Soat bo`lgan ammiak ishlab chiqarish sexening metanni konversiyalash bo`limini loyixalash. Asosiy qurilma 1-bosqich co konvertori



Download 164,2 Kb.
bet1/23
Sana28.06.2022
Hajmi164,2 Kb.
#717138
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Abdumalik 75a-17


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
KIMYO-TEXNOLOGIYA
fakulteti
KIMYOVIY TEXNOLOGIYA kafedrasi
Bitiruv malakaviy ish.
Mavzu: “Farg`onaazot” AJdagi tabiiy gaz bo`yicha unumdorligi 62800 nm3/soat bo`lgan ammiak ishlab chiqarish sexening metanni konversiyalash bo`limini loyixalash. Asosiy qurilma 1-bosqich CO konvertori.

Bajardi: _____________ 75a-17 gurux talabasi


Mamatqulov Abdumalik
Rahbar: _____________ Muxammedov Saidmurod

FARG‘ONA – 2021y.



M U N D A R I J A
1.Kirish………........................................………………
2.Korxonaning qurilish joyini texnik–iqtisodiy asoslash.................
3. Xom ashyo maxsulotlarining tavsifi………………...........................
4. Tayyor maxsulot tavsifi…………………………………………….
5.Texnologik ishlab chiqarish usullarining tavsifi va tanlash........................
6. Tanlangan texnologik ishlab chiqarish jarayonining bayoni:
6.1.Jarayonning fizik-kimyoviy asoslari ……………………………..
6.2. Texnologik sxema bayoni………………………………………….
7. Texnologik ishlab chiqarishdagi asosiy jixoz xisobi va bayoni.
7.1.Moddiy va issiqlik xisobi…………………...……………………
7.2.Asosiy qurilma xisobi…………………………………………….
7.3.Mexanik xisob………………………………………………………..
7.4.Gidravlik xisob………………………………………………………..
7.5.Asosiy jixoz bayoni……………………………………………
8.Texnologik jarayonni avtomatlashtirish………………………
9. Mexnat va atrofmuxitni ximoya qilish……..……………………
10.Iqtisodiy asoslash……………………………………
11.Xorijiy invetsitsiya…………………………………..
12.Xulosa…………………………………………

1.Kirish .
Hozirgi ayni bir davrda kimyoviy mahsulotlarga bo’lgan talab va ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Sababi shundaki, butun yer yuzi bo’ylab aholi sonining o’sib borayotganligi hamda shunga yarasha ehtiyojlarning yuzaga kelayotganligi bunga asosiy omil bo’lmoqda .
Mamlakatimizda ham kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e’tibor berilmoqda. Yurtimizdagi qad ko’tarayotgan yangidan yangi kimyo sanoati korhonalari qolaversa , mavjud korxonalarni qayta rekonstruksiyalash ularga yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni olib kelish hamda respublikamizning istiqbolli rejalariga asoslangan chet-el investitsiyalarini jalb etilishi buning yaqqol misolidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2020- yilda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2021- yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida shunday ta’kidlagan edilar: “Biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo’lishi zarur. Ayni shunday yangicha qarash va harakatlar butun faoliyatimizning negizini tashkil etishi shart. Shu borada ichki imkoniyat va zaxiralarimizni ishga solishning eng muhim yo’nalishi bizning zaminimizdagi boy mineral xomashyo va o’simlik dunyosi resurslarini chuqur qayta ishlashni bosqichma–bosqich oshirib borish, shuningdek, yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishning hajmi va turini kengaytirishdan iborat bo’lishi kerak. “Kimyo sanoati va ishlab chiqarilgan kimyoviy mahsulotlar mustaqilligimizning moddiy – tehnikaviy bazasini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning jadal sur’atlarda o‘sib, rivojlanib borishi mamlakatimizning dunyo miqyosidagi nufuzini belgilab bermoqda. Shu o‘rinda Prezidentimizning: “Bosib o‘tgan yo‘limizni va mamlakatimizning dunyoda sodir bo‘layotgan tub o‘zgarishlar jarayonida tutgan o‘rnini holis va tanqidiy baholar ekanmiz, biz erishgan yutuqlarimizga mahliyo bo‘lib qolmasligimiz, ortiqcha havolanish va xotirjamlik tuyg‘usiga berilmasligimiz zarur. Bugun biz yashayotgan globallashuv va tobora kuchayib borayotgan raqobat asrida faqat chuqur islohotlar va modernizatsiya yo‘lidan tinimsiz va qat’iyat bilan rivojlanib borish natijasida o‘z oldimizga qo‘ygan istiqbolli maqsadlarga – taraqqiy topgan, farovon yashayotgan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun munosib hayot darajasini ta’minlashga erisha olamiz.” - degan nutqlari mamlakatimizda ishlab chiqarishga, modernizatsiya qilishga talabning qanchalik yuqori ekanligini isboti desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Har bir mamlakat uchun kimyo sanoati alohida va muhim tarmoq hisoblanadi. Chunki azaldan kimyo biz uchun kerak bo’lib kelgan, farmosevtikada dori darmon tayyorlash, qazilma boyliklarni asosan kimyoviy usullar orqali olingan. Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida yerning unumdorligini oshirish hamda turli hil zararkurandalarga qarshi kurashish uchun kerak bo’ladigan moddalar ham ishlab chiqarish uchun aynan kimyo sanoati muhim sanalanadi.
O’zbekiston respublikasi kimyo sanoati yuzlab turdagi xalq va qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda ilg’or hisoblanadi. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish respublika kimyo sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib, mamlakatimizda qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan ammofos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, karbamid, suyultirilgan ammiak, superfosfat shuningdek, samarador bo’lgan murakkab komleks azotli va fosforli o’g’itlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. “Elektrokimyosanoat”AJ (Chirchiq), “Farg’onaazot” ishlab chiqarish birlashmasi asosiy turdagi azotli o’g’itlar, “Qo’qon superfosfat zavodi“ AJ, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq “Ammofos” Ajda ammofos, oddiy va ammoniylashgan superfosfat, qumoq ammofos kabi fosforli o’g’itlar ishlab chiqarilmoqda. Respublikamiz kimyo sanoati korxonalari bir yilda 2,8 mln. tonna azotli, 1,25 mln tonna ishlab chiqarish quvvatlariga ega. Kimyo sanoati mineral o’g’itlar ishlab chiqarish hajmi respublika qishloq xo’jaligi ehtiyojlarini to’la ta’minlashi bilan birga ularning bir qismi chet–el mamlaktlariga ham eksportga chiqariladi.
O’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsid, insektitsid, fo’ngitsidlar) “Farg’onaazot” ishlab chiqarish birlashmasida,(1965-yildan, magniy xlorat defolianti), Navoiy “Elektrokimyo zavodi” AJ (1960-yildan, gerbitsidlar- nitran, kotoraya, bronotak, insektitsidlar-fozalon, treflan va boshqa moddalar) ishlab chiqariladi. Respublikamiz qishloq xo’jaligida o’simliklarni kasallik va zararkundalardan kimyoviy himoya qilishda qo’llaniladigan oltingugurt kukuni Sho’rsuv kon-kimyo korxonasida hamda Muborak va Sho’rtan gaz komplekslarida ishlab chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasida ham kimyo sanoatiga katta e’tibor berilib, yangidan yangi ishlab chiqarish korxonalarini bunyod etish, yangi ishchi o‘rinlarini yaratish, import hajmini kamaytirib, eksport hajmini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylantirilgan.
Bundan tashqari kimyoviy sanoatning tez suratlarda rivojlanishdagi asosiy sharoitlardan biri, sanoatni xom ashyo bilan yetarlicha darajada ta‘minlash, undan to‘la va to‘g‘ri foydalanishdan iboratdir. Qolaversa kimyo sanoati korxonalarni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ham masalardan hisoblanadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 27 iyulda qabul qilingan "2020-2021 yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi to'g'risida"gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo'lmoqda.
"O'zkimyosanoat" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimida mazkur qaror ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yuqori samarali texnologiyalar va uskunalarni boshqarishning yangi tizimlarini qo'llash yo'li bilan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, kimyo sanoati korxonalarining ekologik xavfsizligini ta'minlash singari masalalar kompaniya faoliyatining asosiy yo'nalishlaridandir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ―”Murojatnoma”da kimyo sanoatining rivojlantirish asosan ekologik jihatdan musaffo ishlab chiqarishni ta‘minlangan holda, resurslarimizni to‘la to‘kis o‘zlashtirish negizida amalga oshirish fikrlariga asosan kimyo sanoatida amalga oshirilayotgan isloxatlarni yanada chuqurlashtirish, tarmoq taraqqiyotining yagona tizimini shakllantirish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalarini kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra mineral xom ashyo resurslarini yangi turlarini o‘zlashtirish, yangi korxonalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar va o‘sumliklarni zamonaviy uskunalar yordamida sepish va ularni himoya qilishning kimyoviy vositalar bilan ta‘minlanishini yaxshilashdan iborat.


Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mineral o’g’itlar o’simlik va yerning unumdorligini oshirishda asosiy vosita bo’lsa, o’g’it ishlab chiqarish uchun ammiak asosiy xom ashyo hisoblanadi. Hozirgi kunda qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ammiak ishlab chiqarishning ahamiyati juda kattadir.
Hozirgi kunda azot ishlab chiqarish kimyo sanoatini asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib nihoyatda rivojlanib bormoqda. Uning rivojlanishida qishloq xo‘jaligini azotli o‘g‘itlar bilan taminlash sanoatda esa turli azot saqlovchi birikmalarni olishda ahamiyati nihoyatda katta.
Sanoati kun sayin o’sish va qishloq xo’jalik mahsulotlariga talab ortishi bilan mineral tuzlarga (o’g’itlarga) bo’lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Hozirgi kunda insoniyat oldida turgan muammolardan biri ozuqa mahsulotlarini va sanoatni xom ashyo bilan ta’minlashdir.
O‘zbekiston Respublikasida ham kimyo sanoatiga katta e’tibor berilib, yangidan yangi ishlab chiqarish korxonalarini bunyod etish, yangi ishchi o‘rinlarini yaratish, import hajmini kamaytirib, eksport hajmini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylantirilgan
Deyarli hosildor yerlar hozirgi paytda qishloq xo’jalik mahsulotlari olish uchun band desak bo’ladi. Kundan kun o’sib borayotgan aholi soni va uni ehtiyojini ega yerdan yuqori darajada foydalanishni talab qiladi. Shu sababli ham hosildorlikni oshirishning birdan – bir asosiy yo’li mineral o’g’itlar ishlab chiqirashni rivojlantirishdan iborat.
Mineral o’g’itlar olish uchun asosiy xom ashyo bo’lmish ammiak respublikamizda juda kup miqdorda ishlab chiqarilmoqda.Bular misol qilib “Farg’onaazot” AJ hamda “Navoiyazot”AJ larni keltirsak bo’ladi. Aynan “Farg’onaazot” AJ ishlab chiqarish birlashmasida hozirgi kunda 350 ming tonna/yil bo’lgan sintetik ammiak ishlab chiqarish sexi sanoat uchun sifatli xom ashyo yetkazib bermoqda.
Mamlakatimizda bundan tashqari ko’lab kimyo sanoati korxonalari jadal sur’atlarda o’z faoliyatlarini olib borishyapti. Bularga misol qilib , soda , sement, keramika va shisha buyumlari ishlab chiqarish, neft va gazni qayta ishlash zavodlari hamda tog’ kon metallurgiya kombinatlari va boshqa ko’plab katta kichik korxonalarni keltirishimiz mumkin.


2.Korxonaning qurilish joyini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash.


Farg`ona vodiysi Respublikamizning janubiy-sharqiy qismida joylashgan bo`lib,so’lim vodiylardan biri hisoblanadi. Vodiyning chor atrofi tog`liklar bilan o`raglan, shu bois ham vodiyimizning tabiati juda ko’rkam va yoqimli. Farg’ona vodiysida kimyo sanoati juda ham yaxshi rivojlangan.

Men loyihalagan azot ishlab chiqarish sexi “Farg’onaazot” AJ hudududa joylashtirilgan. Farg‘ona fizik geografik hudud bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining janubiy-sharqiy tomonida joylashgan. Ishlab chiqarish obyektini loyihalashdan so’ng qurilish joyini iqtisodiy tomondan yaxshilab o’rganib chiqish zarur.

Farg`ona vodiysida hozirda 120 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi, aholi soni esa deyarli 3 mlnga yaqin bo`lib Respublikada eng aholisi zich joylashgan hudud hisoblanadi. Vodiyning markazi Farg`ona shahri bo`lib bu yerda 250000 dan ortiq odam istiqomat qiladi. Xalq xo`jaligining kimyo sanoati mahsulotlariga bo`lgan talabining ortishi yangi kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishni va mavjudlarini modernizatsiya qilishni talab etmoqda. Buning samarali yechimlaridan biri esa tabiiy gaz bo’yicha unumdorligi 84316 nm3/soat bo`lgan ammiak ishlab chiqarish sexini barpo etishdir. Qurilish joyi sifatida Farg`ona shahrining sharqiy qismida joylashgan Qirguli mavzesidagi Farg`onaazot OAJ ning foydalanilmayotgan hududini tanlash mumkin.


Download 164,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish