Siyob abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Download 4,68 Mb.
bet19/29
Sana08.04.2022
Hajmi4,68 Mb.
#537477
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
ANATOMIYA FANIDAN SIYDIK AYIRISH VA REPRODUKTIV ORGANLAR

T uxumdonlar (ovaria) - ayollar jinsiy tizimining asosiy a’zosidir. Tuxumdonlar bodom shaklida bo’lib, bo’yi 3,5 - 4 sm, eni 2 - 2,5 sm, qalinligi 1 -1 -5 sm, vazni 6 - 8 g bir juft jinsiy bezlardir. Qarilik davrida tuxumdonlar zichlashadi, kichrayadi, ularda qo’shimcha to’q imalar taraqqiy etadi.
Tuxumdon quyidagicha tuzilgan: a) tuxumdonning bo’sh yuzasini qoplaydigan epiteliy - oqsil pardasi, b) po’stloq qavati, v) mag’iz qavati.
Oqsil pardasi epiteliy ostida joylashadi, qo’shuvchi to’qimadan tarkibtopadi, bu to’qimaning tolalari tuxumdon yuzasiga parallel holda yotadi.
Tuxumdonlar eng muhim funksiyalarni o’taydi. Yetuklik davrining boshidan oxirigachatuxumdonlarda tuxum hujayralar yetiladi, bu - ritmik ravishda takrorlanadigan jarayondir Tuxumdondan ishlanib chiqadigan gormonlar (jinsiy gormonlar) ayolning butun organizmiga va jinsiy a’zolariga ta’sir etadi. Tuxumdon gormonlari ayol organizmiga xos belgilarniig taraqqiy etishiga imkon beradi. Ayniqsa, gavda tuzilishi, modda almashinuvi xususiyatlari, sut bezlariniig va jinsiy a’zolaming taraqqiy etishi, soch (jun) ning o’sishi va hokazolar shu jumladandir. Balog’atga yetish davrida jinsiy a’zolar (bachadon naylari, bachadon, qin, tashqi jinsiy a’zolar) tuxumdon gormonlari ning ta’sirida rivojlanadi. Qiz balog’atga yetgach bu gormonlar ayol organizmini homiladorlikka tayyorlaydigan siklik jarayonlarda qatnashadi.Tuxumdon gormonlari follikulalar va sariq tanachalarda ishlab chiqariladi. Follikulalar follikulyar yoki estrogen gormonlami, sariq tana esa progesteronni ishlab chikaradi.
Estrogen gormonlar ta’sirida ayol organizmida murakkab jarayonlar sodib bo’ladi. Bachadon mushak tolalarining giperplaziyasi, bachadon shilliq qavati funksional qatlamining proliferasiyasi (o’sishi), qin shilliq qavati epiteliyasining ko’payishi, sut bezlariniig proliferasiyasi shular jumlasidandir.
Estrogen gormonlar bachadon muskullarini yaxshi qisqarishini ta’minlaydi, uning bachadonni qisqartiruvchi preparatlar- pituitringa sezgirlini oshiradi. Sariq tana gormoni progesteron ayollarda homiladorlik paydo bo’lishi va uning rivojlanishiga ta’sir etadi. Progesteron ta’sirida bachadon shilliq qavati funksional qatlamidagi bezlar ishga tushib sekretlar bilan to’lishadi va agarda homiladorlik sodir bo’lsa urug’langan tuxum hujayraning bachadonga payvandlanishiga (implantasiya) sharoit yaratadi, homiladorlik bo’lmasa funksional qatlamning ko’chib tushishi (deskvamasiya), ya’ni hayz ko’rishga sabab bo’ladi.
Progesteron bachadon muskullari qo’zgaluvchanligini pasaytiradi, bachadonni qisqartiruvchi dorilarga sezuvchanligini kamaytirali.
Ayol jinsiy a’zolarining funksiyasi ruhiyatga bog’liq ekanligini I.P.Lazarevich, N. F. Tolochinov, I. M. Sechenovlar qayd qilishgan edi. Kuchli ruhiy hayajon natijasida vaqtincha hayz ko’rmay qolish, bola tushishi, bolaning barvaqt tug’ilishi va tug’ruq faoliyatining buzilishi kabi hodisalar ro’y berishi mumkinligi klinik kuzatishlardan ma’lum. Tug’uvchi ayolning ruhiyatiga foydali ta’sir ko’rsatish tufayli tug’ruqning to’gri o’tishi, ogriqning kamayishi aniqlangan. Shunga asoslanib ayollarni tug’ruqqa psixoprofilaktik tayyorlash ishlari olib boriladi.



Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish