Sizni kuylayman


XAZONDEK SOCHILDI  NECHA BOR TAQVIM



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/103
Sana04.09.2021
Hajmi1,46 Mb.
#164582
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
Bog'liq
iqbol mirzo sizni kuylayman

XAZONDEK SOCHILDI  NECHA BOR TAQVIM
Xazondek sochildi  necha  bor taqvim, 
Yurak  ham  to'kildi yaproqqa  o'xshab. 
Shamolda  sovrildim,  soylarda  oqdim,
Sen  hamon  o'shasan,  sen  o'sha-o'sha.
Zulfing  qo'ng'irog'i  barmog'imdandir, 
Dudog'ing  gullatgan  -  birinchi  bo'sa.
Endi  u  kunlarga  etmoq  gumondir,
Sen  hamon  o'shasan,  sen  o'sha-o'sha.
Seni  quchib  uxlab,  yana  tushimda  - 
Ko'rib  uyg'onardim  sog'inib,  qo'msab.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Meni  mendan  o'zga  inson  tushunmas... 
Sen  hamon  o'shasan,  sen  o'sha-o'sha.
Kun  sayin  oramiz olis va  olis,
Balki  kutarsan  ham  xazonlar to'shab. 
Sen  hamon  tiriksan,  men  esa  yolg'iz... 
Sen  hamon  o'shasan,  sen  o'sha-o'sha.
1992
DUNYO
Dunyo  -  chechan  kampir.  Ohista 
Quyoshni  chuvatib,  qo'lqop to'qirdi.
Kuz edi.  Izg'irin  izg'irdi  pastda,
Ettinchi  qavatda  o'qirdik.
Dunyo  -  qishloqi  chol.  Hassasi  bilan,
Cho'g'  istab titkilab o'ltirardi  kul.
Ettinchi  qavatda  kun  chiqdi  birdan  - 
Ettinchi  qavatga  kirib  keldi  Gul.
Dunyo  -  keksa  olim.  Qoshlarin  o'yib, 
Hijjalab,  sharhlardi  Mirzo  Bedilni.
Gul  keldi.  Sochildi firdavsning  bo'yi,
Bahor isi tutdi  xona  va  dilni.
Dunyo  -  nigohini  yo'qotgan  tolib,
Dunyo etti  kunda  esidan  ozdi.
Yotoq  devoriga  chiziqlar tortib, 
«Iqbol+Gul»  deya  yozdi!
Dunyo  -  sochlarini  parda  etgan  qiz,
Hijob orqasida  kulgani-kulgan.
Kulgan  sayin  badar ketaverar kuz,
Kulgan  sari  o'zi  chulg'anar gulga.
Dunyo  -  yashin  tushib,  yonayotgan  sham, 
Kitob sahifasin  ashklari  bosdi,
Hattoki,  baholar daftariga  ham 
«Iqbol+Gul»  deya  yozdi!
Dunyo  -  dunyoligin  qiladi  bir kun,
Vizillab  uchadi  ko'kko'zli  yilon,
To'ng'izlar ko'rsatar balchiqli  turqin,
Gullar xazon  bo'lar,  iqbollar yolg'on...
Dunyo  -  o'z yurtida  adashgan  sayyoh,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Qo'msab,  kokillarning  anbar isini 
Izlar Farg'onadan  Qo'qongacha  to 
O'sha  olis tushning  xotirasini.
Dunyo  -  dunyodan  yuz o'girgan  darvish, 
Na  uyi  bor uning,  na  borar yeri.
O'tsa,  ko'zlariga  uraverar nish 
Devorga  o'yilgan  eng  go'zal  she'ri.
Dunyo  -  chechan  kampir.  Shoshmasdan 
Bulutni  tolchiviq  bilan  savardi.
Kuz edi.  Odamlar izg'irdi  pastda,
Ettinchi  osmonda yashardik!
1992
AZA
Eshilib-buralib,  yulqinar uzum,
Shamaloq  barg aro  mo'ltirar osmon. 
Siyohrang  rayhonlar yashirar ko'zin, 
Ustunga  yuz  bosib,  yig'laydi  chopon.
Gezarib  rangini  yo'qotgan  duvol,
Bostirma  ostida  nam  tortar somon. 
Daraxtga  suyanar charchagan  shamol, 
Ustunga  yuz  bosib,  yig'laydi  chopon.
To'proq  ko'chib  ketgan,  sho'rlangan  tuproq, 
So'rida  yakandoz ezilgan  yomon.
Xontaxta  ustida  sarg'aygan  yaproq... 
Ustunga  yuz  bosib,  yig'laydi  chopon.
Chumoli  uyada  parpiramas  nur,
Qaldirg'och  inida  loy  bo'lgan tug'yon. 
Beshiktebratarlar mahzun  tebranar... 
Ustunga  yuz  bosib,  yig'laydi  chopon.
«Hech  kim  etolmaydi osmon  toqiga...»2 
Tirgakka  tayanar munkaygan  ayvon.
Ustun  bo'lolmagan  sohib  haqqiga 
Ustunga  yuz  bosib,  yig'laydi  chopon...
1993
2 G ‘ ulom  A b d u lla  satri.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish