Smeta davlat moliyaviy hujjati sifatida. Reja


V. Mavsumiy maktabgacha tarbiya muassasalarini saklashga oid sistеmalarni tuzish



Download 20,59 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2022
Hajmi20,59 Kb.
#686793
1   2   3
Bog'liq
Abduqayumova-Menejment

V. Mavsumiy maktabgacha tarbiya muassasalarini saklashga oid sistеmalarni tuzish.

Mavsumiy maktabgacha tarbiya muassasalarining smеtalari muassasaning kancha muddatga ochilishini xisobga olgan xolda doimiy maktabgacha tarbiya muassasalari smеtalari kabi tartibda tuziladi. Mavsumiy muassasalarda ish xaki fondini xisob-kitob kilgan vaktda xodimlarning navbatdagi otpuskasi uchun yoki foydalanilmagan otpuskalariga kompеnsatsiya tulash uchun mablag kuzda tutilishi kеrak. Buning uchun xar bir oy uchun tеgishli otpuska kunlari soniga kupaytiriladi.
VI. Yozgi soglomlashtirish tadbirlarini utkazish uchun kеtadigan xarajatlar.


Yozgi soglomlashtrish tadbirlari vazirliklar va idoralari tomonidan ular uchun ittifok byudjеtida sotsialmadoniy tadbirlarga ajratilgan mablab doirasida, ittifokchi rеspublikalarda esa rеspublika byudjеti doirasida amalga oshiriladi.

Korxonalar koshidagi maktabgacha tarbiya muassasalarida yozgi soglomlashtirish tadbirlari, shuningdеk, ragbatlantirish fondi xisobiga xam utkazilishi mumkin. Yozgi soglomlashtirish smеtasi aloxida tuziladi. Bunda ovkatlantirish normalari oshiriladi, ish vakti uzaytirilaydi yoki bokka kuchiriladi, ota-onalardan olinadigan xak kupaytiriladi. Bu munosabat bilan xodimlarining ish xaki, xujalik xizmatlari, bolalarni ovkatlantirish uchun kushimcha xarakat kuzda tutiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida yozgi hordiq va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun alohida smeta tuziladi. Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini aniqlashda tashkilotdagi guruhlar, bolalar soni, ularning tashkilotda qancha vaqt bo‘lishi, tashkilot xodimlarining necha soat ishlashi va ishning turiga ham alohida e’tibor beriladi. Smeta xarajatlarini rejalashtirish quyidagi moddalar bo‘yicha amalga oshiriladi: «Ish haqi», «Ish haqiga nisbatan ajratmalar», «Ma’muriy va xo‘jalik xarajatlari», «Xizmat safarlari xarajatlari», «Adabiyotlar,ko‘rgazmali vositalar va o‘yinchoqlar sotib olish», «Ovqatlantirish xarajatlari», «Asbob-uskuna va jihozlar sotib olish», «Bino va inshootlarni kapital ta’mirlash xarajatlari», «Boshqa xarajatlar».
Bolalarni «Ovqatlantirish xarajatlari» moddasi asosida taomnoma tuzish:
«Ovqatlantirish xarajatlari» moddasiga bolalarni ovqatlantirishga mo‘ljallangan mablag‘lar kiritiladi. Taomnoma bitta bolaga kunlik ovqatlanish uchun belgilangan pul me’yori va yil davomidagi tushumlar asosida tuziladi. Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotining turi, ish vaqti e’tiborga olinadi. Ovqatlantirish me’yori Sog‘liqni saqlash, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan belgilab beriladi. Ovqatlanishga ajratiladigan mablag‘ miqdorini aniqlash uchun bir bolaga kuniga sarflanadigan ovqat qiymatini maktabgacha ta’lim va yasli guruhlari bo‘yicha jami bola soniga ko‘paytiriladi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti smetasiga barcha xodimlarning ovqatlanishi uchun mablag‘ ajratish ham ko‘zda tutiladi. Bu Maktabgacha ta`lim va moliya bo‘limlari tomonidan alohida ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda xodimlar haq to‘lash hisobiga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlanishlari mumkin. Smeta amal qiladigan yil va tashkilot qaysi byudjet hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanishi qayd etiladi.
Yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish sarf-xarajatlari maktabgacha ta’lim tashkiloti xarajat smetasiga kiritilmaydi. Bunday tadbirlar o‘tkaziladigan hollarda ularni amalga oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar uchun alohida smeta tuziladi. Shuningdek, bolalar bog‘chalarida ota-onalar mablag‘lari hisobga olingan alohida smeta ham tuziladi.
Smeta byudjetida qayd etilgan xarajat moddalari Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan hujjat asosida tuziladi. Smetada tashkilotning kelasi yil uchun hisoblab chiqilgan jami hamda har bir modda bo‘yicha xarajatlar miqdori joriy yilga tasdiqlangan xarajatlar summasi smeta qachon tuzilayotgani va o‘tgan davrdagi haqiqiy xarajatlar miqdori e’tiborga olingan holda kiritilgan o‘zgarishlar bilan taqqoslab keltiriladi.
Ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqqoslashda smetani ijro etish jarayonida undan chetga chiqish hollarining yuz bergani va ularning sababini aniqlash asosida kelasi yilgi xarajatlar miqdorini to‘g‘ri belgilash talab etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari smeta tuzish vaqtida kelgusi yilgi ish ko‘rsatkichlarini (guruhlar va tarbiyalanuvchilar sonining ortishi, bolalarning tashkilotda bo‘lish vaqti va hokazo) belgilashda o‘zi bo‘ysungan yuqori tashkilotning me’yoriy hujjatlari, buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi. Smetaga kiritilgan xarajatlar smeta blankasiga keltirilgan aniq hisob-kitoblar bilan asoslangan bo‘lishi shart.
Smetaga hisob-kitoblar bilan birga, maktabgacha ta’- lim tashkiloti egallab turgan bino haqida umumiy ma’- lumotlar (uning hajmi, maydoni, isitish tizimi, elektr, gaz, vodoprovod, kanalizatsiya tarmog‘ining mavjudligi), shuningdek, tashkilotning ko‘lamiga oid ko‘rsatkichlar (gu- ruhlar hamda bolalar soni va h.k.) ham aks ettiriladi. Bundan tashqari, smetaga maktabgacha ta’lim tashkiloti- da faoliyat yuritayotgan pedagoglar, tarbiyachilar, enaga- lar, hamshiralar va boshqa xodimlarning ikki nusxada tuzilgan tarifikatsiya ro‘yxati ilova qilinishi shart.
Smeta loyihasi tegishli ilovalar bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilangan muddatda yuqori tashkilotlarga ikki nusxada, zarur hollarda esa uch nusxada taqsim etiladi.
Yuqori tashkilot maktabgacha ta’lim tashkilotining smetasini qabul qilib olgach, eng avvalo, smetaning to‘gri tuzilganini aniqlab, uning to‘liq to‘ldirilgani, alohi- da moddalar bo‘yicha xarajat summalari aniq hisob-kitob qilingani, binoning hajmi va maydoni to‘gri ko‘rsatil- gani, shuningdek, xodimlarning tarifikatsiya ro‘yxati ilova qilinganini tekshiradi.
Barcha hisob-kitoblar ko‘rib chiqilgach, har bir modda bo‘yicha xarajatlar aniqlanadi va byudjet hisobidan aj- ratiladigan xarajatlar unda aniq maqsadlar uchun belgi- langan summaga tenglashtiriladi. So‘ng maktabgacha ta’- lim tashkilotining smeta blankasiga jami xarajatlar (alohida modda bo‘yicha va umumiy summa), shuningdek, byudjet hamda ota-onalar mablag‘lari hisobiga ajratila- digan xarajatlar choraklar bo‘yicha tasdiqlangan taqsi- motga binoan yozib qo‘yiladi. Smeta yuqori tashkilot to- monidan qabul qilingach, maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqa xarajatlar va ota-onalardan tushadigan mablag‘- larni har bir chorak bo‘yicha taqsimlab, hisob-kitob qilib ko‘yadi.
Xarajatlarni taqsimlashda ba’zilarining mavsumiy xardalolatnomaerda bo‘lishi (yoqilg‘i tayyorlash, sabzavot jamg‘arish, ta’mirlash ishlari va hokazolar) hisobga olinishi lo- zim. Agarda joriy yilda bolalar sonini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu bilan bog‘liq sarf-xarajatlar (ish haqi, bolalarni ovqatlantirish uchun sarflanadigan qo‘shimcha mablag‘lar va h.k.) tegishli choraklar xarajat- lari ko‘rsatkichlarida aks ettirilishi kerak. Smetaning bir nusxasi tashkilotda qoladi, ikkinchi nusxasi yuqori tashkilotga, uchinchi nusxasi esa markazlashgan buxgalte- riyaga, qishloq kengashiga, moliya bo‘limi va boshqalarga taqdim etiladi.
Smeta tasdiqlanish blankasining old tomonidagi maxsus yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur yozuvda xarajatlarning jami miqsori, xodimlar ish haqi jamg‘ar- masi, smeta tasdiqdangan sana qayd etiladi. So‘ngra sme- tani tasdiqlagan yuqori tashkilot boshlig‘i imzo chekadi va uning imzosiga idora muhri bosiladi. Ta’kidlash joizki, smetani tasdiqlagan tashkilot unga o‘zgartish kiritishga haqlidir. Bunday o‘zgartishlar yuqori tashki- lotning maktabgacha ta’lim tashkilotiga yuborgan yozma xati bilan rasmiylashtiriladi.
II. Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini aniqlash. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xarajatlar hajmi aso- san undagi guruhlar va bolalar soniga, har bir bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotida qancha vaqt bo‘lishiga bog‘- liq. Bunda bolalarning umumiy soni va ularning har biri tashkilotda qancha vaqt bo‘lishiga oid ko‘satkichlar (9—10.5, 12 va 24 soat) maktabgacha ta’lim va yasli guruxdari bo‘yicha alohida qayd etiladi. Tashkilotda sog‘lomlashtirish guruhlari mavjud bo‘lsa, ulardagi bolalar soni ham alohida ko‘rsatilishi lozim. Bu bo‘limda guruhlar va bolalarning yil boshi va yil oxiridagi hamda o‘rtacha yillik soni ko‘rsatiladi. Rejalashtirilayotgan yil boshida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida smeta tuzilayotgan vaqtda haqiqatda mavjud guruhlar miqdori va bolalarning ro‘yxatdagi soni keltiriladi. Bu ro‘yxatda yuqori tashkilot yo‘llanmasi bilan tashkilotga qabul qilingan barcha bolalar qayd etiladi. Agar joriy yil smetasida mdalolatnomaa gacha ta’lim tashkilotini kengaytirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda «Yil boshida» grafasida guruhlar miqdori va bolalar sonida joriy yil oxirigacha yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar aks ettiriladi. O‘zgarishlar bo‘lmasa, «Yil oxirida» grafasiga yil boshida keltirilgan ma’lumot yozib qo‘yiladi. Rejalashtirilayotgan yil uchun bir bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan kunlar soni, odatda, davomat tabelidagi ma’lumotlar, shuningdek, o‘tgan yillar rejasining ijrosini tahlil qilish asosida bolalarning turlicha muddat bilan muas sasada qancha vaqt bo‘lganiga qarab aniqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. T.: O‟qituvchi. 1993.
2. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.
3. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo`stoni 2013
4. N.Kayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013.
5.F.Qodirova, Sh.Toshpo„latova, M.A‟zamova. “Maktabgacha pedagogika”.-T.,
“Ma‟naviyat”. 2013
6. Sh.Shodmonova. Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi. Fan va texnologiya. -T:, 2008.

Internet saytlari


1.www. tdpu. uz
2.www. pedagog. uz
3.www. Ziyonet.uz
4.www. edu. Uz
5.tdpu-INTRANET. Ped


Download 20,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish