2.7 Yettinchi fasl
(OMIL-U QOZI VA RAIS HOLLARI VA SIYOSAT SHARTLARI HAQIDA)
Podshoh har bir shaharda kim hokim ekanini, din ishlarida ular qanday munosabatda ekanini, Alloh taoloda qo’rqishlarini g’arazgo’y emasliklarini bilishlari kerak. Hokimga bu shahar va nohiyaning tinchligi unga topshirilganini aytish lozim. Xudoyi taolo bizdan nimani so’rasa, biz ham sendan shuni so’raymiz. Sen omil-u qozi, shahna-yu muhtasib, raiyatning katta-yu kichigi ahvolini bilib olib, haqiqatni ochiq yo yashirin bizga ma’lum qilasan. Biz esa ularga nimani ravo ko’rsak, shuni buyuramiz. Kim shunday sifatlarga ega bo’lib, shu so’zlarni qabul qilmasa, uni bo’shatib boshqa amal ham berish man etiladi, deb ta’kidlashi zarur.
Hikoyatda aytiladiki, Abdulloh Ibn Tohir degan bir odil amir o’tgan ekan. Uning qabri nishopurda bo’lib, odamlar ham uni ziyorat qilishar ekan, shu jumladan Nizomulmulkning o’zi ham. Hojatmandlarga xudoyi azza va jalla yordam qilar va amir, porsolar-zohidlarga, dunyo moliga hojatlari bo’lmagan g’arazsiz kishilarga amallar berar ekan. Shunda ular haq yo’li bilan boylik topib, raiyat ham ranj-azoblarga giriftor bo’lmas ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |