Siyosatshunoslik


Siyosiy tizimlar tipologiyasi


bet85/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Siyosiy tizimlar tipologiyasi.
Siyosatshunoslik fanida siyosiy 
tizimlarni turlarga b o ‘lish g'oyasi turli mamlakatlar siyosiy ti- 
zim larini qiyosiy tahlil qilish zarurati tufayli paydo bo'ldi.
122


Jamiyatning siyosiy tizimi to ‘g‘risidagi bilimlar u yoki bu m am - 
lakatdagi siyosiy barqarorlikning darajasini aniqlashning eng qulay 
vositasidir. Bu, masalan, chet el investorining biror m amlakat- 
da o ‘z m ablag'larini joylashtirish to ‘g‘risidagi qaroriga to ‘g‘ri- 
d a n -to ‘g ‘ri ta ’sir ko'rsatadi. H ozir dunyoda 180 dan ortiq 
m am lakat mavjud, ulaming siyosiy tizimlari ham turli-tum an- 
dir.
T urli jam iy atlard ag i siyosiy h ay o t shakllarining rivoj- 
langanligiga ko‘ra quyidagi siyosiy tizim lar tiplari o'zaro farq- 
lanadi:
1. Dem okratik siyosiy tizim;
2. Avtoritar siyosiy tizim;
3. Totalitar siyosiy tizim.
Xalq hokimiyatchiligi, dem okratik maqsadlar va ideallarni 
amalga oshirish uchun real istiqboli ko‘proq barqaror b o ‘lgan 
siyosiy tizim turi — demokratiyadir. D em okratik siyosiy tizim ­
ning asosiy xususiyatlari:
— fuqarolarning siyosatga keng jalb etilganligi, ular huquqlari 
va erkinliklarining kafolatlanganligi, hayot darajasining yuqoriligi, 
rivojlangan o ‘rta tabaqaning m uhim roli;
— hokimiyatni amalga oshirishda hokimiyat institutlari va 
shaxslaming keng ishtiroki, siyosiy qatnashuvning o'zaro mu- 
sobaqa, rahbarlikning esa ko'ppartiyaviylik shaklida tashkil etil­
ganligi;
— xalq xohish-irpdasining parlam ent shaklida ifoda etilishi, 
q o n u n c h iq a r u v c h i o r g a n la r n in g s a y lo v la r a s o s id a
shakllantirijganligi;
— demokratik siyosiy madaniyat;
— davlatni boshqarishda qatnashishda fuqarolar huquqlari- 
ning tengligi;
— hukm ron va muxolif siyosiy partiyalarning mavjudligi;
— partiyalarning legal kurashi sharoitida shakllanadigan 
umumdavlat vakillijc organi — parlam entning mavjudligi;
— partiyalarning saylovlardagi legal kurashi natijasiga ko£ra 
hukum atning shakllanishi.
Avtoritar tipdagi siyosiy tizim lar esa siyosiy muxolifatga yo‘l 
qo'ymaydigan, biroq shaxs va jam iyatning nosiyosiy sohalarda-
123


gi avtonomligini saqlab qoluvchi, bir shaxs yoki shaxslar guru- 
hining cheklanmagan hokimiyati sifatida ajralib turadi. Bunday 
tizimlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
— hokimiyatning bir shaxs yoki kichik bir guruh qo'lida 
to ‘planganligi;
— hokimiyatning cheklanmaganligi, fuqarolar tomonidan na- 
zorat qilina olmasligi, hokimiyat qonunlar asosida ish ko‘rishi 
mumkin, ammo bu qonunlar hokimiyat ehtiyojlariga ko‘ra qabul 
qilinadi;
— kuchga suyanish. Avtoritar tuzum xalq tom onidan quv- 
vatlanishi, repressiyalar, zo ‘rlik ishlatilmasligi mumkin. Ammo 
u yetarli kuchga ega b o ‘lib, istalgan vaqtda itoat va tartib o ‘rna- 
tish layoqatiga ega;
— hokim iyat va siyosat sohasida yakka hukm ronlikning 
o'rnatilishi, amalda muxolifat va raqobatga yo‘l qo'ymaslik. Av- 
toritarizm sharoitida bir qancha partiyalar, kasaba uyushmalari 
va boshqa jam oat tashkilotlari mavjud bo‘lishi mumkin. Lekin 
ular hokimiyat nazoratida b o ‘ladilar. Ba’zan m uxolifatning 
yo‘qligi jamiyatning bunga tayyor emasligi, ijtimoiy ehtiyojning 
yetilmaganligi bilan ham izohlanadi;
— jamiyatning siyosatdan boshqa sohalariga kam aralashish. 
Hokimiyat birinchi navbatda o ‘z xavfsizligini ta ’minlash, jam o ­
at tartibini o ‘rnatish, mudofaa, tashqi siyosat bilan shug‘ullana- 
di. Shu bilan bir qatorda u bozorning o ‘z -o ‘zini tartibga solish 
mexanizmini buzmagan holda iqtisodiy rivojlanish strategiyasi- 
ga ta ’sir etishi, kuchli ijtimoiy siyosat olib borishi ham mumkin;
— siyosiy elitaning raqobatli saylovlar jarayonida emas, 
yuqoridan tayinlash yo'li bilan shakllantirishi;
— m uxolif m atbuot, m uxolif partiyalarning taqiqlanishi, 
fuqarolar demokratik huquq va erkinliklarining tugatilganligi 
yoki cheklanganligi;
— davlat organlarida saylovning cheklanishi va parlam ent- 
ning ikkinchi darajali organga aylanib qolishi;
— hukmron partiyaning davlat apparati bilan qo‘shilib ketishi;
— avtoritar hokimiyat o'zini cheklovchi mexanizmlarga ega.
Mulkchilikning turli shakllari mavjudligi, ijtimoiy sohada
ijtimoiy bir xillikning yo‘qligi, sinf va qatlam lam ing muxolifat
124


sifatida yo‘q qilinmasligi, mafkura sohasida turli qarashlar va 
nuqtayi nazarlarning cheklangan va yashirin holda mavjud 
bo'lishi, an ’analar avtoritar siyosiy tizimning asosiy cheklovlaridir.
Totalitar turdagi siyosiy rejimlar davlatning jam iyat hayoti­
ning barcha sohalarida to 'la (total) nazorati o'rnatilganligi b i­
lan ajralib turadi yoki xarakterlanadi. Totalitar siyosiy rejimlar- 
ning asosiy xususiyatlari quyidagilardir.
— bu tu n jam iyat hayotining m afkuraga bo'ysundirilishi, 
hukm ron mafkuraga absolyut haqiqat m aqom i berilishi. M az- 
muniga ko‘ra totalitar mafkura inqilobiy bo‘lib, ishchilar sinfi 
yoki oriylar irqining ustunligi to ‘g‘risidagi ijtimoiy afsonalarga 
tayanadi (kom m unizm , fashizm, natsional-sotsializm);
— axborot manbalarining to ‘laligicha hokimiyat qo'lida to ‘pla- 
nishi. Ijtimoiy fikr yo'qotilib, aholining siyosiy madaniyati siyosiy 
axborotlardan xabardorlik bilan almashinadi. Kishilar ongida 
yarashish m um kin b o ‘lmagan dushm an obrazini yaratish ku- 
chaytiriladi, g'oyaviy muxoliflar dushm an sifatida baholanadi;
— davlat mavqeyining kuchayib, h ar qanday shaxsiy hayotni 
bartaraf etishga intilish. Totalitarizmning asl maqsadi — fuqa- 
rolik jamiyatining har qanday ko‘rinishlarini yo‘q qilishdir. Inson 
siyosatdan mutlaqo begonalashganligiga qaramay siyosat subyekti 
sifatida baholanaveradi;
— yagona hukm ron partiyaning davlat apparati bilan qo‘shi- 
lib ketishi natijasida vujudga kelgan partiya nomenklaturasining 
jamiyatni boshqarishi;
— fuqarolar huquq va erkinliklarining maksimal darajada 
kamsitilishi;
— ijtimoiy nazorat va zo'rlik apparatining kuchayishi, mar- 
kazlashgan iqtisodiyot, mulkchilikda davlat mulkining ustunligi;
— hokimiyatning barcha darajalarda nomenklaturaning yopiq 
kanallari orqali shakllantirilishi;
— hokimiyat bo‘linishi prinsipining amalda bekor qilinganligi.
Jahon siyosiy tarixida totalitar siyosiy tizim ning ko‘rinishlari
sifatida kommunizm (1918-yilda Rossiyada um um iy belgilari 
shakllangan edi), fashizm (1922-yilda Mussolini tom onidan Ita- 
liyada o ‘rnatilgan edi) va natsional-sotsializm (1933-yilda 
Germ aniyada vujudga keldi) qayd etiladi.
J25


T otalitarizm ijtim oiy tu rg ‘unlik va regressni, fuqarolar 
passivligini paydo qilishini, davlat va partiya apparatini degra- 
datsiyaga, m a’naviy aynishga olib borishini yuqorida qayd etil- 
gan mamlakatlar tarixi yaqqol isbotladi.
0 ‘tish holatidagi jamiyatlarda (totalitarizm yoki avtoritarizm- 
dan demokratiyaga yoki aksincha) o'tish davri siyosiy tizimlari 
shakllanadi. Bunday siyosiy tizimlar siyosiy institutlarning zaifligi 
bilan, oxlokratiya, ya’ni olomon hokimiyati xavfi nam oyon 
b o ‘lishi bilan, siyosiy his-tuyg‘ularning jilovlanmaganligi bilan, 
ijtimoiy guruhlarning o ‘z g‘oyaviy-siyosiy yo‘llarini yo‘qotgan- 
liklari (yo‘qotishlari) va boshqa holatlar bilan ajralib turadi.
Ayrim siyosatshunoslar siyosiy tizimlami ulardagi markazlashuv 
darajasi, hurfikrlilik, plyuralizm va siyosiy hayotning demokratlashganligi 
darajasiga ko‘ra sifatlab, quyidagi tiplaiga ajratadilar:
1. Marksistik siyosiy tizimlar (siyosiy tizimlarni bir-biriga 
keskin qaram a-qarshi qo'yadi).
2. Demokratik siyosiy tizimlar (fuqarolarning hokimiyat usti- 
dan nazoratini ta ’minlovchi mexanizm mavjud b o ‘ladi).
3. Modemizatsiyalashgan siyosiy tizimlar (rivojlangan fuqaro­
lik jamiyati, hokimiyat asoslanganligining ratsional usuli mavjud 
bo‘ladi).
4. A n’anaviy siyosiy tizimlar (siyosiy an ’analarga sodiqlik, 
hokimiyatning monarxiya shakli va h.k.).
5. 0 ‘tish davri siyosiy tizimlari (bunday tizim negizida rivoj- 
lanm agan fuqarolik jam iyati, siyosiy rollarning zaif tabaqa- 
lashtirilganligi, hokimiyatning xarizmatik usulda asoslanganli- 
gi, siyosiy institutlarning zaif rivojlanganligi yotadi).
Shunday qilib, jamiyatning siyosiy tizimini m untazam ra- 
vishda takomillashtirib borish fuqarolik jamiyatini shakllanti- 
rishning asosiy sharti b o ‘lib, murakkab va ko‘p qirrali bu mexa- 
nizm ning samarali faoliyat ko‘rsatishidan jamiyat, undagi har 
bir ijtimoiy guruh va individ manfaatdordir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish