Partiyaning bosh shiori - «Biz kelajak uchun javobgarmiz!»
1.5. Partiya O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq tashkil etilgan.
1.6. Partiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, boshqa qonun hujjatlari hamda Partiya Dasturi va ushbu Ustavga muvofiq amalga oshiradi.
1.7. Partiyaning faoliyati Vatanga, atrof muhit va fuqarolar salomatligini muhofaza qilish va mamlakatning tabiiy resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ishlarida fidokorona xizmat qilish, Partiyaga kirish va Partiyadan chiqishning ixtiyoriyligi, partiyaviy intizom, o‘zini o‘zi boshqarish, rahbar organlarining saylanishi, o‘z a’zolarining teng huquqliligi, qonuniylik, ochiqlik va oshkoralik printsiplari asosida amalga oshiriladi.
1.8. Partiya o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha, Partiya a’zolari esa Partiyaning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
1.9. Partiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytidan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining muhri, tamg‘asi, blanki, O‘zbekiston banklarida hisob raqamiga, mol-mulkka, mulkiy va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘ladi.
1.10. Partiya O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatga olingan o‘zining ramzlari sifatida emblema, bayroq va vimpellariga ega bo‘lishi mumkin.
1.11. Partiya faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida amalga oshiradi.
1.12. Partiyaning to‘liq rasmiy nomi:
o‘zbek tilida: «O‘zbekiston Ekologik partiyasi»;
rus tilida: «Ekologicheskaya partiya Uzbekistana».
ingliz tilida: «Ecological Party of Uzbekistan».
1.13. Partiyaning doimiy faoliyat yurituvchi rahbar organi joylashgan manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 59-uy.
1.14. Partiya faoliyatining muddati cheklanmagan.
Maqsad va vazifalari
2.1. Partiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
2.1.1. Mamlakatning barqaror rivojlanishiga, ekologik xavfsizligiga erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun qulay atrof muhitni yaratish hamda tabiiy resurslarni saqlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash.
2.1.2. Atrof-muhit muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo‘lishiga erishishga ko‘maklashish.
2.2. O‘z maqsadlariga erishish uchun Partiya quyidagi vazifalarni hal etadi:
mamlakatda atrof muhit holatini yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarni kompleks hal etishga yo‘naltirilgan dastur va harakatlar strategiyasini shakllantirish va ilgari surish;
atrof muhitni muhofaza qilish, aholining sog‘lig‘ini saqlash va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;
O‘zbekistoning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda ekologiya sohasidagi xalqaro konventsiya, shartnoma va kelishuvlarga qo‘shilish;
Partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlaridagi partiya guruhlari va deputatlari orqali siyosiy tashabbuslarni ilgari surish;
mamlakatning ekologik siyosatini amalga oshirishda jamiyatning barcha kuchlarini safarbar etish;
ekologiya va sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilikni ijrosini ta’minlashda davlat organlari, biznes va jamoat tuzilmalarining mas’uliyatini oshirish;
Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, Orolbo‘yi hududida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik holatni yaxshilash, boshqa ekologik noqulay hududlarda atrof muhitni sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini saqlash, ekologik muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan innavatsion g‘oya va texnologiyalarni, dastur va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
mamlakatda «yashil iqtisodiyot»ga o‘tishga, qayta tiklanuvchi va boshqa muqobil energiya manbalarini, ekologik toza, chiqitsiz (kam chiqitli) texnologiyalar va innovatsion yechimlarni tadbiq etish jarayonlarini faollashtirish;
suv resurslarining yetishmasligi va ifloslanishi, cho‘llanish, yerlarning tanazulli, atmosfera havosining ifloslanishi, biologik xilma-xillikning qisqarishi jarayonlarini to‘xtatish, shuningdek iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
mamlakat manfaatlarini hisobga olgan holda transchegaraviy suv oqimlarining suv resurslaridan adolatli foydalanishga yo‘naltirilgan tashabbuslarni ilgari surish va harakatlarni qo‘llab-quvvatlash;
aholining, ayniqsa qishloq joylarida toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojni yaxshilash, mavjud suv chiqarish va kanalizatsiya inshootlarini modernizatsiya qilish, suv o‘tkazish tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish;
mamlakatda ekologik tizimlarni saqlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni va ekologik turizmni rivojlantirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni qabul qilish;
uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish, aholining ekologik madaniyati darajasini yuksaltirish, ularda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish;
davlat ekologik siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, Partiyaning maqsad va vazifalari, mavjud ekologik muammolar va ularning yechimi bo‘yicha aholining xabardorlik darajasini oshirish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga va yoshlarni tabiat hamda uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashga ko‘maklashish;
atrof muhitni va aholi salomatligini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, korxonalar va muassasalar, siyosiy partiyalar, NNT, OAV, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
ekologiya va sog‘liqni saqlash sohasidagi masalalarni hal etishga xorijiy va xalqaro xamkorlarni jalb etish, xalqaro xamkorlikni rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |