Sizning fikrlash kengligingizni oshiruvchi 3 ta muhim omil mavjud



Download 11,64 Kb.
Sana06.03.2022
Hajmi11,64 Kb.
#484513
Bog'liq
1-dars. Kogn-WPS Office


🔰 1-dars. Kognitiv Fikrlash kengligini oshirish

Aziz ustozlar! Keling, sizlarga keng dunyoqarashga ega bo'lish, global fikrlash kengligini oshirishga doir bir necha qadamlarni ko'rib chiqamiz

• "Sizning tashqi Dunyoyingiz ichki Dunyoyingizga ko'zgu bo'lib xizmat qiladi" - ushbu qoidani hech qachon unutmang

Bu Dunyo "ichkaridan tashqariga" prinsipi asosiga qurilgan. Siz har qanday muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsangiz, avvalo, bunga ich-ichingizdan tayyor bo'lishingiz kerak bo'ladi


Sizning fikrlash kengligingizni oshiruvchi 3 ta muhim omil mavjud:

• Munosabatlar - sizning munosabatlaringiz hayotingizga bevosita ta'sir o'tkazadi. Siz - atrofingizda siz eng ko'p muloqot qiladigan 5 ta insonning yig'indisisiz. Dunyoga qarashlaringiz, topayotgan daromadingiz, hayotdagi pozitsiyangiz, kasbingiz va boshqalar. Aslida, siz bulardan ko'prog'iga loyiqsiz. Demak, tashqi munosabatlaringizni, ya'ni tevarak atrofingizga pozitiv insonlarni to'plasangiz bu sizning hayotingizga va fikrlashingizga ta'sir o'tkazadi


• Tanlovlar - sizga Olloh tomonidan berilgan 1 kundagi 1440 daqiqa vaqtni sarflashdagi sizning tanlovlaringiz juda muhimdir:
- siz televizor ko'ryapsizmi yoki kitob o'qiyapsizmi?
- ishga borishda hayol surib ketyapsizmi yoki naushnikda audio kitob eshityapsizmi?
- you tobe'da kino ko'rmoqdamisiz yoki trening ko'ryapsizmi?
- qo'shningiz bilan bekorga suhbatlashyapsizmi yoki turmush o'rtog'ingiz bilan kelejakdagi 5 yilga re'ja tuzyapsizmi?

Barchasi sizning tanlovingiz! Qaysi birini tanlasangiz ham siz haqsiz. Kuniga bir xil ish qilib, yakunda turli xil natijani kutish oqil insonning ishi emas. Shuning uchun, har doim to'g'ri tanlov qiling


• Ko'proq o'rganing va o'rgating - sizning bugungi ilmingiz kechagiga qaraganda ziyoda, ertangi kuningiz bugungidan ko'proq bo'lishi shart. Avvalo, har kuni tongda, bugungi qiladigan barcha ishlaringizni re'jalash uchun 10 daqiqa sarflang. Ketma-ket 21 kun shu zaylda re'jalashtirish sizni tartibli va maqsadli insonga aylantiradi. Har bir o'rgangan ilmingizni kimgadur o'rgating. Darsda o'quvchilarga har darsingizda 1) hayotiy, 2) ibratli, 3) qiziqarli hikoyalar, misollarni aytib berish ham sizni doimo izlanishda bo'lishga undaydi. O'zingiz uchun investitsiya qilishga doim tayyor bo'ling.
🔰 2-dars. Fikrlash + Hissiyot + Harakat = Natija

Aziz ustozlar! Fikrlash kengligini oshirishga doir yuqoridagi mashqlarni bilib oldik, endi esa Natijaga erishish uchun yana nimalar qilish kerakligi xususida gaplashamiz

👉 Sizning maktabdagi faoliyatingiz bu hayotingizni asosi emas, balki bir qismi xolos. Vaqtni to'g'ri taqsimlash orqali siz ish, oila, shaxsiy rivojlanish, farzandlar, biznes va shogirdlaringizga ham vaqt ajratishingiz va hayotingizni tizimlashtirishingiz mumkin

👉 O'ylagan re'jalaringizni real hayotda amalga oshirish uchun sizda kuchli xohish ya'ni Hissiyot kerak.


1 )Kitob yozish re'jangiz bormi? Bu uchun 100 dan ziyod kitob o'qishga shahd qiling, professional tarzda izlaning va psixologik kitob yozishga tayyor bo'ling;
2) 3 ta o'quvchingizni Respublika olimpiadasida yutishini re'jalashtirdingizmi? Bu uchun yil davomida ularga qo'shimcha kuchli bilim berishga ahd qiling
3) shaxsiy biznes ochmoqchimisiz? 1 mln dollar pulni to'g'ri boshqarishga va biznesingiz bankrot bo'lishiga tayyor bo'ling va hokazo

Sizdagi kuchli Hissiyot (xohish) bu muvafaqqiyatingizning 50% qismini tashkil etadi


👉 Endi esa navbat Harakatga yetib keldi. Sizda tayyor Re'ja va kuchli Xohish bor. Xoh uzoq muddatli, xoh yaqin muddatli re'jangiz bo'lsin, agar siz to'g'ri re'jalagan bo'lsangiz, Harakatingiz ham shunga monand bo'ladi.

Atrofingizga e'tibor qarating. Dunyo resurslarga to'la!


- Pul;
- Bilim;
- moddiy resurslar;
Bularga ega bo'lish bu sizning to'g'ri tanlovingiz!
👉 Siz hayotga shunchaki yashash va 40 yil davomida maktabda oddiy ishlab berish uchun kelmagansiz. Siz hayotga NATIJA berish uchun kelgansiz. Natijani esa faqat kuchli insonlar qila olishadi.

a) 1 ta o'quvchingizni fikrlash kengligini oshira oldingizmi? Bu bir natija;


b) sizning sa'y-harakatingizni deb 1 ta o'quvchingiz respublika olimpiadasini yutdimi? Bu ham bir natija;
c) farzandingiz sizdan o'rnak olib, kuchli aql salohiyatga ega bo'ldimi? Bu ham eng katta natijalardan biri

Va hokazo...

👉 Natija qilish uchun esa, sizdan shijoat, qat'iyat, sabr va intiluvchanlik talab etiladi
🔰 3-dars. Zeygarnik effekti

"Siz bajarishni o'ylagan va bajarilmay qolib ketgan ishlar, aytilishi kerak, lekin aytilmay qolib ketgan gaplar sizning miyangizda doimo aylanib yuraveradi" - Zeygarnik effekti

Tasavvur qiling, uyquga yotishdan oldin kun davomida qilishingiz kerak, lekin bajarilmay qolgan ishlar yoki aytilishi kerak, lekin aytilmay qolgan gaplar miyangizga to'satdan kelib qolganmi?
👉 @Kreped_fokusbot
Demak, barchada shunday holat kuzatilgan👍 Bu tabiiy jarayon hisoblanadi

Insonda ushbu holat ro'y berishini birinchi bo'lib olim Zeygarnik aniqlagan.

✅ Siz bunga yechim sifatida, tunda uyquga ketishdan oldin, maktabda tanaffus payti, yo'lda piyoda ketayotganingizda yoki kitob o'qiyotganingizda biror kichikroq noutbook va ruchkani o'zingiz bilan olib yuring. Fikr, g'oya, re'ja, muhim gap hayolingizga kelishi bilan uni dastlabki 10 soniya ichida dargol yozib qo'ying. Bu jarayon Qopqon usuli deyiladi. Chunki, siz fikrlaringizni darhol qopqonda tutmasangiz, u miyaning tubiga cho'kib ketadi va siz uni qaytib eslay olmaysiz.
👉 Maqsad, re'ja va hattoki, hayolingizga kelgan idealarni barchasini dastlabki 1 daqiqa ichida yozib borishda davom etsangiz, bu sizning yashash va fikrlash tarzingizni tubdan o'zgartirib yuboradi.

👨‍🎓 Garvard Universiteti talabalari orasida bir ajoyib tadqiqot o'tkazilgan. Unga ko'ra, talabalarda fikr va re'jalarini yozib borishi yo yozmasligi borasida so'rovnoma o'tkazilgan. Tadqiqot bo'yicha, 98% talabalar hech qanday g'oyalarini yozishmas ekan. Atiga 2% talabalar kunlik g'oya va fikrlarini qayd etib borishlarini aniqlashgan.

Oradan 10 yil vaqt o'tib, 2% o'z fikrlarini yozib boradigan talabalar muvaffaqiyatli biznesmenlarga aylanishgan. Qolgan 98% talabalar esa oddiy ishlarda ishlayotgani ma'lum bo'lgan

Shundan ham ko'rinib turibdiki, sizdagi Zeygarnik effektini va patishonxotirlikni oldini olish va tartibli, maqsadli insonga aylanishingiz uchun Qopqon usuli yordamida fikrlariningizni bugundan qayd etib borishni boshlang


🔰 4-dars. Shaxsiy biznesingizni ochish

Aziz o'qituvchilar! Mana sizlar bilan fikrlash kengligini oshirish borasida suhbatlashdik. Endi, siz qanday qilib o'zingizning shaxsiy biznesingizni ochingiz mumkinligi haqida Krepeduz tomonidan tavsiyalar beramiz

Sizga barcha muvaffaqiyatli tadbirkorlar, biznesmenlar va ilmning ortidan yaxshigina daromad ko'ruvchi qatlamlarning haqiqiy sirini oshkor qilamiz.

Sizga o'z shaxsiy biznesingizni ochish uchun:

1. Tinglash;
2. Muammoni yechish ko'nikmasi;
3. Qat'iyat

Ushbu yuqoridagi 3 ta ko'nikma sizni moliyaviy erkin insonga aylantiradi.

Qanday qilib deysizmi?🤔
✅ Tinglash - yashayotgan mintaqangiz, ishlayotgan maktabingiz va barcha aholidagi muammolarni tinglang. Ularga quloq soling. 1) O'quvchilarga yoki yoshlarga nima yetishmayapti? 2) Mahallangizda qanday muammolar bor? 3) Insonlar hozir nima uchun ko'proq to'lashga tayyor? ...

Barchasini o'rganing va imkoniyatingizdan kelib chiqib muammolarni yechishga harakat qiling.

😉 1. mahallangizda savdogar G'aybulla kuniga 1 mln sum savdo qilib, 100 ming sum daromad qiladi 👉 chunki, u xalqga 1 mln sumlik yechim bera oladi;
2. Murod Nazarov 1 mln dollar daromad qiladi - chunki u 1 mln dollarlik xaqlni muammosiga yechim bera oladi.
3. Ilon Mask millardlab dollar topadi. Sababini tushundingiz.
✅ Muammoni yechish ko'nikmasi - tinglash va o'rganish natijasida olgan xulosalaringizdan kelib chiqib, o'z imkoniyatingiz darajasida Yechim tayyorlang. O'qituvchilik kasbingizdan kelib chiqib, bir qancha daromadli bizneslarni qilsa bo'ladi. ( "Kreativ Pedagog" kursida o'qituvchilar uchun top-15 ta biznes g'oya bonus tariqasida beriladi)
✅ Qat'iyat. - demak, siz xalqni tingladingiz va muammosiga yechim topdingiz. Bu degani siz biznes boshlashga tayyorsiz degani. Bilim, pul va tajriba bu ikkinchi darajali obyektlar hisoblanadi. Asosiysi, muammo + yechim + qat'iyat = daromad. Qat'iyatni oshirish uchun biror bir metod yo'q. Siz avvalo, kuchli shaxs bo'lishingiz kerak.

❗️Oddiy bir haqiqatni tushunib oling:


1 yil oldin qilgan qat'iyatli qaroringiz hozirgi pozitsiyangizni keltirib chiqarmoqda. Demak, hozirgi qat'iyatli qaroringiz, 1 yildan so'ng qaysi nuqtada bo'lishingizni belgilab beradi.

Ushbu qoida nafaqat o'qituvchilik kasbingizda, oilaviy hayotingizda va shaxsiy rivojlanishingizga ham birdek to'g'ri keladi
Download 11,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish