Sizni kuylayman


ISMINGNI  HECH  KIMGA AYTKIZMAYMAN, GUL!



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/103
Sana04.09.2021
Hajmi1,46 Mb.
#164582
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103
Bog'liq
iqbol mirzo sizni kuylayman

ISMINGNI  HECH  KIMGA AYTKIZMAYMAN, GUL!
Senga  lablarimni  tegizmayman,  Oy, 
Senga  ziyonimni etkizmayman,  Gul.
Biroq  osmonimdan  ketkizmayman,  Oy, 
Ismingni hech  kimga  aytkizmayman,  Gul!
OG'RIQ
Qilich  navdalarning  shaffof qini  bor, 
Olov tebranadi  ulkan  loladay.
O't kabi  isyonkor,  qordek  beg'ubor - 
Gulxan  atrofida  uchta  bolakay.
Qo'zilar zamharir maysani toptab, 
Og'zining  hovurin  kavshaydi tinmay. 
Ming jumboqni echar,  qo'llarin  toblab, 
Gulxan  atrofida  uchta  bolakay.
Cho'g'lar chirsillaydi,  olov yonboshlab, 
Qiyiqko'z  bolaga  tegishar atay. 
Zuhroda  sayr etar,  qo'ylami  tashlab, 
Gulxan  atrofida  uchta  bolakay.
Bugun  ko'kragimda  simillar og'riq. 
Bugun  qo'llarimda  parchalangan  nay. 
Men  sizni  sog'indim  hammadan  ortiq, 
Gulxan  atrofida  uchta  bolakay.
Manxus davralarda  davrlar surdim, 
Qasamlar ichdimu  ichaverdim  may. 
Oydin  lahzalarni  siz  bilan  ko'rdim, 
Gulxan  atrofida  uchta  bolakay.
Siz  meni  chaqiring,  qiynalib  ketdim, 
Siz  meni  chaqiring,  o'zimga  qaytay. 
Chaqiring,  yurakka  harorat yetsin, 
Gulxan  atrofida  uchta  bolakay.
1992
UYG'ONISH
Huvillagan  dunyo,  huvillagan  qalb,
Na  quvonch,  na  rayhon,  na  g'am,  na  yalpiz... 
Qip-qizil  qumlarni  kechdim  yuz yillab,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
O'zim  bilan  o'zim  yashadim  yolg'iz.
Bir kuni  oy  bilan tillasha turib,
His qildim yuragim  og'irligini.
Ko'klam  sellaridek qonim  gupirib, 
Angladim  yashashim  zarurligini!
Osmonni quchoqlab yotganim  tunda 
Muhabbat,  oy  kabi  kirding  yodimga. 
Bulutlar oqquvga  aylandi zumda, 
Yulduzlar to'pillab tushdi yonimga.
Elkamda  elkanday  qanot barq  urdi,
Bir go'zal  qush  bo'ldim  ertakdagiday. 
Yovvoyi yoshlikda  azot  hayqirdim  - 
Titradi  koinot etaklari-da!
Titradi  koinot etaklarinda 
Kirpidek g'ujanak  bo'lgan  olamlar,
Quyosh tig'in  charxlab elkalarida 
Qip-qizil  qum  kechib yurgan  odamlar...
Yumshoq  shamollarni qo'zg'atib uchdim, 
Kahkashon  -  shiddatim  qoldirgan  oq  iz. 
Sening  olamingga  boryapman,  kutgin, 
Osmonni quchoqlab yotgan  g'amgin  qiz!..
1988
YOLG'IZMAN
Qorako'z turnalar Qo'qonga  qaytar, 
Giyohlar yugurib  kelar olisdan.
Mening  turnam  qani?
Giyohim  qayda?
Yolg'izman...
Uchar likopchada  -  sirli  tayyorada 
Do'st izlab  kelishar qay  bir yulduzdan. 
Men  esam  butun  boshli  sayyorada  -
- Yolg'izman...
Do'stlar eshigimni yuz  bora  qoqar, 
Eshik qoqmay  kirar maktub
bir qizdan.
Goho jonga  yoqar, 
goho jonni  yoqar...
Yolg'izman...


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Onam  tinmay  menga  kelin  tanlaydi, 
men  bo'lsam  yolg'izman  muhabbat qadar. 
Kim  meni  tushunadi?
Kim  meni  anglaydi?
Yolg'izman-da,  nima  qilay,  birodarlar!.. 
1990

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish