6.2. YOG‘ KISLOTALA MIQDORINI ANIQLASh
Reaktivlar: dietil efiri bilan etil spirtining 2:1 nisbatdagi neytrallangan aralashmasi, kaliy gidroksidning 0,5 n spirtli eritmasi, fenolftaleinning 1%-li spirtli eritmasi.
Ishning bajarilishi: Soapstok yog‘liligini aniqlash jarayonida olingan yog‘ kislotasi bilan neytral yog‘ aralashmasini 50 ml neytrallangan dietil efiri bilan etil spirtining 2:1 nisbatdagi aralashmasida eritilib, 0,5n kaliy gidroksidning spirtli eritmasi bilan fenolftalein ishtirokida titrlanadi.
Titrlash jarayoni eritmada hosil bo‘lgan 1 min davomida o‘chmaydigan pushti rangni hosil qilguncha davom ettiriladi.
Soapstokdagi yog‘ kislotalarining massa ulushi (% da) quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
yOq = VK0,141100/m1
bu yerda V-titrlashga sarf bo‘lgan 0,5 n kaliy gidroksid eritmasining hajmi, ml; K-0,5 n ishqor eritmasi titriga tuzatma; R-analizga olingan yog‘ kislotasi bilan neytral yog‘ aralashmasining miqdori, g; 0,141–olein kislotasiga nisbatan 0,5 n NaOH eritmasining titri, g/ml.
Do'stlaringiz bilan baham: |