Tarqoqlik va nomlar o’rtasdagi kurash Misr sivilizatsiyasi farovonligi va taraqqiyotining asosi bo’lgan sug’orish tizimi holatiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Birlashish jarayoniga ikkita markaz boshchilik qildi: shimoldagi Gerakleopol va janubdagi Fiva. Kurashda yakuniy g’alabani Fiva podshosi Mentuxotep I qo’lga kiritdi va mamlakat yaxlitligini tikladi. Taxminan m.a. 2000 yilda Amenemxet I ning fir’avn bo’lishi bilan O’rta podsholikning gullab-yashnash davri boshlandi. Mamlakatni birlashtirishga va markaziy hokimiyatni kuchaytirishga intilgan fir’avnlar nomarxlarni o’z ta’sir doiralariga olishga urindilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |