Siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi


"O’zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida televideniya va radioning rolini oshirish chоra-tadbirlari to’g’risida"



Download 48,36 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2022
Hajmi48,36 Kb.
#680098
1   2   3
Bog'liq
Siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va ommaviy axbor

"O’zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida televideniya va radioning rolini oshirish chоra-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga ko’ra O’zbekiston davlat televideniya va radioeshittirish qo’mitasi O’zbekiston teleradiokompaniyasiga aylantirildi va uning joylarda hududiy bo’linmalari tuzildi.
Вu tadbir o’zteleradiokompaniyasining aholi va jamiyatning xolisona, haqqoniy axborotlarga ehtiyojini o’rganish, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va o’zgarishlar to’g’risida aholini, chet еl jamoatchiligini keng xabardor qilish sohasidagi faoliyatini demokratlashtirish va rivojlantirishga salmoqli turtki berdi.
Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot vositalarining soni ko’paydi, sifati yaxshilandi. 1990- yilda 376 nomda gazeta vа jurnallar chop etilgan bo’lsa, 2006- yilda 680 nomda gazeta, 200 nomda jurnal chop etildi, 4 ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot, 57 ta teleradiokompaniya va uning hududiy bo’linmalari, studiyalar, 100 dan ortiq elektron axborot vositalari faoliyat ko’rsatdi.
Kо’р millatli O’zbekiston Respublikasida gazetalar, jurnallar, teleradioeshittirishlar 12 tilda - o’zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tillarda chop etiladi, eshittiriladi. 6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o’zbek tili bilan birga ingliz, arab, turk, urdu, forsiy, hind tillaridan foydalaniladi.
Ommaviy axborot vositalari, ularning muassislari, mazmuni va yo’nalishiga qarab bir necha guruhlarga bo’linadi. Bular, davlat tomonidan nashr etiladigan; siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari, tijorat vа xususiy gazeta va jurnallardir. Shuningdek, diniy tashkilotlarning gazeta va jurnallari, adabiy-badiiy, ixtisoslikka yo’naltirilgan ijti­moiy-siyosiy, iqtisodiy, mа’nаyiy-mаdаniy nashrlar mavjud.
1996- yilda respublikamiz AQSHda joylashgan kompyuter tizimi "Internet" bilаn bog’landi va jahon yangiliklarini qabul qilib olish vа axborotlar uzatish yo’lga qo’yildi. Birgina 2003- yil da Internetdan foydalanuvchilar soni qariyb ikki baravar ko’paydi va mamlakatimizning yarim milliondan ortiq aholisi axborot xizmatining muhim turi hisoblanayotgan Internetdan foydalandi.
Shahar va tuman markazlarida Internet klublar, Internet kafelar soni, milliy axborot segmenti yildan- yil ga ko’payib bormoqda. 2004- yil aprel oyida "uz" hududida ro’yxatga olingan WEB saytlar soni 2600 taga yetdi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining
-WEB sayti (WWW.press-sеrvisе.uz) Internet tarmog’ida mashhur bo’lib ketdi. Undan mamlakatimiz aholisi, shuningdek jahondagi 80 dan ortiq mamlakat fuqarolari foydalanmoqdalar. Ommnaviy axborot vositalarini "To’rtinchi hokimiyat" ham deyishadi. Negaki, u jamiyatning turli sohalari faoliyatini tahlil etadi, nazorat qiladi, boshqaruv organlaridagi kamchiliklar va xatolarga ommaning, hokimiyat tarmoqlarining e’tiborini jalb qiladi, mamlakat rahbariyatiga ichki va tashqi siyosat sohasida to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun zamin tayyorlaydi.
Аyni paytda, davlat hokimiyati ham ommaviy axborot vositalaridan o’z siyosatini keng ommaga yetkazish, uni bunyodkorlik faoliya­tiga safarbar qilishda foydalanmoqda.


Download 48,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish