KMII, Agronomiya fanlari kafedrasi dotsenti S. Shaxobov;
Ma’ruza matnlari Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti o’quv-uslubiy Kengashi tomonidan ma’qullangan va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan
Adabiyotlar. Maqsudov Z. Yu. Umumiy genetika. Toshkent- 1980 yil.
Ostonaqulov T. E va boshqalar. Genetika asoslari, Toshkent- 2003 yil
Maqsudov Z. Yu, Muhamadxonov S. R. Genetika asoslari.
Toshkent-1976 yil Gulyaev G. V. Genetika. Moskva- 1984 yil (rus tilida)
Simongulyan N. G va boshk., Go’za genetikasi, seleksiyasi va
urug’chiligi. Toshkent - 1974 Abdukarimov D. Tva boshk., Dala ekinlari seleksiyasi,
urug’chiligi va genetika asoslari. Toshkent- 1989 Gofurov A. T va boshk., Genetikadan masala va mashqlar.
Toshkent - 1991 yil
KIRISH
Genetika tirik organizmlarning ikki xususiyatini - irsiyati va o’zgaruvchanligini o’rganadi. U grekcha tug’ilish degan ma’noni bildiradi. Irsiyat - bu orgaizmlarning o’z belgi va xususiyatlarini nasldan naslga o’tish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmlarning belgi va xususiyatlari nasldan naslga o’zgarmagan hоlda o’tadi. Bu xususiyat organizmlarning tur va avlodlarini saqlab qolishini ta’minlaydi.
Jinsiy ko’payishda erkak va urg’ochi jinsiy hujayralarning o’zaro qo’shilishi, ya’ni urug’lanish natijasida yangi avlod vujudga keladi. Bunda irsiyatning moddiy negizi jinsiy hujayralarda joylashgan. Jinssiz ko’payishda yangi avlod bir hujayrali yoki ko’p hujayrali tuzilmalardan rivojlanadi. Bunda ham hujayralar avlodlar o’rtasidagi bog’lanishning moddiy negizi bo’lib xizmat qiladi.
Irsiyatning mоddiy negizi bo’lib hujayra yadrosidagi xromosomalar muhim rol o’ynaydi. Ular o’zining aniq nusxasini vujudga keltirish xususiyatiga ega bo’lib, hujayra bo’linganida xromosomalarning bu nusxalari teng ikkiga bo’linib, qiz hujayralarga o’tadi.
Genetika o’zgaruvchanlikni ham o’rganadi - bu avlodlarning bir yoki bir nechta belgi va xususiyatlarini o’z ajdodlaridan farq qilishidir.
Genetika irsiyat va o’zgaruvchanlik bilan shug’ullanishi bilan bir vaqtda qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan masalalarni ham o’rganadi. Seleksiya uchun zarur usullarni ishlab chiqadi. Mavzu. GENETIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI