Siyosatshunoslik


 ‘zbekistonda o‘tish davri siyosiy tizimining


bet86/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

3. 0 ‘zbekistonda o‘tish davri siyosiy tizimining
o‘ziga xos xususiyatlari
Jamiyatdagi ijtimoiy-sinfiy kuchlar joylashuvidagi o ‘zgarishlar 
oqibatida jamiyatning siyosiy tizimi ham o‘zgarishlarga yuz tutadi.
126


Eski siyosiy tizim o ‘miga yangi siyosiy tizimning kelishini o ‘zida 
ifodalagan siyosiy hayot davri G ‘arb siyosatshunosligida 
« k o n stitu tsiy a n in g q a y ta d a n b u tu n la y k o ‘rib c h iq ilish i, 
o ‘zgartirilishi», deb aytiladi. Davlatning konstitutsiyasi siyosiy 
hokimiyatni, uning institutlarini demokratik tarzda legitimlash 
usuli sifatida maydonga chiqadi. Yangi siyosiy tuzum ning qay 
darajada hayotiy va mustahkam bo'lishi shakllantirilayotgan 
siyosiy institutlarning jamiyat ehtiyojlariga qanchalik muvofiq 
kelishiga bevosita bog‘liq bo'ladi.
0 ‘tish davrining klassik yo'lini o ‘z boshidan kechirgan m am ­
lakatlarning (AQSH, G ‘arbiy Yevropa) aksariyat qismi o ‘z mus- 
taqilligiga to ‘la ega bo'lgan holda yangi jamiyatga o ‘tish jarayo- 
nini amalga oshirgan edilar. 0 ‘tishning inqilobiy yo‘lidan borgan 
mamlakatlarda esa (sobiq sotsialistik tizimga kirgan Sharqiy Yev- 
ropaning ayrim mamlakatlari) demokratik tamoyillarning bir 
qator kurtaklari eski tizim sharoitida shakllangan edi.
0 ‘zbekistonda, shuningdek, sovetlardan keyingi m akonda 
tashkil topgan boshqa davlatlarda ham dem okratik siyosiy 
tizimga, yangi jam iyatga o'tish bir qator xususiyatlarga ega 
ekanligini n azard an soqit qilm aslik lozim . Shuni alohida 
ta ’kidlash o ‘rinliki, 0 ‘zbekiston am alda sobiq markazga qaram 
holatdan mustaqillikka erishish bilan o ‘tish davrini boshladi. 
Totalitarizm tizimi qudratli kuch sifatida o ‘z ta ’sirini barcha 
sohalarga o ‘tkazgan, buning ustiga hali totalitarizm illatlaridan 
batam om qutula olmagan ijtimoiy ong sharoitida demokratik 
jam iyatga o 'tish n in g eng m aqbul y o ‘li sifatida o ‘tishning 
evolyutsion, ya’ni bosqichma-bosqich yo‘li tanlandi.
X o‘sh, totalitarizmdan demokratiyaga o ‘tayotgan o'tish davri 
siyosiy tizimlari oldida qanday vazifalar ko‘ndalang turadi?
0 ‘tish davrida yangi jamiyatning mexanizmlari va asoslari 
vujudga keltiriladi. Xususan, siyosiy sohada bu davrda eski davlat 
hokimiyati va boshqaruv tizimi tugatiladi, yangi jamiyatning 
huquqiy bazalari vujudga keltiriladi va shu asosda davlat hokimi­
yati ham da boshqaruv tizimi shakllantiriladi. Iqtisodiy sohada 
eski iqtisodiy tizim tugatilib, inson manfaatlariga xizmat qiluvchi, 
uning qobiliyatini yuzaga chiqaruvchi va erkin faoliyat ko‘rsatishini 
ta’minlovchi bozor munosabatlariga o ‘tishning shart-sharoitlari,
127


huquqiy asoslari yaratiladi va asta-sekin ularni real hayotga tatbiq 
etish amalga oshiriladi. M a’naviy-mafkuraviy sohada esa eski 
tuzumga xizmat qilgan, insonlar ongi va qalbiga zo'ravonlik bilan 
kiritilgan totalitar mafkura va 
dunyoqarashdan ozod bo‘linadi 
ham da yangi dem okratik jam iyatning m a’naviy-mafkuraviy 
salohiyati vujudga keltiriladi. Jam iyatda fikrlar xilma-xilligi 
tamoyilining ustuvor bolishiga erishiladi.
Mustaqillikka erishilgach, yuqorida qayd etilgan vazifalar- 
dan kelib chiqqan holda 0 ‘zbekistonda totalitar siyosiy tizimdan 
mutlaqo farq qiluvchi demokratik siyosiy tizimning shakllanish 
jarayoni boshlandi.
Prezident I. A. Karimov ta ’kidlaganidek, 0 ‘zbekistonda o'tish 
davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq 
birinchi galdagi islohot va o ‘zgarishlami o‘z ichiga olgan dastlabki 
bosqich — 1991—2000-yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayoti- 
da ulkan iz qoldirgan o ‘tish davri tom m a’noda tarixiy aham i- 
yatga ega b o ‘lgan davr bo'ldi.
2001-yildan 2007-yilgacha bo'lgan muddatni o ‘z ichiga olgan 
ikkinchi bosqich - faol demokratik yangilanishlar va m am la- 
katni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror 
rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq ti- 
zimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta ’- 
minlashda g‘oyat m uhim rol o'ynagan davr b o 'ld i1.
Yangi davlat va jamiyat qurishda: 1) iqtisodiyotning mafku- 
radan xoliligi va uning siyosatdan ustunligi; 2) eski tuzum dan 
yangi tuzumga o ‘tish davrida davlatning o ‘zi bosh islohotchi 
b o ‘lishi; 3) qonun ustuvorligi; 4) kuchli ijtimoiy siyosat; 5) 
islohotlami bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat o ‘zini 
to ‘la oqlagan besh tamoyil asos qilib olindi.
Mamlakatni isloh qilish va milliy davlatchilik poydevorini yaratish 
uchun, 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish