Siyosatshunoslik


3. XIX-XX asr siyosiy g‘oyalaridagi asosiy yo'nalishlar


bet29/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

51


3. XIX-XX asr siyosiy g‘oyalaridagi asosiy yo'nalishlar
(liberalizm, konservatizm, sotsializm)
Liberalizm va neoliberalizm. Liberalizm — lotincha «libera- 
lis» — ozod, erkin so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, Yangi davr- 
ning birinchi tarixiy g‘oyasi sifatida vujudga kelgan. Uning paydo 
bo‘lish tarixi Yevropadagi XVII—XVIII asrlarda bo‘lib o‘tgan 
burjua inqiloblari davriga borib taqaladi, ya’ni liberalizm feodal 
tartiblar va xristian cherkovi hukumronligiga qarshi olib borilgan 
kurashlar jarayonida siyosiy ta’limot sifatida shakllangan.
Liberalizm ta’limotining asoschilari angliyalik Jon Lokk 
(1632—1704) va Adam Smit (1723—1790) hamda amerikalik 
Tomas Jefferson (1743—1826)lardir.
XIX 
asrda liberalizm Angliyada kuchli rivojlandi. Uning 
rivojiga bu yerda Mill (1806—1873), Gerbet Spenser (1820— 
1903),
keyinroq esa Djon Keyns (1883—1946)lar katta hissa 
qo‘shdilar. Bu ta’limot taraqqiyoti XX asrda «yangi liberalizm» 
konsepsiyasining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Liberalizmning ijtimoiy fikr va siyosiy oqim sifatida asosiy 
prinsiplari inson erkinligi va ozodligi bo‘lib, liberalizmning asosiy 
qadriyatidir. Uning boshqa barcha prinsiplari mana shu asosiy 
qadriyatdan kelib chiqqan va bular qatoriga quyidagilami kiritish 
lozim:
— inson o‘z erkinligiga tayanib, jamiyatda hayotiy maqsad- 
larini belgilash va faoliyat yo‘nalishini tanlash huquqiga ega;
— u o‘z faoliyatining natijalari uchun, farovonligi va ijtimoiy 
ahvoli uchun o ‘zi mas’uldir.
Liberalizm insonning individual erkinligini uning, awalo, 
siyosiy erkinligi va tabiiy huquqlari bilan uyg‘un holda tushu- 
nadi. Bunda insonning xususiy mulkka egalik qilish huquqiga 
alohida e’tibor beriladi. Demak, individual erkinlik, awalo, 
xususiy mulk egasining erkinligi bilan uzviy bog'liqlikda tushu- 
niladi.
Xullas, liberalizmning asosiy ideali teng huquq va imko- 
niyatlarga ega bo‘lgan fuqarolaming jamiyatidirki, undagi har 
bir inson, agar mehnatsevar va aqlli ekan, hayotda muvaffaqi- 
yatlarga hamda ijtimoiy tan olinishga, ya’ni hurmatga erishishi 
mumkin. Tarixda bu g‘oyaning amalga oshirilishida ibratli ish-
52


lar qilingan. XIX asming 60-yillarida AQSHning liberal-de- 
mokratik hukumati prezidenti Avraam Linkoln 21 yoshdan katta 
bo'lgan har bir amerikalik fuqaroning davlat fondidan 64 gektai 
yer olish huquqi to‘g‘risidagi hujjatni tasdiqlagan edi. Bu esa 
AQSH qishloq xo‘jaligida fermerlik rivojini ta’minlashga asosi} 
omil bo‘lib xizmat qildi.
XIX—XX asrlar davomida liberalizmda ikki oqim shakllandi:
1. Burjua-elitar oqimi — mulkdorlaming manfaat va huquq­
larini himoya qiluvchi hamda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy muno- 
sabatlarga aralashuvini rad etuvchilar. Bu oqim XIX asming 
oxirlarigacha nazariyot va amaliyotda hukmronlik qildi.
2. Demokratik yoki ijtimoiy liberalizm oqimi — XIX—XX 
asrlarda kuchli mavqeni egalladi. Uning mashhur vakillari -
M. Veber, siyosatchilar orasida esa Lloyd Djordj, V. Vilsonlar- 
lar bo'lishgan.
Amaliy siyosatda demokratik liberalizmni AQSH prezidenti 
F. D. Ruzvelt «yangi kapitalizm» shaklida 1930-yillarda Ame- 
rika hayotiga tatbiq etdi. Aynan shu model tufayli II jahor 
urushida G ‘arbiy Yevropadagi vayron bo‘lgan iqtisodiy hayol 
qayta tiklandi va liberal-demokratik turmush vujudga keltirildi.
Inson erkinligi, ozodligi prinsipiga tayangan liberalizm hoziigi 
zamonaviy demokratiyaning g‘oyalari, me’yorlarini yaratishda 
katta rol o'ynadi. Bu yerda gap barcha insonlaming qonun 
oldidagi tengligi; har bir insonning asosiy erkinliklardan (vijdon 
erkinligi, so‘z erkinligi, assotsiatsiya va partiyalar tuzish erkinligi] 
foydalanish huquqini tan olish; o‘zgacha fikrga nisbatan sabr- 
toqat; ozchilik huquqlarining tan olinishi to‘g‘risida bormoqda,
Nihoyat, zamonaviy demokratiyadagi huquqiy davlat naza­
riyasi ham liberalizm mahsulidir, ya’ni jamiyatni boshqaruvch 
barcha tizim xalqning nazorati ostida ishlamog‘i kerak.
Jamiyat iqtisodiy hayotini tashkil etishning zamonaviy prinsip- 
larini ishlab chiqishda ham liberalizm katta hissa qo‘shgan. Bi 
quyidagilarda ko‘rinadi:
— erkin individual va guruhiy tadbirkorlik;
— erkin bozor va erkin raqobat.
Hozirgi zamon liberalizmining mohiyati quyidagilardar 
iborat:
53


1. Xususiy mulk ijtimoiy tabiatga ega. Zero, uning yaratilishi 
va ko‘payishida faqat mulkdoming o‘zigina ishtirok etmaydi.
2. Xususiy mulkdorlik munosabatlarini davlat yo‘naltirish 
huquqiga ega.
3. Sanoat demokratiyasining liberal nazariyasi ishchilarning 
boshqaruvdagi ishtirokini tan olmoqda va qo‘llab-quvvatlamoqda.
4. Davlatning «tungi qorovul» ekanligi to‘g‘risidagi klassik 
liberal nazariya «farovon davlat» to‘g‘risidagi konsepsiya bilan 
almashtirildi. Ya’ni, jamiyat o‘zining har bir a’zosining kun 
kechirishi uchun zarur bo‘lgan narsalarning eng kam miqdorini 
yaratadi, davlat siyosati iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va 
ijtimoiy bo‘hronlaming oldini olishga qaratilmog‘i kerak. Chunki 
bizning asrimizda ko‘pchilik aholi yollanma ishchilardir, shuning 
uchun davlat zamonaviy iqtisodiyot sharoitida o‘z fuqarosining 
kambag‘al bo‘lib, yordamga muhtoj bo‘lib qolishidan mutlaqo 
manfaatdor emas.
5. Zamonaviy liberalizmda ijtimoiy adolat konsepsiyasi 
muhim o‘rin tutadi. Bu prinsip individning tadbirkorligi va 
qobiliyatini rag‘batlantirishni, ayni chog‘da kam ta’minlangan 
aholi guruhlari uchun ijtimoiy boylikni qayta taqsimlash zaru- 
ratini inobatga oladi.
Liberalizm siyosiy tafakkuming g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi 
sifatida tarixiy taraqqiyot davomida o‘z partiyalarini ham vu- 
judga keltirdi:
— 1828-y. AQSH demokratik partiyasi;
— 1832-y. Buyuk Britaniya liberal partiyasi;
— 1884-y. Norvegiya liberal-burjua partiyasi;
— 1922-y. Italiya liberal partiyasi;
— 1923-y. Shveytsariya liberal partiyasi;
— 1948-y. Niderlandiya liberal partiyasi bugun dunyoning 
eng obro‘li liberal partiyalaridir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish