Asosiy tushunchalar: Buyraklar, ayirish a’zolarining tuzilishi, ularning nerv va gumoral boshqarilishi, ayirish a’zolari kasalliklari.
Darsning shiori: Boshim ko’kka tegsin desang sen yurib, bilim bilan qilgin bor ishni ko’rib.
Dars bosqichlari.
1. Tashkiliy qism. 2 daqiqa
2. Uyga vazifani tekshirish. 2 daqiqa
3. O’tilgan mavzuni so’rash. 4 daqiqa
4. Yangi mavzu bayoni. 28 daqiqa
5. Yangi mavzuni mustahkamlash. 7 daqiqa
6. O’quvchilarni baholash, uyga vazifa berish. 2 daqiqa
Darsning borishi
Tashkiliy qism
1. Salomlashish O’qituvchi: Erksevar Vatanning erk farzandlari,
Ibn Sino bobomning siz dilbandlari.
O’qing , ilm oling, izlaning doim,
Ota-bobolarning duosin oling.
O’quvchilar: Dunyo sirlarini o’rganib bir-bir,
Kashfiyotlar sari, olg’a boramiz.
Ajdodlar o’gitin etib dilga jo,
Mustaqil Vatanga sodiq bo’lamiz.
2. Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
3. Fanga oid yangiliklarni tinglash.
Do'stlaringiz bilan baham: |