladi. Xaltachaning ichki qinida S. piyozchasi va soʻrgʻichi joylashgan. S. soʻrgʻichida qon tomirlar va nervlar boʻladi. S, asosan, azot va oltingugurtga boy oqsilli shox modda — keratindan tashkil toptan. S. rangi kora, malla, okish boʻladi, bu, asosan, sochdagi pigmentlar miqdoriga bogʻliq. Yosh oʻtgan sayin sochdagi pigmentlar kamayib, u oqara boshlaydi (qarang Soch oqarishi). S.da pigment mutlaqo boʻlmasa, u tugʻma oq boʻladi (qarang Albinizm). S, asosan, piyozchadan usadi. S.ning oʻsishi organizmning umumiy ahvoliga, nerv va endokrin sistema holatiga, moddalar almashinuvi, ovqatlanish tarzi, shuningdek, uni parvarish qilishga bogʻliq. Sogʻlom S. pishiq va elastik, jiloli boʻlib yiltirab turadi. Yuqori tra va ishqorlar (nashatir spirti, soda, kir sovun va boshqalar) taʼsirida S. holati oʻzgaradi, u toʻkiluvchan va moʻrt boʻlib qoladi.
Nerv va endokrin sistema faoliyatining oʻzgarishi va boshqa omillar taʼsirida yogʻ bezlari koʻgshab yogʻ ishlab chiqaradi, natijada S. haddan ziyod yogli boʻlib ketadi. Turli kasalliklar yoki S.ni notoʻgʻri parvarish qilish (boshni botbot, ayniqsa, qattiq suv va ishqorli sovun bilan yuvish, S.ni teztez jingalak qilish) uning oʻsishiga zararli taʼsir etadi; u juda quruq, xira boʻlib qoladi va toʻkilib ketadi
Soch kasalliklari. Yogʻ bezlari funksiyasining buzilishi S.ning oʻzgarishiga sabab boʻladi. Natijada bosh terisida mayda kepakka oʻxshash tangacha — qazgʻoq paydo boʻladi, bu koʻpincha seboreya kasalligida kuzatiladi. S. toʻkilib, oʻrnidan yangi S. chiqib turishining buzilish sabablari har xil; baʼzan S. butunlay toʻkilib, kal boʻlib qolishi yoki, aksincha, S. zoʻr berib oʻsishi mumkin. Bosh kiyimning ogʻir yoki tor boʻlishi, uzoq vaqt parik kiyibyurish, shuningdek, oftobda boshyalang yurish va boshqalar S. toʻkilishiga sabab boʻladi. Qish kunlari boshyalang yurish yaramaydi, aks holda yuza tomirlar kisilib S. oziklanishi buziladi. S. strukturasi va koʻrinishining oʻzgarishi terining zamburugʻ kasalliklarida (mikrosporiya, trixofitiya, kallik) ham kuzatiladi. S.da kasallik paydo boʻlsa, albatta, vrachga murojaat qilish zarur.
Soch parvarishi. Sochlarni mustahkamlash uchun organizmning umumiy ahvolini yaxshilash, ochiq havoda koʻproq yurish, fizkultura, sport bilan shugʻullanish, ovqatlanish, uxlash tartibiga rioya qilish kerak.
Sochni yuvish. Yogʻli S.ni har haftada, quruq va normal S.ni har 10—14 kunda yumshoq suv bilan yuvish lozim. Agar yumshoq suv boʻlmasa, vodoprovod suvini kaynatib tindirib qoʻyish kerak; bunda tuzlar idish tagiga choʻkadi, keyin suvni boshqa idishga quyib olib ishlatiladi. Suvni yumshatish uchun bir litriga bir choy qoshiq ichimlik sodasi, bura yoki yarim choy qoshiq novshadil spirti qoʻshish mumkin. Boshga sovun tegizish yaramaydi, aks holda S. moʻrt boʻlib qoladi, sovunni qoʻlda koʻpirtirib surtgan maʼqul. S.ga kirsovun ishlatish mumkin emas. S. rangi, jilosi birday turishi uchun boshni yuvib boʻlgandan soʻng , bir litr suvga bir osh qoshiq moychechak (romashka) qoʻshib chayish kerak. Boshni issiq suv bilan yuvish lozim (suv temperaturasi 50—55° dan oshmasligi kerak). S quruqboʻlsa, yogʻli sovunlardan foydalangan maʼqul. Boshga qatiq yoki tuxum sarigʻini surtib roʻmol tangʻib qoʻyish, 5—10 min.dan keyin yuvib tashlash yaxshi naf beradi. Quruq S.ni yogʻliroq qilish maqsadida S.ga biror isitilgan oʻsimlik moyi (mas, kanakunjut moyi) surtish, maʼlum vaqt oʻtgandan keyin boshni yuvib, limon sharbati yoki bir litr suvga bir osh qoshiq sirka qoʻshib chayiladi. Yogʻli S.ni har qanday atir sovun, shampun yoki suyuq sovun bilan yuvsa boʻladi. Kishi keksayganda sochi moʻrt va toʻkiluvchan boʻlib qoladi; bunday gʻollarda bosh yuvishdan oldin unga tuxum sarigʻi va oʻsimlik moyi surtish, boshni roʻmol bilan tangʻib, yarim soatdan keyin sovunlab yuvish lozim. Oqargan S.ni sinkali suvda chayilsa, u jilolanib turadi. S.ni toʻgʻri tarashga odatlanish kerak; kalta S. tagidan, uzun S. esa uchidan taraladi. Toʻkiluvchan S.ni tarashda keng tishli taroq yoki soch choʻtkasi ishlatiladi, lekin hadeb chutka bilan tarash yaramaydi, u terini zararlashi mumkin. Boshni yengil massaj qilib turish yaxshi naf baradi. Har bir kishining alohida tarogʻi boʻlishi kerak.
Soch ham bir husn hisoblanadi. Sochimizning qanchalik sog’lom ko’rinishi, organizmimizning shunchalik sog’lomligidan darak beradi. Ayni sovuq kunlarda sochimizning ko’rinishi yomonlashishi va to’kilishi bizni bezovta qilishi tayin, shuning uchun sizlarga ko’maklashish maqsadida soch parvarishida as qotuvchi bir necha qoidalarni aytib o’tamiz. Ularni sinab, sochlaringizga yanada ko’rk bering.
Farzand oila ko’zgusi
Oila ota, ona va farzanddan iborat uchta tirgakka quriladi. Oilaning baxti-saodati ham, uning kamoli va farovonligi ham, tinchligi va osoyishtaligi ham ana shu uch ustunning bir-biriga munosabatiga, ahilligiga, yaxshi tarbiyasiga bog‘liq. Bular bo‘lmas ekan, oila tanazzulga yuz tutaveradi. Bu inqiroz esa, o‘z navbatida jamiyatni larzaga keltiraveradi.
Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Oila barkamol avlod uchun poydevor hisoblanadi. SHunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish va shuurida vataniga, diniga muhabbat uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi.
Farzandni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda ota-ona va tarbiyachilar zimmasida juda katta mas’uliyat bor. Unga biror kasbni o‘rgatsak, ammo ilm bermasak, u komil inson bo‘lolmaydi.
Aksincha, ilm olaversa-yu, biror kasbning boshini tutmasa, u holda hunarsiz bo‘lib qoladi. Hunarmandchilik salafi solihlarimizning sunnatidir. Bobolarimiz o‘tmishda o‘z farzandlariga bir necha kasblarni, jumladan, otda chopish, kamon otish, suzishni, ikki-uch xorijiy tilni o‘rgatganlarki, o‘sha paytdagi aksari yoshlar adabiyot, san’at, uxroviy va dunyoviy ilmlardan ancha boxabar bo‘lganlar.
Zinhor hamma narsani pul bilan o‘lchaydigan, eng dahshatlisi qanday qilib bo‘lmasin, hatto harom-xarish yo‘llar bilan bo‘lsa ham pul topadigan kishilarni etishtirib qo‘ymasligimiz kerak.
Hujjatul Islom – Imom G‘azzoliyning “Ey farzand” kitobida beshikdan qabrgacha bo‘ladigan islomiy tarbiya bayon qilinadi. Alloma solih insonlarga xos vazifalarni bayon etib, bunday deydi: “Bola bir asalari mumi kabidir. Murabbiy uni istagan shaklga solishi mumkin. Bola ota-onasining yonida bir pok sahifa kabidir. Uning qalbiga hech bir naqsh yo surat solinmagan. Ammo bunday qalb har qanday naqshni olishga hozir, ya’ni hamma narsaga moyildir.
Shuningdek, ota-ona doimo bolasining haqqiga duoyi xayr qilib turishi lozim. Hadisi sharifda: «Ota-onaning bolasiga qilgan duosi Payg‘ambarlarning ummatlariga qilgan duosiga o‘xshashdir», deyilgan.
Bolangizdan beodoblik, axloqqa xilof ishlar o‘tsa ham xafa bo‘lmang. Chunki o‘sib borayotgan insonda shunday holat bo‘lishi mumkinligini unutmaslik lozim. Hech qachon bolani qarg‘amaslik kerak. Qarg‘ishga qolib, jafo cheksa, yana ota-onaning o‘ziga zahmat keladi. Hadisi sharifda “Farzandlaringizni hurmat qiling va ularni yaxshi xulq bilan xulqlantiring” deb ta’kidlangan. Boshqa bir hadisida esa Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: “Birontangiz o‘z farzandlaringizni tartib-intizomga o‘rgatsa, bu har kuni sadaqa bergandan yaxshiroqdir”, deya marhamat qilganlar.
Shu bilan birga vaqtga ham juda e’tiborli bo‘lish lozim.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar: “YOshlik vaqtingizni keksalikdan oldin, bo‘sh vaqtingizni biror ish bilan mashg‘ul bo‘lib qolshishdan oldin g‘animat biling!”.
Demak, ota-onalar farzandlariga har bir kunni g‘animat bilib, hayotdan foydalanish zarurligini o‘rgatishlari kerak. Ularni yoshlik davridan boshlab mehnatga o‘rgatib, halol mehnat, peshona teri bilan topilgan rizq-ro‘zida baraka bo‘lishi haqida pandu nasihatlar qilishlari ayni muddaodir.
Xulosa qilib aytamizki, Alloh taolo barchalarimizni farzandlar tarbiyasi haqida hamisha o‘ylaydigan insonlardan qilsin, ularni Vatanga, xalqimizga, dinimizga munosib kishilar qilib tarbiyalashda tavfiq va himmat ato etsin, aziz farzandlarimiz o‘zlarining makorimul axloq kabi ulug‘ sifatlar bilan ziynatlagan holda ilm olishda, kasb-hunar malakalarini hosil qilishda, jamiyat va Vatanga xizmat qilishda zo‘r kuch va g‘ayrat sarflasinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |