Sizni kuylayman


FARG'ONACHA Muhammad Sharifga



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/103
Sana04.09.2021
Hajmi1,46 Mb.
#164582
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103
Bog'liq
iqbol mirzo sizni kuylayman

FARG'ONACHA
Muhammad Sharifga
Sohibjamol  sohibdilim,  muncha  sitam  ayladilar,
Makr birlan,  qahr birlan  ko'zimizni  boyladilar.
Bizni  suyib  -  suymadilar,  ozod  qo'yib  -  qo'ymadilar, 
Dilimizni  barmog'ida  olma  kabi  o'ynadilar,
Kuyib-kuyib qolaberdik kiyiklarning  orasida,
Buncha jafo qilmasalar begonaning  bolasiga.
Yor-ey,  dedik,  boshimizni yorib  o'tdi  yor qamchisi, 
Oyog'ining  tirnog'iga  tomib o'tdi  qon  tomchisi. 
Qonimizga  qonib o'tdi  turnalarning  arg'amchisi,
Qizil  guldek yonib  ketdi turnalarning  aldamchisi. 
Tabassumni  xalqa  yanglig'  taqib qushning  sarasiga, 
Buncha jafo qilmasalar begonaning  bolasiga.
Shahr otlig'  sahrolarda  qo'ng'iroqlar sasin  kutdik,
Dahr otlig'  daryolardan  muruvvat kemasin  kutdik,
Zahr otlig'  havolardan  atirgullar isin  kutdik,
Sabohat elchisin  kutdik, jarohat emchisin  kutdik.
Biroq  etdik  boshimizga,  volidamiz  nolasiga,
Buncha jafo qilmasalar begonaning  bolasiga.
Xoqon  edik,  qalqonimiz go'daklarga  ermak  bo'ldi,
Sulton  edik,  davronimiz o'zimizga  ertak  bo'ldi.
Balokash  yor lashkalari  ming-ming  bo'ldi,  lak-lak  bo'ldi, 
Biz shams  kabi  yerga  botdik,  ul  oy esa  yuksak  bo'ldi, 
Omon  yursak  bo'lmasmidi davlatlarin  soyasida,
Buncha jafo qilmasalar begonaning  bolasiga.
Biz oh  ursak,  har oshiqdan  ko'ra  oshiq  ohimiz  bor, 
Ko'ylagining  shamolidan  samolarda  xokimiz  bor. 
Ko'nglimiz yo'q,  dog'imiz  bor,  dog'i  yo'q  dilxohimiz  bor, 
Gunohkormiz,  ko'ngil  berdik,  endi  tan  olmog'imiz  bor, 
Qalbimizni  qayta  bersin,  tashlasin  ostonasiga,
Buncha jafo qilmasalar begonaning  bolasiga!
1993


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
DASHTDA
Bu  yerdan  oh  urib o'tgan  Go'ro'g'li,
Bu  yerdan  ot surib  o'tgandir Namoz,
Bu  yerga  qismatning  uchta  zo'r o'g'li 
Piyoz ekyapmiz,
piyoz!
«Qarg'ish tekkan  yer bu!»  -  degan  Xudoyor. 
Faqat oy tunlari chodirin tikkan,
Faqat biz  -  uch  og'a-ini  har bahor 
Piyoz ekkanimiz
ekkan.
Tirik-chilik...
O'zingizga  ma'lum  buyog'i.
Rizqi  ro'z degani  - 
titilgan  to'rva.
Do'konda  falon  pul  paxta  yog'i...
Piyoz  bo'lsa, 
qozonda  sho'rva.
Bu  yerni  suv o'gay singil  sanaydi 
Shabada  yurmaydi  - 
tiladi tikan.
Men  akamga, 
bolam  qo'lga  qaraydi...
Piyoz ekkanimiz
ekkan.
Bu  yerdan  ot surib  o'tmaydi  Namoz...
1987

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish