Siyosatshunoslikka



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

Fransiya 
O‘zbekistonning Yevropadagi muhim hamkorlaridan biri 
hisoblanadi. Ikki tomonlama aloqalami rivojlantirishda 2013-yil mart 
oyida amalga oshirilgan Fransiya Tashqi ishlar vaziri L.Fabiusning 
0 ‘zbekistonga tashrifi hamda 2014-yil noyabrda o‘tkazilgan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Kamilovning Fran- 
siyaga tashrifi muhim ahamiyat kasb etdi. Fransiya 0 ‘zbekistonning 
Yevropadagi muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. 2014-yil 
yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama savdo aylanmasining hajmi 287,5 
mln. AQSH doll, tashkil etdi.
Yaponiya 
0 ‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil 28-dekabrida tan 
oldi. 1992-yil 26-yanvarda diplomatik munosabatlar o‘matildi. Bu- 
gungi kunga qadar 0 ‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
304


I.A.Karimov Yaponiyaga 3 marotaba tashrif buyurgan (1994-, 2002- 
va 2011-yillarda). 2006-yilning avgustida Yaponiya sobiq Bosh vaziri 
Junichiro Koidzumi 0 ‘zbekistonga keldi.
0 ‘zbekistonda yapon sarmoyasi ishtirokidagi 10 ta qo‘shma kor- 
xona mavjud bo‘lib, shundan bittasi 100 foiz yapon sarmoyasi 
ishtirokida tuzilgan. 11 ta yapon kompaniyalarining vakolatxonalari 
akkreditatsiyaga ega.
0 ‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi rivojlanib 
bormoqda. 2014-yil natijasiga ko‘ra, o‘zaro tovar aylanmasi 189,5 
million AQSH dollariga teng bo‘ldi.
Xitoy Xalq Respublikasi 
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqilli- 
gini 1991-yil 27-dekabrda tan olgan. 1992-yil 2-yanvarda diplomatik 
munosabatlar o‘matilgan.
Ikki tomonlama hamkorlik munosabatlaming barcha jabhalarini 
qamrab olgan bo‘lib, do‘stona va o‘zaro manfaatdorlik ruhida olib bo- 
rilmoqda. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida o ‘rnatilgan o ‘zaro ishonchli 
aloqalar hamkorlikning asosini tashkil etadi. 0 ‘zbekiston va Xitoy 
o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni olib borishda tomonlaming 
terrorizm, ekstremizm, separatiz m, narkotrafik, noqonuniy qurol 
savdosi va xavfsizlikning boshqa tahdidlari bo‘yicha qarashlarning 
mushtarakligi va yaqingligi muhim o ‘rin egallaydi.
Doimiy tarzda ikki davlat rahbarlarining tashriflari va uchrashuv- 
lari o‘tkazilib kelinmoqda. 1992-, 1994-, 1999-, 2005-, 2011-,
2012- va 2014-yillari 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov Xitoyga tashrif qilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Pre­
zidenti 2001- v a 2006-yillarda Shanxay shahriga hamda 2012-yil 
Pekin shahriga ShHT sammitlarida ishtirok etish uchun, shuningdek, 
2008-yil Pekin shaharlariga 29-yozgi Olimpiya o ‘yinlari ochilish ma- 
rosimida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.
2014-yilning may oyida 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezi­
denti I.A.Karimov Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha 
Kengashning Shanxay shahrida o ‘tkazilgan IV sammiti yig‘ilishidagi 
ishtiroki davomida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan 
ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
305


Javob tashriflari sifatida Xitoy Xalq Respublikasi raislaridan Szy- 
an Szemin (1996-yil), Xu Szintao (2004-yil, 2010-yil), Si Szinpin 
(2013, 2016-yil). 0 ‘zbekistonga tashrif buyurishgan.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
davlat 
statistika 
qo‘mitasining 
ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yil yakunlariga bo‘yicha ikki tomonlama 
tovar ayirboshlash $4,75 mlrd. yetgan bo‘lsa, shundan $2,36 mlrd. 
eksportni va $2,39 mlrd.ni import tashkil etgan.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil
11-13-may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida 
bo‘ldi.
Ikki davlat rahbarlari iliq va do‘stona muhitda muzokaralar 
o ‘tkazdilar, diplomatik munosabatlar o ‘matilganidan so‘ng o‘tgan 
25-yil mobaynida 0 ‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respub­
likasi (keyingi o‘rinlarda-«Tomonlar») o‘rtasida hamkorlikda erishil- 
gan muhim yutuqlarga yuqori baho berdilar, ikki tomonlama munosa­
batlar hamda bir-birlarini qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar 
bo‘yicha atroflicha fikr almashdilar, ular yuzasidan keng konsensusga 
erishdilar.
Tomonlar 0 ‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respub­
likasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida 2013-yil 9-sentabrda 
imzolangan Shartnoma va 0 ‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq 
Respublikasi o‘rtasida 2016-yil 22-iyunda imzolangan Qo‘shma bayo- 
notga, shuningdek, boshqa ikki tomonlama shartnoma va bitimlarga, 
siyosiy ishonch va o ‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga, 
umumiy taraqqiyot, yuksalish va milliy tiklanishga erishish uchun 
birgalikda izchil sa’y-harakat qilishga yana bir bor o ‘zaro sodiqlikla- 
rini e ’tirof etdilar.
Xitoy tomoni 0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishil- 
gandan so‘ng o‘tgan 26 yil mobaynida rivojlanishdagi ulkan muvaf- 
faqiyatlarini yuqori baholaydi, 0 ‘zbekistonning o‘z ichki shart-sha- 
roitlariga binoan mustaqil tanlagan taraqqiyot yo‘lini qat’iy qo‘llab- 
quvvatlaydi, shuningdek, 0 ‘zbekiston hukumati tomonidan ichki 
barqarorlikni ta’minlash va turg‘un ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni
306


ilgari surish uchun olib borilayotgan barcha sa’y-harakatlami qat’iy 
qo ‘ llab-quvvatlaydi.
0 ‘zbekiston tomoni «yagona Xitoy» siyosati olib borilishini qat’iy 
qo‘llab-quvvatlaydi, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati butun Xitoy- 
ni ifodalovchi yagona qonuniy hukumatligini, Tayvan va Tibet esa 
Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini yana bir bor bayon qiladi. 
0 ‘zbekiston tomoni har qanday shakldagi «Tayvan mustaqilligi»ga 
qarshi chiqadi, Tayvan bo‘g‘ozi ikki tomoni o‘rtasidagi munosabat- 
laming tinch rivojlanishi hamda mamlakatni tinch yo‘l bilan birlashti- 
rish maqsadida Xitoy hukumati tomonidan olib borilayotgan barcha 
sa ’y-harakatlami qo ‘ llab-quvvatlaydi.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish