Натижа: 0-38 балл. Сиз ўзингизга жуда ишонасиз. Одамлардан устун бўлишни ва фақат «мен» дея таъкидлашни ёқтирасиз. Сиз ҳақингизда гапирилаётган гаплар сизни умуман қизиқтирмайди. Бошқаларни танқид қилишни эса яхши кўрасиз. Юзингизга айтилган танқидни "ҳазм” қила олмайсиз. Йиғилган балларингиз қанча кўп бўлса, бошқалардан кўра ўзингизни юқорироқ қўйишингизни айтиш мумкин.
37-24 балл. Сиз ўзингиздан ҳам, бошқалардан ҳам мамнунсиз. Кези келганда вазиятни тўғри баҳолайсиз ва соғлом фикр юритасиз. Атрофингиздагилар билан муроса қилиш, шу билан бирга оғир шароитларда ҳам ўзингизни қўлга олишни, бошқаларнинг ёрдамисиз турли вазиятлардан чиқиб кета олишни уддалайсиз.
23-10 балл. Сиз ўзингизнинг билим савиянгиздан, ҳаётдаги ўрнингиздан, ҳаттоки кўринишингиздан ҳам қониқиш ҳосил қилмайсиз. Сиз доим кимдандир ёки нимадандир шубҳаланиб яшайсиз. Билимли одам хор бўлмас деган нақл бор. Кўпроқ билим олишга ва ўзингизни ҳурмат қилишга ўрганинг. Шундагина атрофдагилар сизни ҳурмат қила бошлайди.
Главная » Статьи » Psixologik testlar
Muhabbat yoki havas... (Psixologik test)
МУҲАББАТМИ ЁКИ ҲАВАС?
Муҳаббат инсоннинг ёши, мнллатини инобатга олмасдан, умумай ҳечқандай сўров ва суриштирувларсиз киши қалбига кириб келадиган туйғудир. Баъзида у қачон ва қаердан кнриб келганини ҳам билмай қоласан киши. Сизни асир этган бу туйғуқиқий муҳаббатми ёки ўткинчи бир ҳавасми? Қуйидагн тест сўровлари орқали ушбу саволга жавоб топасиз. деб умнд қиламиз.
а) унинг талаблари билан мажбуран ҳисоблашасиз —2 балл;
6) унга ёқишга ҳаракат қиласиз — 2 балл;
в) нега ёқтирмаслигининг сабабини сўрайсиз — 1 балл.
6. Севгилингиз сизни қаергадир таклиф қилмоқчи, лекин пули етмайдиганга ўҳшайди:;
а) сиз ҳам пул сарфлашни таклиф қиласиз — 2 балл;
б) фақат сайр қилишни таклиф қиласиз — 3 балл;
в) гапни бошқа мавзуга буриб юборасиз - 1 балл.
7. Ноҳақлигингиз туфайли уришиб қолдингиз:
а) биринчи бўлиб у қўнғироқ қилишини кутасиз — 2 балл;
б) узингиз биринчи бўлиб ундан кечирим сўрайсиз - 3 балл;
в) ноҳақлигингизни яшириб, дугоналарингизга (дўстингизга) бўлиб ўтган воқеа ҳақида гапириб берасиз - 1 балл.
8. Севгилингиз спортга жуда қизиқади, сиз:
а) мусобақаларни бирга томоша қиласиз — 2 балл;
б) унинг қизиқишларини ижобий баҳолайснз — 3 балл;
в) баъзида унга билдирмасдан устидан кулиб қўясиз - 1 балл.
а) у билан учрашищдан воз кечасиз — 2 балл;
б) унга бошқа бир инсонни севишингизни айтасиз - 3 балл;
в) утган дамларни эслаб, у билан учрашишга рози бўласиз - 1 балл.
10. Севгилингиз узоқ сафарга кетди, сиз:
а) вақтингизни дугоналарингиз (дўстларингиз) билан ўтказишга харакат қиласиз— 2 балл;
б) кунларни бир ўзингиз ўтказасиз ва унга интернет орқали хат ёзасиз — 3 балл;
в) аввалги дўстларингизга қўнғироқ қиласиз — I балл.
Тўплаган балларингиз:
15 баллдан кам булса — уни севмайсиз, ўзингизни алдашдан фойда йўқ.
15-26 балл. Сиз уни севаман деб ўйлайсиз, лекин бунга ҳали ишонч ҳосил қилиш қийин.
28 ва ундан ортиқ балл. Сиз уни жуда севасиз ва бу борада сизга ҳавас қилиш мумкин!
Главная » Статьи » Psixologik testlar
Siz qanday kulasiz?
Siz qanday kulasiz?
Insonning kulishiga qarab ham uning fe’l atvorini bilib olish mumkin ekan. Masalan, kulayotgan odamning jimjimalog’I labiga tegib tursa, bu inson hayotda hammaning diqqat markazida turishni yoqtiradi.
Kulayotganda og’zini qo’li bilan yopib turadiganlar esa, o’z kuchlariga ishonmaydigan, chetda turishni ma’qul ko’radigan insonlardir.
Boshni orqaga tashlab kuladiganlar ishonuvchan, aqllariga emas, ko’pincha qalblariga quloq solib ish tutuvchi insonlardir.
Kulayotganda boshlarini qo’llari bilan ushlab oladiganlar hayolparast odamlar sirasiga kiradilar. Ular orzu qiladigan narsalar ko’pincha orzuligicha qolib ketaveradi. Chunki ular hayotda uchramaydigan, faqat hayollaridagina mavjud bo’ladigan narsalarni orzu qiladilar.
Burnini jiyiib kuladiganlar u yoki bu narsaga munosabatlarini tez-tez o’zgartirib turadigan, shu bilan birga ehtiroslarga beriluvchan va injiq kishilardir. Ular ko’pincha atrofdagi insonlar bilan kayfiyatlariga qarab muomala qiladilar.
Og’zini ochib, qah-qah otib qattiq kuladiganlar o’ziga ishonadiganlar toifasiga kiradilar
Kulayotganda boshini pastga qaratib sekingina kulib qo’yadiganlar ochiqko’ngil, har qanday sharoitga tez ko’nikuvchan insonlardir.
Har safar turlicha kuladigan insonlar avvalambor o’zlarining fikrini ustun qo’yib ish ko’radilar.
Главная » Статьи » Psixologik testlar
Siz kelajakda mansabdor shaxs bo'la olasizmi? (Psixologik test)
SIZ KELAJAKDA MANSABDOR SHAXS BO’LA OLASIZMI?
Savollarga faqat «xa» yoki «yo’q» deb javob bering.
1. Siz hayotda oldingizga aniq; maqsadlar qo’yib yashaysizmi?
2. Ba'zan xayotda omad kulib boqishi mumkin, deb o’ylaysizmi?
3. Mansab borasida aniq maqsadingiz bormi?
4. Bugun kelajakda manfaat beradigan qandaydir yangilik bildingizmi?
5. Sizning kasbingizda o’sish imkoniyatlari bormi?
6. Yuqori lavozimdagilar o’z mansablariga qanday erishganlarini bilasizmi?
7. O’zingiz haqingizda yaxshi taassurot qoldira olasizmi?
8. Jamoangizdagi eng xurmatli odamdan farqingiz bormi?
9. Korxonangizda lavozim bo’yicha yuqorilash tartibini bilasizmi?
10. Rahbariyat nazarida muvaffaqqiyat qilish uchun qandau ishlashni bilasizmi?
11. Tashkilotingizda hukmronlik kimning qo'lida ekanligini bilasizmi?
12. Rahbariyatga jiddiy ta'sir o'tkaza olasizmi?
13. Mansabga erishish uchun qanday sifatlaringizni rivojlantirishingiz kerakligini bilasizmi?
14. Ushbu soha va tashkilotda yuqori lavozimga erishishning o'ziga hos yo'llaridan habardormisiz?
15. Ishingiz hususiyatini, nega sizni bu ishga olishganini va bundan keyingi istiqbolingizni qanaqaligini bilasizmi?
16. Mehnat bozorida sizning kasbingiz haridorgirmi?
17. Boshlig'ingizga nima ma'qul kelishi va nima yoqmasligini bilasizmi?
18. Rahbariyatning yuqoriroq lavozimiga ko'tarilish uchun nima qilish kerakligini bilasizmi?
19. Qanday tashkilotlar sizning sohangiz tarmoqlari hisoblanadi va ular bilan qanday bog'lanish mumkinligini bilasizmi?
20. Boshlig'ingiz mutahassislik bo'yicha qanday adabiyotlarni o'qisa, siz ham shu adabiyotlarni o'qishim kerak deb hisoblaysizmi?
21. Tashkilot rahbariyati qanday kiyinishiga e'tibor berganmisiz?
22. Rahbariyat hizmatlaringizni bilishi uchun biror nima qilasizmi?
23. Bu ishda qancha vaqt ishlashni bilasizmi?
24. O'z malakangizni oshirish uchun bu haftada (bu oy, bu yilda) biror harakat qildingizmi?
25. Mansabga erishish uchun faoliyatingizning qaysi jihatlariga e'tibor berish kerakligini bilasizmi?
26. Rahbariyatning ishlab chiqarish rejalarini bilasizmi. "oqim" da bo'lish uchun nima qilish kerakliginichi?
27. Tashqi ko'rinishingiz mansabdorlarnikidekmi? Tetik va sog'lom ko'rinishda harakat qilasizmi?
28. Kim bilan aloqa o'rnatishni bilasizmi? Buni do'st va tanishlar yordamida olib borish kerak deb o'ylaysizmi?
29. Ishdagi muvaffaqqiyat (tashkilot, rahbar, sizda) kriteriylarini bilasizmi?
30. Ishingizning mazmuni to'liq va yetarli ma'lum qilinganmi?
31. Mansabga erishish uchun qanday aloqalar, klublar, jamiyatlar foyda berishini bilasizmi?
32. Kelajakda ishingiz uchun qanday bilim va malakalar lozim bo'lishini bilasizmi?
33. Siz o'tmoqchi bo'lgan ishda nimani bilish va qila olish lozimligini bilasizmi?
34. Mansabga ko'tarilish uchun kim sizga maslahat bera olishi mumkinligini bilasizmi?
35. Qanday professional uyushmalar siz uchun manfaatli ekanligini bilasizmi?
36. Nima sababdan mansabdan voz kechish kerakligini bilasizmi?
37. Qanaqa ish, boshloq, jamoa haqida orzu qilishni anglay olasizmi?
38. Yangi ish va mansabda qanday maosh sizni qoniqtirishini aniq bilasizmi?
39. O'z ish o'rningizdan samaraliroq foydalana olasizmi?
40. O'z ish o'rningizni qanday tashkil qilish kerakligini bilasizmi?
41. Ishdagi muvaffaqqiyatingizda qachon baho berish kerakligini bilasizmi?
42. Asosiy maqsadingizni qachon qayta ko'rib chiqish kerakligini bilasizmi?
43. Qanday holatlarga yo'l qo'yganingiz va nimalarni o'rganganingizni bilasizmi?
44. Yuqori martabalarga erishishingizda nima eng katta ta'sir ko'rsatishini bilasizmi?
45. O'z maqsadlaringizga erishish uchun yetarli kuch sarflayapman, deb o'ylaysizmi?
"Ha" javobi 90% dan ortiq-a'lo natija. Siz 90% dan ko'p savolga javobni bilasiz. Yuqori mansabga erishish uchun sizda barcha imkoniyatlar mavjud.
"Ha" javobi 80% dan 89% gacha- yaxshi, ammo yetarli bo'lmagan natija. Yuqori mansabga erishish uchun javob bera olmagan savollar haqida o'ylab ko'ring.
"Ha" javobi 60% dan 79% gacha- o'rtacha natija. Siz 80% savollarga javob bera olasiz va bu omad yo'lida to'g'anoq bo'ladigan muammolardan darak beradi.
"Ha" javobi 60% dan kam-yomon natija. Omad va mansabga erishish uchun siz juda ko'p narsani nazardan chetda qoldirgansiz.
"Ha" javobi 39% dan kam-yuqori mansabga erishish uchun imkoniyatingiz yo'q hisobi.