Siyosatshunoslik


bet102/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T


Kftdupoe А.Ц.
Жамиятни демократлаштиришда сиёсий элитанинг роли / /
Huquq—Право—Law. — 2001. — №1. — В. 23.
147


ta ’minlashning asosiy omiliga aylandi. Bu vazifani bajarishni 
izchillik bilan davom ettirish esa fuqarolik jam iyatini qurish 
imkoniyatini yaratadi.
3. Siyosiy partiyalaming kelib chiqishi, vazifalari va turlari.
Partiyaviy tizimlar
Hozirgi zamon jamiyatlarining siyosiy hayoti murakkab, zid- 
diyatli va serqirrali b o ‘lib, unda ko‘p sonli ishtirokchilar, ya’ni 
siyosat subyektlari ishtirok etadi. Bu ishtirokchilar orasida eng 
ko‘zga ko‘rinarli o‘rinlardan birini siyosiy partiyalar egallaydi. 
Bugungi rivojlangan dunyoda siyosiy partiya mavjud b o ‘lmagan 
davlat borligini tasaw u r qilish mushkul, deyarli barcha davlat- 
larda ikki yoki ko‘ppartiyaviy tizim mavjud. Sivilizatsiyaning 
eng m uhim yutuqlaridan b o ‘lmish siyosiy partiya ijtimoiy hayot- 
dagi demokratiya va barqarorlikni ta ’m inlashda asosiy om illar- 
dan biri b o ‘lib, u ijtimoiy tashkilotlar orasidagi eng siyosiylash- 
gan tashkilotdir.
Siyosiy partiya tushunchasining lug'aviy m a’nosi nima, uning 
paydo b o ‘lishi va keyingi tarixi qaysi zamonlarga borib taqaladi, 
degan savol tug‘ilishi tabiiy.
«Partiya» atamasi lotincha «pars» so'zidan kelib chiqqan 
bo‘lib, «qism», «Ьо‘1ак» degan m a’nolarni anglatadi. Siyosiy 
partiya deganda fuqarolaming muayyan siyosiy maqsadlar atro- 
fida birlashgan va muayyan siyosiy tashkilotlarga uyushgan qismi, 
b o ‘lagi tushuniladi.
Dastlabki partiyalar Qadimgi Gretsiyada eramizdan aw algi 
zamonlarda vujudga kelgan edi. Hududiy bo‘linish asosida tashkil 
topgan bunday partiyalar Platon, Aristotel va boshqalar tom o­
nidan salbiy baholangan edi. Xususan, Aristotel Qadimgi G re- 
tsiyadagi uch asosiy siyosiy partiya — dengiz sohilida, tekislikda 
va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar o ‘rtasidagi 
mavjud kurash, o'zaro raqobat haqida yozib, bu partiyalar ijti­
moiy yaxlitlik va davlat birligiga rahna solishi mum kin, deya 
qayd etgan edi.
Qadimgi Rimda «partiya» tushunchasi, asosan, u yoki bu 
im perator (masalan, Sezar yoki Sula) siyosatini qo‘llab-quw at- 
lovchi guruhni ifodalash uchun ishlatilganligi tarixdan m a’lum.
148


0 ‘rta asrlardagi siyosiy partiyalar jam iyatda ziddiyatlar ku- 
chayganda, feodallar va boshqa sinflar o ‘rtasida yuzaga kelgan 
ijtimoiy kelishmovchiliklar sharoitida vujudga kelgan.
Zamonaviy m a’nodagi siyosiy partiyalar m a’lum bir ijtimoiy 
guruhning m anfaatlarini uyushgan va izchil tarzda ifoda eta 
oladigan vakillik sifatida XVII—XVIII asrlardagi ingliz va fransuz 
burjua inqiloblari davrida shakllandi.
Sanoat inqilobi natijasi o ‘laroq, kapitalistik bozor m unosa- 
b a tla rin in g te z k o r rivoji Y evropa ja m iy a tla rin in g k u chli 
tabaqalanishiga olib keldi. Ijtim oiy m uam m olarni siyosiy yo‘l 
bilan, ya’ni hokimiyat orqali hal etish hayotiy masalaga aylandi. 
Shu tarzda siyosiy partiyalarning roli ham ortib bordi.
M. Veber taklif etgan siyosiy partiyalarning shakllanish tari- 
xiga oid klassifikatsiyaga ko‘ra siyosiy partiyalar dastlab zoda- 
gonlam ing siyosiy to ‘garaklari tarzida paydo boMib, keyinchalik 
siyosiy klublarga, so‘ngra esa ommaviy partiyalarga aylangan- 
lar. (Biroq ham m a partiyalar ham o ‘z tarixlarida bu uch bosqichni 
bosib o ‘tmaganlar. Odatda, ko‘pincha siyosiy klub yoki ijtimoiy- 
siyosiy harakatlardan siyosiy partiyalar kelib chiqqan.) M asa- 
lan, Angliyada 1831-yilda tuzilgan «Charlton klab» konserva- 
torlar partiyasiga, 1836-yilda tuzilgan «Reform klab» klubi esa 
liberal partiyaga asos b o ‘lgan.
Shakllanayotgan ayrim siyosiy klublar parlamentlar bilan uzviy 
bog‘liq edi. Jum ladan, Fransiya milliy majlisi deputatlarining 
bir qismi b o ‘lgan yakobinchilar1 1791-yilda butun Fransiya 
b o ‘yicha 448 ta provinsial guruhlarga ega edilar.
Shu tariqa Fransiyada XVIII asrga kelib siyosiy partiyalar 
uzil-kesil shakllandi. Bu paytda Fransiya ijtimoiy hayotida faol 
ishtirok etgan yakobinchilar, jirondistlar, eberistlar, anarxistlar 
hozirgi zam onda keng tarqalgan o ‘ng, so‘l va markaz partiya­
larga asos soldilar. Ular keyinchalik utopik (xayoliy) kommunistik 
va sotsialistik partiyalarga asos b o ‘lishdi. (Sh. Furs, Sen-Sim on 
va boshqalar).
A QSHda siyosiy partiyalar XVIII asr oxiri XIX asr boshlari-

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish