Siyosatshunoslik


Konservatizm va neokonservatizm


bet30/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Konservatizm va neokonservatizm. 
Konservatizm — lotin- 
cha «conservare» — «saqlab qolmoq»; «buzilib, yo‘qolib ke- 
tishga yo‘l qo‘ymaslik» degan so‘zlardan kelib chiqqan bo‘lib, 
uzoq vaqtlardan buyon bizning siyosiy terminologiyamizda 
salbiy ma’no kasb etuvchi so‘z, jarayon sifatida ishlatib kelin- 
gan edi.
54


Konservatizm ijtimoiy-siyosiy tafakkur ko‘rinishi sifatida 
1789—1791 -yillardagi Buyuk fransuz inqilobining natijalari va 
tajribalarining tanqidiy baholari sifatida shakllandi. Ta’limotning 
asoschisi angliyalik mutafakkir Edmund Berkdir (1729—1797). 
Shunga ko‘ra, klassik konservatizmni Angliyada vujudga kelgan 
deyish mumkin. E. Berk 1790-yil yozgan «Fransiyadagi inqilob 
to‘g‘risida o‘ylar» asarida erkinlik konsepsiyasini himoya qildi, 
hatto bunga liberallar ham tan berishdi. Biroq Berk fikricha, 
jamiyat hayotida yaxshi natijalarga inqilob orqali emas, balki 
ijtimoiy-siyosiy institutlarning evolyutsion taraqqiyoti orqali 
erishiladi.
XX asrda angliyalik faylasuf Karl Popper konservatizmning 
yirik nazariyotchisi sifatida tanildi.
Konservatizmning asosiy qadriyatlari tarix, hayot, qonun, 
tartib, intizom, ijtimoiy barqarorlik, an’analar, oila, millat, davlat, 
jamiyat, hokimiyat, iyerarxiya va dindir.
Ijtimoiy konservatizmning o‘ziga xos jihatlari quyidagilar- 
dan iborat:
— insoniyatning qadimiy axloqiy an’analarini saqlab qolish;
— qadriyatlar yoki ijtimoiy institutlarni radikal inkor qilishga 
nisbatan shubhali munosabat;
— jamiyatni o‘z ichki hayoti va juda mo‘rt tuzilishga ega 
bo‘lgan ma’naviy reallik, borliq sifatida idrok etish;
— jamiyatni yaxlit organizm sifatida tushunish va uni mashi- 
naga o‘xshab qayta qurish mumkin emasligiga ishonish.
Konservatizmning asosiy qoidasi shundan iboratki, go‘yo in­
son ongi, aqli, tafakkuri imkoniyatlari cheklanganligi bois, u 
ijtimoiy jarayonlaming mohiyat va maqsadini to'liq anglashga 
ojizdir. Ijtimoiy jarayonlar, konservatizm tarafdorlarining fik­
richa, odamlar taqdirini belgilovchi oliy ilohiy kuch (Yaratuv- 
chi) tomonidan boshqariladi. Biroq inson onggi ham Yaratuv- 
chi bilan birgalikda bu boshqaruvda ishtirok etadi. Real ijtimoiy 
jarayon esa ijtimoiy institutlar va qadriyatlarda ifodalangan tajriba 
va xatolar natijasidir. Bu real ijtimoiy jarayonlarni inson ongli 
ravishda o‘ylab topmagan va amalga oshirmagan, shu bois uni 
radikal tarzda o‘zgartirish huquqiga ham ega emas.
Shuning uchun konservatizm mafkurasining asosiy qoidala-
55


ri yanada tushunarliroq bayon etilgan quyidagi fikrga e’tibo- 
ringizni qaratmoqchimiz:
«Biz o‘z institutlarimizni doimo yaxshilashga harakat qilmo- 
g‘imiz lozim, biz ulami butunlay qayta qurishni hech qachon 
o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ymaymiz, o‘z imkoniyatimizda- 
gi yaxshilanishi lozim bo‘lganlarini biz tushunmagan narsalaming 
biri sifatida qabul qilmog‘imiz kerak. Biz doimiy ravishda o‘zimiz 
yaratmagan shu qadriyatlar va institutlar ichida hamda ulaming 
atrofida harakat qilmog‘imiz lozim»1.
Konservatorlaming nuqtayi nazaricha, davlat doimiy mav­
jud bo‘ladigan organik butunlikdir, uning ayrim qismlari paydo 
bo‘ladi, o‘z shaklini o‘zgartiradi, yo‘qoladi, lekin davlatning 
o‘zi o‘zgarmasdir.
Vorisiylik, avloddan avlodga o‘tuvchi ijtimoiy aloqalami 
yangilab borish qoidasiga tayangan konservatizm inqiloblarga 
mutlaqo salbiy qaraydi. Jumladan, tarixga, taraqqiyotga bunday 
nuqtayi nazardan qarash tarafdorlari kommunistik tuzum inqi- 
rozi bois, keyingi o‘n yilliklarda keskin oshdi. Konservatorlar 
jamiyatda asta-sekinlik bilan evolyutsion o‘zgarishlar yasash taraf- 
dorlaridir. Konservatizmni bunday talqin qiluvchilar neokon- 
servatizm vakillari hisoblanadi. Ularning siyosiy falsafasida ikki 
g‘oya mavjud:
1. Individni davlatga bo‘ysundirish.
2. Millatning ma’naviy va siyosiy birligini, yakdilligini 
ta’minlash.
Ta’kidlash joizki, neokonservatorlar iqtisodiyotda erkin bozor 
munosabatlari tarafdori bo‘lib, shu ma’noda ular liberalistlar 
bilan hamfikrdirlar. Biroq siyosiy qarorlar u yoki bu individ, 
guruh manfaatini o‘ylab emas, balki millatning mushtarak, 
umumiy manfaatlarini ko‘zlab qabul qilinmog‘i kerak, deya 
hisoblaydilar konservatorlar.
Xalqaro muammolar neokonservatizmda muhim o‘rin tut- 
riioqda. 0 ‘z davlatini dunyoning ilg‘or davlatiga aylantirish oliy 
va absolyut maqsad deya belgilanmoqda, shaxsiy va guruhiy 
manfaatlar shu maqsadga bo‘ysundirilmoqda. Ulaming fikri-

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish