Skandinaviya mamlakatlari turizmi



Download 21,14 Kb.
bet4/9
Sana11.01.2022
Hajmi21,14 Kb.
#348504
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
avazbek

Vengriya. Vengriya Sharqiy Yevropada iqtisodiy va siyosiy barqaror mamlakat hisoblanadi. Iіtisodiy reforma dasturini mamlakat 1969 yildan o‘tkaza boshladi va bu yo‘nalishda qo‘shni sotsialistik mamlakatlarga nisbatan oldinga siljishlar ko‘p bo‘ldi.

1989 yilda Vengriya turizm sanoati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va Chexoslovakiyadan keyin 2-o‘rinda turar edi. Mamlakat turistik markaz sifatida chexlar, polyaklar va sharqiy germaniyaliklar oldida katta mavqega ega edi. Vengriya qarbiy turistlarni, ayniqsa, Avstriya va qarbiy germaniyaliklarni o‘ziga jalb qiladi.

80-yillarning o‘rtalarida ularning soni 1 yilda 2 mln. ga yetdi. 1988 yilda Vengriyaga 17,9 mln mehmon kelgan bo‘lsa, shulardan 30%ini sotsialistik bo‘lmagan mamlakat turistlari tashkil qilar edi. 1989 yildagi revolyutsiyadan keyin chet el mehmonlarining soni 2 barobar o‘sdi va 1990 yilda 37,6 mln kishiga yetdi. Mehmonlarning aksariyati Avstriya, Germaniya va Ruminiya fuqarolaridir.

80-yillarda vengerlarning qarbga chiqishi ko‘paydi va 1989 yilda bu ko‘rsatkich yanada ortdi. 1985-88 yillarda Vengriyaning dunyoni barcha turistik markazlariga chiqishining hajmi 2 barobar ko‘paydi. Ammo keyingi yillarda bu ko‘rsatkich pasaya boshladi. Bu holat Chexoslovakiya va Polshadan sezilarli tarzda farq qilar edi. Bu hol nafaqat 1989 yilgacha vengerlarning g‘arbga chiqishining yaxshi tashkil qilinganligidan, balki 1990 yildan boshlab venger hukumati tomonidan o‘tkazilgan valyuta nazorati siyosatining kuchayganidan ham dalolat beradi. Ushbu davrda chet el turistlarining bu yurtga sayohatlari taxminan 2 marta kamaydi. 1989 yilda bo‘lib o‘tgan siyosiy o‘zgarishlar Vengriya turizmiga o‘z ta’sirini o‘tkazmadi.



Polsha. Polsha ushbu hududda eng ko‘p aholiga ega. Uning aholisi 38 mln kishini tashkil qiladi. Mamlakatda yuqori texnologiyali iqtisod mavjud, ammo infratuzilmasi qoloq. Sotsialistik lagerning tarqalishiga qadar Polsha boshqa mamlakatlar turizm bozorini to‘ldiruvchi asosiy hudud hisoblangan. Chunki 70-yillarda ham polyaklar erkin sayohat qila olganlar.

1989 yilda mamlakatga kirish va mamlakatdan chiqish turizmi keng rivojlandi. Ammo mamlakatning iqtisodiy muammolari turizmning o‘sishiga halal berdi. Sayohatchilar miqdori 1990 yillarda 22 mln kishi, 1991 yillarda 20,8 mln kishiga tushdi. Shuni ham inobatga olish kerakki, mamlakatdan chiquvchilarning aksariyati savdo-sotiq yoki chet davlatlarda ishlash maqsadida chiqishar edi. Ikkinchi tomondan 1991 yilda 80%ni tashkil qilgan inflyatsiyaning yuqori poqonasi mamlakatni xalqaro turizm uchun nisbatan arzon bo‘lishiga olib keldi. Shu sababli chet el turistlari soni sustlik bilan bo‘lsada, orta bordi. 1990 yilda ularning soni 3,4 mln kishi bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yilda 3,8 mln kishini, 1992 yilda esa 4 mln kishini tashkil qildi. Sayohatchilarning aksariyati bir kunlik sayohatga kelar edi. Ushbu bir kunlik sayohatlar soni 1989 yilda 8 mln kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 1992 yilda 30 mln. dan oshdi. Ushbu davrda Polshaning mamlakatga kirish va chiqish tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘ldi.

Chexoslovakiya, Germaniya, MDH mamlakatlari va boshqa g‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan keluvchi turistlar soni 2 barobar o‘sdi. Polyaklar esa Germaniya va boshqa g‘arbiy Yevropa mamlakatlariga sayohat qila boshladilar. Shu bilan MDH mamlakatlari va Chexiya Polsha bozorida o‘z mavqeini yo‘qotdilar. Aksariyat mamlakatdan chiquvchi va mamlakatga keluvchi turistlar savdo, biznes, qarindosh va do‘stlarinikiga tashrif buyurish maqsadida kelardilar.

Shunday bo‘lsada, Polsha tabiiy madaniy resurslarga boy mamlakat bo‘ldi. Ulardan kelgusida dam olishni rivojlantirish maqsadida foydalanish mumkin. Ammo, qarb talabiga javob beruvchi otellarning kamligi hamda chet el mehmonlarining aksariyat hollarda o‘z qarindoshlari va do‘stlarinikida joylashishi mamlakat turizm sanoatining kam rivojlanganligidan dalolat beradi.




Download 21,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish