Siyosiy ta’limot va qarashlarda yetakchi to‘g‘risidagi tasav-
vurlaraing shakllanishi va rivojlanishi.
Yetakchilikdek murakkab
va muhim ijtimoiy noyob hodisani o ‘rganish
ham da tahlil
etishning ibtidosi uzoq tarixga borib taqaladi. Qadimgi zamon
tarixchilari Gerodot, Plutarx, Konfutsiy va boshqalar o ‘z davri
yetakchilari — monarxlar, lashkarboshilarni tarix ijodkorlari deb
hisoblaganlar.
Siyosiy yetakchilik hodisasini tahlil etishda Sharqda Abu Nasr
Forobiy, N izom ulm ulk,
Amir Temur, Alisher Navoiyning
xizmatlari, G ‘arbda esa N. Makiavellining ilmiy merosi diqqat-
ga sazovordir. Ularning flkricha, siyosiy yetakchi — butun jam i
yatni jipslashtiruvchi, ijtimoiy tartiblarni
saqlab qolish va
mustahkamlash uchun har qanday vositalarni qo‘llovchi hukm-
dordir.
Sharq Uyg‘onish davrining buyuk vakili Forobiy «Davlat
arbobining hikmatlari» risolasida davlatni yetuk shaxs (m a’ri-
fatli shoh), yetuk xislatlarga ega bo‘lgan bir necha shaxslar (ari-
stokratiya) va saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida
samarali boshqarish mumkinligini, davlat boshlig‘i va davlat xiz-
matchilari boshqaruv san’atini yaxshi bilishlari shartligini qayd
etadi. Nizomulmulk esa «Siyosatnoma» («Siyar ul-muluk») asa-
rida shohning jasur, dono, tadbirkor va qat’iyatli bo‘lishi g‘oyasini
ilgari surgan. Davlatni idora qilishda amaldorlar (mas’ul xo-
dimlar) katta o‘rin tutishgan, ulami tanlash va joy-joyiga qo‘yish-
ga o ‘ziga xos talab darajasida qaralgan.
Siyosiy yetakchilik hodisasini o ‘rganishda o‘z davri va o ‘z
xalqi talab-ehtiyojlarini to £g‘ri anglagan pragmatik hukmdor —
Amir Temuming nazariy qarashlari va amaliy siyosiy faoliyati
ham diqqatni jalb etadi.
Podshohsiz raiyat va davlatsiz jamiyat bo‘lishi mumkin emas,
deb hisoblagan Alisher Navoiy jamiyat bo‘lishi
uchun davlat
bo'lishi zarurligini, turli manfaatlar kishilami bir-biridan ajrati-
shini va ayni paytda birlashtirishini, bu — jam iyat qonuni
ekanligini, shu qonunni nazorat qilish — odil podsho va bosh
qaruv tizimining vazifasi, deb uqtiradi.
Umuman, siyosiy yetakchilikning sharqona
tahlilida yetak-
chiga nasihatgo‘ylik yondashuvi ustuvorlik qiladi. Unga ko‘ra
173
davlat arbobi siyosati har qanday vaziyatda ham axloqiy tamo-
yillar: rostgo‘ylik, halollik, odamlarga xayrixohlik va hokazolarga
zid bo‘lmasligi kerak. Ta’kidlab o‘tish lozimki, yetakchini axloqiy
tamoyillarga rioya qilishga chorlovchi bunday sharqona qarashlar
hozirgi zamon demokratik jamiyatlarida siyosatning insoniyla-
shuvida, uning inson huquqlari kafolati sifatida tanilishida o ‘z
ifodasini topmoqda.
Siyosiy yetakchilikni o ‘rganishda G ‘arbda siyosiy bilimlar
rivojiga buyuk italyan gumanisti N.
Makiavelli katta hissa
qo‘shgan. Uning fikricha, siyosiy yetakchi - jamiyatni jipslash-
tiruvchi hamda ijtimoiy tartib va o‘z hukmronligini
saqlash uchun
har qanday vositalardan foydalanuvchi podshoh. Masalan, «Mil
liy davlatni qurish va mustahkamlashda davlat boshlig‘i sherdek
dovyurak, tulkidek ayyor bo'lishi, agar pirovard maqsadga foydali
bo‘lsa, o‘z va’dalarini bajarmasligi ham mumkin, chunki yuksak
natijalar xuddi shunday yo‘l tutgan knyazlarga nasib etgan»1
kabi Makiavelli tomonidan ishlab chiqilgan, ayyorlik va kuchni
mohirona birlashtirishni taqozo etuvchi g‘arbona mentalitet aks
etgan amaliy maslahatlar Kromvel, Napoleon va boshqa ko‘plab
yevropalik siyosatchilar tomonidan yuqori baholangan.
XIX asrga kelib shaxs irodasini jamiyat taraqqiyotining bel-
gilovchi kuchi, deb hisoblovchi volyuntaristik nazariyalar pay
do bo'lgan. Yetakchilik to ‘g‘risidagi bu nazariya vakillari Tomas
Karleyl (1795—1881) va Ralf Uoldo Emersonlar (1803—1882)
fikricha, odamlarning ko‘pchiligi barcha munosabatlarda yetak-
chilarning yo‘naltiruvchi ta ’sirisiz norm al hayot kechira
olmaydilar.
XIX asrning ikkinchi yarmida Fridrix Nitsshe (1844-1900)
tomonidan ishlab chiqilgan yetakchilik tamoyili o‘z davri siyo
siy fikri va amaliy siyosatiga katta ta ’sir ko‘rsatgan. Nitsshening
qarashlariga biologik turlarning evolyutsion rivojlanishi to ‘g‘ri-
sidagi Ch. Darvin nazariyasi kuchli ta ’sir ko‘rsatgan.
Shu bois,
Nitsshening nazariy qarashlarida oliy biologik tip — yetakchi-
inson, o‘ta qudratli odam shakllanishining zarurligini asoslash-
ga qaratilgan urinishni ko‘ramiz. «Insoniyatning maqsadi, —
Download
Do'stlaringiz bilan baham: