Bolgariya. Bolgariya 1989 yilga qadar uncha katta bo‘lmagan, mamlakat uchun iqtisodiy zarur hisoblangan xalqaro turizm sektoriga ega edi. Chet el turistlarining kelib-ketish soniga ko‘ra u Ruminiyadan keyin turar edi. Ammo g‘arbiy mamlakatlardan keluvchi turistlarning miqdori nisbatan katta (9—12%) va ular zarur bo‘lgan chet el valyutasining mamlakatga kirib kelishiga imkon berardi. 1991 yilda 1,5 mln. lik turizm bozori mehmonlarining 60%ini Sharqiy Yevropa, asosan, Ruminiya, Polsha, MDH mamlakatlari fuqarolari tashkil qilar edi. 1990-92 yillarda Bolgariyada giperinflyatsiya bo‘lib o‘tdi. Bu esa barcha bolgarlar ham chet elga chiqa olmasligidan va siyosiy erkinlikni iqtisodiy chegaralash bilan qoplanayotganligidan dalolat edi. Tabiiyki, Bolgar turistlarining chet davlatlardagi xarajatlari katta bo‘lmadi. Bolgariyada ichki hamda chet elga chiqish turizmini rivojlantirish uchun barcha turistik resurslar, ya’ni tarixiy yodgorliklar, qora dengiz bo‘yi plyajlarida dam olish uchun imkoniyatlar, go‘zal landshaftlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |