Siyob abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Download 4,68 Mb.
bet20/29
Sana08.04.2022
Hajmi4,68 Mb.
#537477
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
ANATOMIYA FANIDAN SIYDIK AYIRISH VA REPRODUKTIV ORGANLAR

SUT BEZLARI
S ut bezlari (mammae) shingilga o'xshash tuzilgan, Sut bezining parenximasi bir talay pufakchalardan (alveolalardan) tarkib topgan. Bu pufakchalar sut chiqarish yo’li (ductus lactiferus) ning atrofida joylashadi va shu yo’lning kanaliga tutashadi. Bez to'qimasining bunday o’choqlari birga qo'shilib yirik pallachalarni hosil qiladi. Bez epiteliysi sekret chiqarish vazifasini o'taydi.Bez pallal ari o’rtasidagi tolali qo'shuvchi to'qimada elastik tolalar bor. Sut bezidagi pallalar soni 15-20 taga yetadi, har bir pallaning sut chiqarish yo’li bor. alveolalar bilan bog'langan hamma mayda yo’llarning sekreti sut chiqarish yo’liga quyiladi. Har bir pallaning sut chiqarish yo’li sut bezi uchiga alohida-alohida (boshqa yo'llarga qo’shilmasdan) ochiladi; sut bezi uchida palla yo’llarining soniga yarasha 15-20 teshik bor, bular sut teshiklari deb ataladi. Har bir sut yo’li sut bezi uchiga chiqishdan oldin sut bezi uchi tagida kengayadi (sut xaltachasi). Bezning qavariq yuzasida sut bezi uchi (papilla mammae) bor burishgan, pigmentlangan nozik teri bilan qoplangan. Sut bezi uchi silindr yoki konus shaklida bo’lib, kattaligi har xil. Sut bezi uchi ba'zan yassi, hatto ichiga tortilgan bo'ladi, bu esa bolaning emishini qiyinlashtiradi. Atrofidagi teri pigmentlangan (sut bezi uchi atrofidagi doiracha, areola); rudimentar sut bezlari hisoblanadigan Montgomeri bezlari shu yerda joylashgan. Sut bezi uchi va uning atrofidagi tugarakchada teriga yaqin yotuvchi muskul tolalari va nerv reseptorlari bor. Qiz balogatga yetayotgan davrda sut bezining parenximasi zo'r berib rivojlana boshlaydi; tuxumdonning follikulyar gormoni sut yo’llarining taraqqiy etishiga, sariq tana gormoni esa alveolalarning taraqqiy etishiga ta’sir ko'rsatadi
Qiz bola balogatga yetgach sut bezi to’ia rivojlanadi. Keksaygan ayollarda sut bezining parenximasi sekin-asta atrofiyalanadi. Sut bezlarining funksiyasi sut ishlab chiqarish dan iborat. Sut bezlari homiladorlik vaqtida sut chiqara boshlaydi, tug’ruqdan keyin sut bezlarining funksiyasi kuchayadi.
Sut gipofizning oldingi bo’lagidan ajraladigan laktotrop gormonining ta’sirida ishlanib chiqadi, gipofizning faoliyatini esa markaziy nerv tizimi idora etadi.Bola emizilganda sut bezining nerv elementlari ta’sirlanib, markaziy nerv tizimiga tegishli impulslar boradi.Nerv tizimida ro’y beruvchi o’zgarishlar tufayli gipofizda laktotrop gormon ko’proq ishlanib chiqadi, bu gormon esa sut bezlarining sekretor funksiyasini (sut chiqarishini) kuchaytiradi.
М. M. Mironovning ma’lumotlariga qaraganda, sut beziga boruvchi nervlar qirqib qo’yilsa, sut kamroq chikadi va tarkibi ham o’zgaradi.
L. N. Voskresenskiy shartli reflektor xarakterdagi ta’sirlovchilar (bolani ko’rsatish, bola emizish bilan bir vaqtda qo’llanilgan tovush ta’sirlovchilari) ta’sirida sutning ko’proq ajralishini aniqlagan.Kuchli ruhiy hayajonlar ta’sirida sut ajralmay qolishi ham sut bezlarining funksiyasi bosh miya po’stlog’iga bog’liq ekanligidan guvohlik beradi.
Sut bezlaridagi sekresiya jarayoni quyidagicha kechadi:ishlab turgan sut bezining epiteliy protoplazmasida yumaloq sut sharchalari hosil bo’lib, key in alveolalar bo’shlig’iga o’tadi. Sut bezlari sekretining suyuq qismi ham bez epiteliysida hosil bo’ladi.
Bola emizilganda sut bezi uchi va uning atrofidagi doiracha reseptorlarining ta’sirlanishi tufayli sut ajralib chiqadi. Nerv oxirlari ta’sirlanganda sut bezi uchi va uning atrofidagi doirachaning muskul elementlari qisqaradi; shunga ko’ra sut bezi uchi kattalashadi va zichlashadi (ereksiya), bu esa bolaning sut bezi olishiga va bezdan sut chiqishiga yordam beradi.
Ayollar terisining ko’krak soxasida bir juft sut bezlari joylashgan. Bu bezlardai ajraladigan sut tarkibida 1, 5 % oqsil, 4, 5% yog’, 6, 5% uglevodlar, 0, 3% har xil mineral tuzlar, 87% suv hamda vitaminlar va har xil fermentlar bo’ladi. Ona suti bola bir yoshga kirguncha unga asosiy va muhim oziq bo’lib xisoblanadi. Ona sutida antitelalar bo’lib, ular bolani har xil yuqumli kasalliklardan himoya qiladi, ya'vi immunitet vazifasini bajaradi. Sog’lom ayolning ko’krak bezlaridan bir kecha-kunduzda 11,51itr va undan ko’proq sut ajraladi.


1-qovurg’a;
2- katta ko’krak mushagi;
3-6-qovurg’alararo mushaklar;
4-teri osti yog’ to’qimasi;
5-katta ko’krak mushagi;
7-sut bezlari bo’lagi;
8-so’rgich;
9-areol;
10-sut sinuslari;
11-yog’to’qimasi;
12-teri.







Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish