Yumshoq o’yinchoqlar. Siz tabiatan agressiv odamsiz. Qanday bo’masin, yangi tuyg’ularni boshdan kechirishni yomon ko’rasiz. Shu sababli ham hayotingiz yangi taassurotlarsiz zerikarli o’tadi. Biror narsaning mohoyatini tushunishga, fikrlashga umuman qiziqmaysiz. Hisob-kitobli ishlarni ham yomon ko’rasiz. Bolaligingizdan turli o’yinlarni yomon ko’rasiz.
Qo’g’irchoq. Yangi insonlar bilan tanishishni juda yaxshi ko’rasiz. Lekin bu tanishuvlaringiz ko’pincha uzoqqa bormaydi. Siz odamlar bilan nafaqat gaplashasiz, balki ularning shahsiy hayotlariga ham qiziqasiz. Kelajakda insonlar bilan bog’liq bo’lgan kasbni egallashingiz mumkin. Ishonch bilan aytish mumkinki, buni a’lo darajada egallashingiz mumkin.
Fotoapparat. Agar fotoapparat bolalikdan yaxshi ko’rgan o’yinchog’ingiz bo’lgan bo’lsa, siz tabiatan bir marta ko’rgan insonlarni yodda saqlab qoladigan insonlar toifasiga kirasiz. Sizda barcha narsalarni esda saqlab qolish qobiliyati yaxshi rivojlangan. Lekin o’zingizning ichki hislaringizni aytishga qiynalasiz. Atrofdagilarning siz haqingizdagi bildirgan fikrlari ham siz uchun katta ahamiyatga ega.
Koptok. Siz tabiatan uzoq kutishga va yaxshi o’ylab keyin qaror qilishga moyil emassiz. Bir narsani rejalashtirsangiz uni tezda amalga oshirishga intilasiz. Bo’lib o’tayotgan voqealarni ko’rishni emas, ularda qatnashishga harakat qilasiz. Bundan tashqari musobaqalarda qatnashish ham sizga zavq bag’ishlaydi, shuningdek har qanday sharoitga tez ko’nikuvchansiz.
Er va xotin uchun test savollari
Қуйидаги саволларга «Ҳа», «Баъзан» ёки «Йуқ» деган жавоблардан бирини беринг.
Азиз эркаклар, сизнинг рафиқангиз:
1. Уйда эски халатда, доим сочи тўзғиган холда юрадими?
2. Сиз унинг айби билан доим ишга кечикасизми?
3. Бўлар-бўлмасга кулаверадими?
4. У спиртли ичимликлар ичадими?
5. Телефонда узоқ гan сотиб қоладиган одати борми?
6. Овқатлари бемаза, палови доим тагига оладими?
7. Сартарошхонага боришни ҳуш кўрадими?
8. Ширинликни яхши кўриши ва уни доим истеъмол қилиши натижасида борган сари семириб кетяптими?
9. У фақат кийим, бўёқ, соч турмаклари ҳақида ўйлайдими?
10. Телевизорда қизиқарли фильм ёки футбол томоша қилаётганингизда тез- тез савол бериб чалғитаверадими?
ЭНДИ МУХТАРАМА АЁЛЛАР УЧУН САВОЛЛАР
Сизнинг эрингиз:
1. Бўш вақт топилди дегунча фақат дам олиб ётадими?
2. Дастурхон бошида сигарет қолдиқларини қолдириб кетаверадими?
3. Кўп овқат ейдими?
4. Кийимларини жойига илиб қўймайдими?
5. Уйга келиб, қисқагина "Яхшимисизлар” — дейиш билан чекланадими?
6. Ҳеч қачон аҳлат челакни тўкиб келмайдими?
7. Сиз уйда бўлганда рўзғорга эътибор бериш ўрнига фақат телевизор кўрадими?
8. Сиздан кўра дўстларини қадрлайдими?
9. Кўзгуни тиш пастаси, қўли билан доғ қиладими?
10. Уйга доим пойафзалини артмасдан кирадими?
«Ҳа» жавобига — 3, «баъзан» жавобига — 2, «йўқ» жавобига — 1 баллдан қўйинг ва умумий балларингизни ҳисобланг.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |