Siyosatshunoslik


 Izoh: Bu asami N. Makiavelli Italiya qiroli Lorenso dei Medicliiga bag'ishlagan


bet25/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Izoh: Bu asami N. Makiavelli Italiya qiroli Lorenso dei Medicliiga bag'ishlagan.
Бэкон Ф. Соч.: В 2 т. Т. 1. - М., 1977. - С. 401 / / Ирхин Ю.В., Зотов В.Д.,
Зотова Л.В.. Политология. — М., 2000. - С. 71.
46


ni ilgari surgani uchun Makiavellini keskin tanqid qiladilar. 
Masalaga bugungi kun talabidan kelib chiqib emas, balki o‘sha 
davr ehtiyoji nuqtayi nazaridan turib yondashilsa, muammo 
oydinlashadi. Chunki Makiavelli Rim papasiga tobe bo'lmagan, 
kuchli, markazlashgan milliy davlat tuzish yo‘lida mamlakatni 
birlashtiruvchi, xalq saylagan islohotchi podshoning barcha vo- 
sitalardan foydalanishini m a’qullab, agar natija ko‘ngildagidek 
bo‘Isa, barcha vositalami, garchi ular noaxloqiy bo‘lsa-da, oqlash 
mumkin deb bilar edi.
Makiavelli o‘sha davr siyosiy boshqaruvida foyda hamda kuch 
asosiy mezon bo'lganligidan kelib chiqqan holda hukmdor kuchli 
armiya to ‘g‘risida qayg‘urishi kerak va qaysi tarafning armiyasi 
kuchli bo‘lsa, taqdir o‘sha tarafga kulib boqadi, degan fikmi 
olg‘a suradi. Makiavelli nazarida barcha davlat va xalqlaming 
tabiatida hokimiyatparastlik, munofiqlik, ju r’atsizlik, nonko'r- 
lik, qo‘rqoqlik, dangasalik va ikkiyuzlamachilik, hasadgo‘ylik 
va bir-birini ko'rolmaslik illatlari uchraydi. Shu bois davlat bosh- 
lig‘i inson tabiatini yaxshi bilmog‘i, bu boradagi bilimlarini davlat 
manfaatlari yo‘lida ishlata bilmog‘i kerak, deya ta ’kidlaydi.
Makiavelli davlat boshqaruvida respublika shaklini ma’qul 
ko‘radi. Omma qirolga nisbatan aqlliroq va doimiyroqdir. Xalq 
ovozi — xudo ovozidir, chunki xalq barcha m asalalarda 
hukmdoiga nisbatan odilroq mulohaza yuritadi. Respublika idora 
usuli o‘rnatilsa, davlat mustahkam va barqaror bo‘ladi, deb 
hisoblaydi.
Makiavelli «Hukmdor» asarida respublikani boshqarishning 
to ‘g‘ri va qulay shakli deb bilsa-da, awalo, «yangi hukmdop>- 
ning yakka hukmronligi o‘matilib, u Italiyani birlashtirishi, isloh 
qilishi va yuksaltirishi, so‘ng uning o ‘mini respublika yoki bosh- 
qaruvning «aralash» shakli (demokratiya, aristokratiya, monar- 
xiya elementlaridan iborat shakl) egallashi lozimligini qayd etadi. 
Shu tariqa Makiavelli davlatchilikning monarxiyadan respubli- 
kaga tomon rivojlanishini oldindan aytib o'tgan.
Ta’kidlash joizki, A. Smit erkin bozor afzalliklari to ‘g‘risi- 
dagi liberal nazariyasini yaratishidan ancha aw al Makiavelli 
individual erkinlikning butun jamiyat uchun foydaliligini uqti- 
rib o‘tgan edi. Biroq boshqaruvning respublika shakli xalqning
47


muayyan fazilatlarga, jumladan, fuqarolik sifatlariga ega bo‘li- 
shini taqozo qiladi, bunday fazilatlarga ega bo'lmagan xalqlar 
uchun esa monarxiya boshqaruvini m a’qul deb biladi.
Umuman olganda, Sohibqiron Amir Temuming «Kuch adolat- 
dadip> tamoyili aks etgan «Temur tuzuklari» Sharq mamlakatlari 
hukmdorlari uchun qanchalik zarur qo‘llanma bo‘lgan bo‘lsa, 
ko‘proq «adolat kuchdadir» degan g‘arbona mentalitet aks etgan 
Makiavellining «Hukmdor» asari 400 yildan ko‘proq davr mobay- 
nida G ‘arb mamlakatlari davlat boshliqlari diqqat-e’tiborini o‘ziga 
jalb etib kelmoqda. Shuni unutmaslik lozimki, Uyg'onish davri- 
ning bu mutafakkiri qarashlari o‘sha davr ehtiyojlari in’ikosi bo‘lib, 
hali klassik liberalizm g‘oyalari darajasiga yetmagan edi. Makia­
velli ta’limotida inson ijtimoiy hodisa, mavjudot sifatida katta 
ma’no kasb etmagan, uning manfaatlari davlat va umummanfa- 
atlarga tobe etib qo‘yilgan edi.
Fransuz mutafakkiri 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish