Siyosatshunoslikka



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

Neoliberalizm. 
Adam Smitning haqiqiy, klassik liberalizmiga 
nima bo‘ldi? XIX asming so‘nggida ma’lum bo‘ldiki, erkin bozor
A.Smit o ‘ylaganchalik o‘zini-o‘zi nazorat qila olmas ekan. Raqobatni 
mukammal deb bo‘lmas, A.Smit ogohlantirganidek, ishlab chiqaruv- 
chilar bozomi to‘ldirib tashlashar, monopoliyalar ko‘payib borar 
edi. Tizim kambag'al quyi sinfni kengaytirib yubordi. Sinfiy man- 
sublik meros bo‘lib qolar, boy oilalar farzandlari ta’lim olib, tanish- 
bilishlar orttirib, hokimiyatda yuqori cho‘qqilami egallardi. Speku- 
lyativ sarmoyalar sabab iqtisodiy inqirozlar tez-tez qaytarilib turar, 
ayniqsa kambag‘al va ishchi sinflarga ko‘proq zarar qilar edi. Qisqasi, 
“laissez-faire” iqtisodiyotning bir qancha muaommali tomonlari mav­
jud edi. Ingliz faylasufi Tomas Hill Grin 1880-yillarda liberalizmni 
qayta ko‘rib chiqdi. Liberalizmning asosida erkin jamiyat yotadi. 
“Lekin iqtisodiy taraqqiyot bu erkinlikni tortib olsachi?”-deb savol 
tashlaydi o‘rtaga Grin. Klassik liberallar kelishuv (ikki tomonning 
davlat nazoratisiz shartnoma tuzishi)ga katta urg‘u beradilar. Agar 
sizga qo‘yilgan shartlar yoqmasa, shartnoma tuzmang, tamom. Le­
kin kelishayotgan tomonlar o ‘rtasida katta tafovut bo‘lsachi? Ma­
salan, boy ish beruvchi va ishga zor bo‘lgan kambag‘al o ‘rtasida. 
Kambag‘alning judayam oz maoshli ishni qabul qilishi yoki qilmasligi 
o‘rtasida “erkin tanlash huquqi” bor deb bo‘ladimi? Lekin *bu miq- 
dor qorinni to‘qlash uchun ham yetmasachi? Shunday mulohazalar 
qilib, T.H.Grin ta’kidlaydiki, bu holatda davlat jalb qilinishi kerak. 
Davlat erkinlikni buzish uchun emas, uni himoya qilish uchun arala- 
shadi. T.H.Grin buni 
ijobiy erkinlik
deb atagan. Davlatning aralashuvi 
talabga javob beradigan darajada erkin yashashni ta’minlash uchun 
bo‘lishi kerak edi.
Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar ta’sirida XX asming 30-yillarida 
liberalizm neoliberalizm ga o ‘sib o ‘tdi. Unda AQSH prezidenti 
T. Ruzveltning «Yangi yo‘li» katta o‘rin tutdi. Ruzvelt davlatning 
iqtisodiy va ijtimoiy roli masalasini qaytadan ko‘rib chiqdi.
189


Klassik liberalizm davlatni bozordan haydab chiqargan bo‘Isa, 
neoliberalizm uni qaytarib olib keldi. Neoliberalizm ish haqi va 
ish soati, kasaba uyushmalari tuzish huquqi, ishsizlik va salomatlik 
sug‘urtalari, yaxshi ta’lim imkoniyatlar uchun kurashadi. Buning 
uchun ular ishchilar sinfidan ko‘ra boylarga ko‘proq soliqlar solisha- 
di. Bundan tashqari, ular bank va moliyani tartibga solib, moliyaviy 
ko‘piklaming oldini olishga harakat qilishadi. Bu AQSHdagi so‘nggi 
asming, Vudro Vilson, Franklin Ruzvelt va Barak Obama davrining 
liberalizmi. Klassik liberalizm bilan neoliberalizmning umumiy jihati 
so‘z va matbuot erkinligida ko‘rinadi.
Neoliberallar davlatning iqtisodiy munosabatlami tartibga solishi, 
faol ijtimoiy siyosat olib borishi zarurligini tan oladilar. Ular ijtimoiy 
adolatni o‘matishni, monopoliyalaming hokimiyatini cheklashni, 
moddiy boyliklami soliq tizimi va davlatning ijtimoiy dasturlari 
orqali jamiyatning quyi qatlamlari foydasiga qayta taqsimlashni yoq- 
lab chiqadilar. Shuningdek, liberalizmda boshqamvchi va boshqari- 
luvchilaming o‘zaro kelishuvi, siyosiy jarayonda ommaning ishtirok 
etishi zarurligi, siyosiy qarorlami qabul qilish amaliyotini demokrat- 
lashtirish muhim xarakterli xususiyatdir.
Umuman, liberalizm g‘arb demokratiyasining g‘oyaviy asosi, 
AQSHda esa AQSH demokratik partiyasining g‘oyaviy-nazariy 
mafkurasidir.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish