Siyosatshunoslikka


within International Community // http://www.mpil.de/files/pdf3/mpunyb



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

within International Community // http://www.mpil.de/files/pdf3/mpunyb_
minnerop_7.pdf
36 Text o f President Bush’s 2002 State o f the Union Address // https://www.
washingtonpost.com/wp-srv/onpolitics/transcripts/souO 12902.htm - Jan. 29,
2002
128


Boshqaruv shakli - muayyan davlatda hokimiyatni uyushtirish 
usulining majmuidir. Boshqaruv shakli quyidagilami anglash imkoni- 
yatini beradi:
• 
Davlat oliy organlarining vujudga kelishi va ulaming tuz- 
ilishi;
• 
Davlatning oliy va boshqa organlari o‘rtasidagi o ‘zaro mu­
nosabatlaming qurilishi;
• 
Oliy davlat hokimiyati va mamlakat aholisi o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlaming qurilishi;
• 
Oliy davlat organlari tomonidan fuqarolar huquq va erkin- 
liklarining ta’minlanish darajasi.
Davlat boshqaruv shakli monarxiya (mutlaq, konstitutsion, teokxa- 
tik, dualistik) va respublikaga bo‘linadi.
Monarxiya-bu shunday boshqamv shakliki, unda oliy hokimiyat 
yakka bir shaxs tomonidan amalga oshiriladi va, odatda, meros bo‘lib 
o ‘tadi.
Cheklangan monarxiya (yoki konstitutsiyaviy monarxiya)- 
boshqamvning shunday shakliki, unda monarxning hokimiyati va­
killik organlari tomonidan sezilarli darajada cheklanadi. Odatda, bu 
cheklash parlament tomonidan tasdiqlangan konstitutsiya bilan bel- 
gilanadi. Monarx esa konstitutsiyani o‘zgartirish huquqiga ega emas.
Hozirda mavjud ko‘p davlatlar respublika bo‘lsada, bu shakl yax­
shi yoki demokratik degani emas. Davlat rahbari sifatida Britaniya, 
Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Ispaniya, Gollandiyada qirollik oilasi 
ramziy boshqaruvni olib borsada, bu mamlakatlar maqomi va aholisi 
farovonligi yuqori.
Konstitutsiyaviy monarxiyaning shakllaridan biri sifatida dualistik 
monarxiya maydonga chiqadi. Dualistik monarxiyaning asosiy bel- 
gilari-ikkiyoqlama xarakter kasb etadi; yuridik jihatdan hokimiyat 
haqiqatda monarx tomonidan shakllantirilgan hukumat va parlament 
o ‘rtasida bo‘linadi; hukumat parlamentdagi partiya tarkibiga bog‘liq 
bo‘lmagan holda shakllantiriladi va uning oldida hisob bermaydi; 
monarx asosan feodallaming manfaatlarini ifodalaydi, parlament esa 
burjuaziya va aholining boshqa qatlamlarini himoya qiladi. Boshqaruv-
129


ning bunday shakli kayzer Germaniyasida mavjud edi (1871-1918), 
hozirda esa Marokashda amal qilayapti.
Bir qator davlatlarda monarx mamlakatning nafaqat dunyoviy, 
balki diniy hayotiga ham boshchilik qiladi. Bunday monarxiyalar 
teokratik monarxiyalar deb ataladi. Boshqaruvning bunday shakli 
Saudiya Arabistoni va Vatikanda amal qiladi.
Respublika - lotincha “jamoa ishi” so‘zdan olingan bo‘lib, dav­
lat hokimiyatini aholi muayyan muddatga saylab qo‘yadigan idoralar 
amalga oshiradi.
130


Respublika boshqaruvi shakliga quyidagi belgilar xos :
- oliy hokimiyat saylanuvchi organlar tomonidan amalga 
oshiriladi;
- hokimiyatning manbai xalq hisoblanadi;
- oliy hokimiyat organlarining vakolatlari muddat bilan chega- 
ralangan bo‘ladi;
- turli shakllarda demokratiya institutlaridan foydalaniladi;
- davlat boshlig‘ining va boshqa mansabdor shaxslaming yuridik 
hamda siyosiy javobgarligi mavjud bo‘ladi.
Respublika uch hil ko‘rinishda bo‘ladi: parlamentar, prezidentlik 
va aralash.
Boshqaruvning prezidentlik respublikasi shaklidagi davlatlarda 
esa respublika prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i 
hisoblanadi. U davlat organlari tizimida markaziy o‘rinni egallaydi. 
Prezident bevosita xalq tomonidan yoki oliy xalq vakillaridan iborat 
parlament tomonidan saylab qo‘yiladigan davlatlarda davlat boshlig‘i 
xalqdan vakolat olgan organ sifatida davlat boshqaruvida keng 
vakolatlarga ega b o ‘lib, amalda davlat hokimiyati organlari 
tizim ida birlamchi organ, m amlakatning siyosiy namoyandasi 
hisoblanadi.
Prezidentlik respublikasi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
- prezidentda ham davlat boshlig‘i, ham hukumat rahbari vakolat­
lari birlashgan bo‘ladi;
- prezident saylovlari umumiy, to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri bo‘ladi, bu bilan 
prezident mandatni bevosita xalqdan oladi;
- prezident katta vakolatlarga ega bo‘ladi, u hukumatni mustaqil 
ravishda shakllantiradi, mazkur hukumat prezident oldida javobgar 
bo‘ladi.
Parlamentar respublikaning asosiy o‘ziga xos xususiyati shundaki, 
hukumat parlamentda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi partiya deputatlari 
orasidan parlament tomonidan shakllantiriladi. Hukumat prezident 
oldida emas, balki parlament oldida mas’ul bo‘ladi. Bunday respub- 
likalaming boshqa xususiyatlariga yana quyidagilami kiritish mum­
kin:
131


- oliy hokimiyat parlamentga tegishli bo‘ladi;
- prezident umumxalq tomonidan saylanmay, parlament tomoni­
dan yoki parlament tashkil qiladigan maxsus kollegiya tomonidan 
saylanadigan davlatlarda prezident to‘g ‘ridan-to‘g‘ri xalqdan, man­
dat olmay, vakolatni parlamentdan oladi. Bu ham parlamentning bir- 
lamchi hokimiyat organi ekani, legitimlik parlamentda bo‘lishidan 
dalolat beradi;
- hukumat faqat parlament yo‘li bilan shakllantiriladi, bunda hu­
kumat boshlig‘i prezident emas, balki yetakchi partiya yoki partiyalar 
koalisiyasi yetakchisi bo‘ladi;
- parlament tomonidan hukumatga ishonchsizlik votumi bildirili- 
shi hukumat parlament ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlashidan mahrum 
bo‘lganligi hamda iste’foga chiqishi kerakligini anglatadi.
Parlamentar respublikalar kuchli qonun chiqaruvchi hokimiyat 
va unga ijro etuvchi hokimiyatning bo‘ysunishi bilan tavsiflanadi. 
Qoida tariqasida, parlamentar davlatlarda prezident qonunlarga veto 
qo‘yish, referendum o‘tkazish, favqulodda holat joriy etish huquqla- 
riga ega bo‘lmaydi. Ayrimlarida bunday huquqni prezident faqat hu­
kumat taklif kiritgandagina tasdiqlab berishdan nariga o‘tolmaydi. 
Hozir Finlyandiya, Germaniya, Italiya, Vengriya, Hindiston kabi dav­
latlar parlamentar respublikalar hisoblanadi37.
Respublika boshqaruvining aralash shakli ham mavjud. Bu shakl 
ikki xil modelga ega. Birinchi tipga boshqaruvning shunday shakli 
kiradiki, unda parlament modeliga ko‘ra prezident sezilarli darajada 
muhim rol o‘ynaydi (hozirgi Fransiya Respublikasi). Bunday tizimlar- 
da Prezident ochiq saylovlarda saylanadi, u hukumatni shakllantirish 
va asosiy lavozimlarga tayinlashda muhim ta’sir ko‘rsatadi. Hukumat 
prezidentga bo‘ysunibgina qolmay, parlament oldida hisob ham be­
radi, ba’zi hollarda u parlament bilan almashtirilishi ham mumkin. 
Konstitutsiyaviy boshqarish bilan bir qatorda partiya tizimlari tu- 
zilmasi va parlamentdagi ko‘pchilikning haqiqiy munosabati muhim 
rol o ‘ynaydi. Fransiya Prezidenti parlamentda ko‘pchilik ovozga ega 
bo‘lsagina, o ‘z pozitsiyalarini mustahkam saqlab qolishi mumkin.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish