Siyosatshunoslikka


 Siyosiy hokimiyat shakllari va legitimligi



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

3. Siyosiy hokimiyat shakllari va legitimligi
Siyosiy hokimiyat turli ko‘rinishlarda mavjud bo‘ladi va faoliyat 
ko‘rsatadi: davlat hokimiyati, partiya hokimiyati, mintaqaviy hokimi­
yat va hokazo. Ulaming eng rivojlangani davlat hokimiyatidir.
Davlat hokimiyati-hokimiyatning ko‘proq sinfiy tabiatga ega 
bo‘lgan, maxsus majburlash apparatiga suyanadigan va hamma 
uchun majburiy qonunlar chiqarishda hamda boshqa normativ huj- 
jatlami tasdiqlashda monopoliyaga ega bo‘lgan shakli.
Siyosiy hokimiyatning maqsadi jamiyat va davlat hayotini tartib­
ga solish hamda boshqarishdir. Biroq siyosiy hokimiyat tomonidan 
amalga oshiriladigan tartibga solish va boshqarish fuqarolar erkin- 
ligini, qonun ustuvorligini ham ta’minlashi zamr. Hokimiyatlar
113


bo‘linishi tamoyilini nazariy jihatdan asoslab bergan mutafakkirlar 
Djon Lokk va Shari Lui Monteskyolar qayd etganidek, buning uchun 
davlat hokimiyati-1 .qonun chiqaruvchi; 2. ijro etuvchi; 3.sud hokimi- 
yatiga bo‘linishi kerak.
Ilmiy manbalarda bu hokimiyatlar quyidagicha tavsiflanadi. Qo­
nun chiqaruvchi hokimiyat asosan jamiyat hayoti uchun zarur bo‘lgan 
qonun ijodkorligi bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, qonunlami qabul 
qiladi va zarur bo‘lganda ayrim qonunlami bekor qilish jarayonlarini 
amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatning asosiy instituti 
bu-parlamentdir. Parlament turli mamlakatlarda har xil nom bilan 
yuritiladi. Masalan, Rossiyada-Federal Majlis, O ‘zbekistonda-Oliy 
Majlis, AQSHda-Kongress, Germaniyada-Bundestag, Polshada- 
Seym deb ataladi. Parlament instituti, odatda, bir palatali va ikki pala- 
tali bo‘ladi.
Ijro etuvchi hokimiyat mamlakat qonunlarini hayotga tatbiq qilish, 
jamiyatda ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlami boshqarish vazifala- 
rini amalga oshiradi. Ijro etuvchi hokimiyatning funksiyalari niho­
yatda xilma-xil bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy nazorat qilish, koordinatsiya 
qilish, madaniy-tarbiyaviy ishlami amalga oshirish, ichki tartibot va 
barqarorlikni saqlash, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash kabi vazifalami 
o ‘z ichiga oladi. Ijro etuvchi hokimiyatning asosiy instituti - bu huku- 
matdir. Turli mamlakatlarda hukumat turlicha shakllantiriladi. Masa­
lan, prezidentlik boshqamviga asoslangan davlatlarda hukumat dav­
lat boshlig‘i tomonidan tashkil qilinadi, parlamentar boshqaruviga 
asoslangan davlatlarda esa hukumat saylov natajalaridan kelib chiqib 
qonun chiqamvchi hokimiyat tomonidan shakllantiriladi.
Sud hokimiyati jamiyatda mamlakat miqyosida qabul qilingan qo- 
nunlaming yuridik va jismoniy shaxslar, davlat organlari va muassa- 
salar, alohida fuqarolar tomonidan to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilish 
vazifalarini amalga oshiradi.
Ilmiy manbalarda keltirilishicha, siyosiy hokimiyatning legi- 
timligi masalasi XIX asrda Fransiyada vujudga kelgan. Siyosiy ho­
kimiyatning hukmronligi fuqarolar tomonidan turlicha baholanishi 
mumkin. Aholining hokimiyatga ijobiy baho berishi, uning qonun-
114


ga muvofiqligini, boshqarish huquqini tan olishi va ixtiyoriy tarzda 
bo‘ysunishga roziligi hokimiyatning legitimligini bildiradi.
«Legitimlik» atamasi (lot. leg, legitimus - «qonun») «qonuniylik», 
«qonunlashtirilganlik» ko‘rinishida tarjima qilingan. Bunday tarjima 
unchalik aniq emas. Chunki bunday tarjima ko‘proq «legallik» ata­
masi mazmuniga mos keladi. Shuning uchun legitimlik va legallik aynan 
bir xil tushunchalar emas. Legallik hokimiyatning huquqiy asoslanishi- 
ni, uning huquqiy m e’yorlarga mos kelishini, qonunga mos ravishda 
faoliyat ko‘rsatishini anglatadi. Shu m a’noda legallik nolegitim ho- 
kimiyatlarga ham xosdir. Legitimlik esa - bu ishonch, hokimiyatni 
oqlash va qo‘llab-quvvatlashdir. Fuqarolar tomonidan bunday tan 
olinishga hamma siyosiy hokimiyatlar ham erisha olmaydi.
Hokimiyatning legitimligi o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra xilma- 
x i 1 turlarga bo ‘ linadi.
Hokimiyat legitimligining uchta mumtoz turini (M.Veber) ajratib 
ko‘rsatish mumkin. Bu turlar quyidagilardan iborat:
1) A n’anaviy legitimlik. U azaldan o ‘matilgan tartiblarning 
buzilmasligi va muqaddasligiga bo‘lgan ishonchga, hokimiyatga 
bo'ysunish urf-odatlariga binoan qaror topadi. Uning negizini siyosiy 
an’analarga, urf-odatlarga ishonch tashkil etadi. Boshqacha aytganda, 
hukmronlikning oila darajasidagi ko‘rinishi bo‘lib jamiyat miqyosida 
amal qiladi. U urf-odatlar, qadriyatlar, qoidalaming muqaddasligiga 
ishonishga, asrlar davomida hayotni, odamlaming xatti-harakatini 
tartibga solib turgan, hokimiyatning amal qilishi patriarxal asoslar 
va diniy odatlar orqali muqaddaslashtirilganligiga asoslanadi. Misol 
sifatida an’anaviy hokimiyatga Qadimgi Sharq jamiyatlarini (Misr, 
Hron, Xitoy) o‘rta asr Yevropasi, hozirga davrda Saudiya Arabistoni, 
Uaxreyn, Quvayt, Omon va boshqalami keltirish mumkin.
2). Xarizmatik legitimlik (yunoncha «xarizma»-xudo tomoni­
dan in’om etilgan ilohiy qobiliyat). Bu legitimlik rahbaming haddan 
tashqari ilohiy qobiliyatiga, favqulodda iste’dodiga, ya’ni xarizmasi- 
ga ishonishga asoslanadi. Uning negizini tarixiy an’analar emas, bal­
ki shaxsga xalqning cheksiz ishonchi tashkil etadi. Omma yetakchni 
duhiy deb biladi. Omma va yetakchi o ‘rtasidagi intensiv his tuyg‘uga
115


asoslangan aloqa o ‘matiladi. Xarizmatik yetakchi hokimiyati kunda- 
lik holatdagi urf-odatlar bilan aloqani uzadi. Yetakchi o‘zining «tarixiy 
vazifasi» borligini, shuning uchun unga shartsiz bo‘ysunishi lozim- 
ligini uqtiradi. Xarizmatik yetakchi m o’jizaviy jasoratlar ko‘rsatib, 
o ‘zining buyukligini doimo isbotlab borishi kerak. Muvaffaqiyatsiz- 
lik, uning takrorlanishi xarizmatik yetakchiga ishonchni yo‘qotadi. 
Shuning uchun xarazmatik hokimiyat nisbatan beqarordir.
3). Ratsional-oshkora legitimlik - legitimlikning mustaqil turidir. 
U legitimlikning an’anaviy, xarizmatik turlaridan farq qiladi. Ratsion­
al-oshkora legitimlik fuqarolaming alohida shaxslarga emas, balki 
davlat tuzilmalariga bo‘lgan ishonchiga asoslanadi. Uning manbaini 
oqilona anglangan manfaat tashkil etadi. Bu manfaat kishilardan 
umumjahon tomonidan e ’tirof etilgan qoidalar bo‘yicha shakllangan 
hukumat qarorlariga ixtiyoriy buysunish hissini uyg‘otadi.
Bundan tashqari, ingliz tadqiqotchisi D.Xeld yuqoridagi uch xil 
letimliklar qatorida “kuch ishlatish xavfi ostidagi rozilik”ka asoslan­
gan hokimiyatni qo‘llab-quvvatlash hodisasi mavjud ekanligiga ham 
e’tibor qaratadi. Bunda aholi o‘z atrofida o‘zining xavfsizligiga tah- 
did solishi mumkin bo‘lgan, lekin hali bu kabi tahdid sodir bo‘lmagan 
holatda hokimiyatga xayrixoh boTmasa ham, unga amal qilishni 
qo ‘ llab-quv vatlaydi.
Hokimiyatni pragmatik (vositaviy) qo‘llab-quvvatlash legitim- 
ligi-ham mavjud bo‘lib, unda aholi hokimiyatni turli ijtimoiy boy- 
liklami olishga doir va’dalar berishi natijasida qo‘llab-quvvatlashga 
rozilik bildiradi.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish