89
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
yaratishdan iborat. Bu zanjirlar bir-biriga to‘la komplementar, ya’ni
biri ikkinchisini
to‘ldirib
turadi. DNk molekulasining sintezi uning
boshlang‘ich qo‘sh zanjirining ikkita alohida zanjirlarga ajrali shiga
va ular har birining strukturasiga mos ikkinchi zanjir yaratilishiga
asoslangan. DNk zanjirlarini bir-biridan ajratuvchi alohida ferment
mavjud bo‘lib, bu ferment
DNk molekulasida asta siljib, birin-ke-
tin nukleotidlar orasidagi kuchsiz vodorod bog‘larini uzadi. Boshqa
ferment esa har bir alohida zanjir bo‘ylab harakatlanishi davomida
eski zanjir nukleotidlarga komplementar bo‘lgan
yangi zanjir nuk-
leotidlarni ulaydi.
Demak, yangi sintezlangan DNk ikki zanjirli duragay molekula
bo‘lib, uning bitta zanjiri eski, ikkinchisi esa yangidir. Bu
jarayonda
bir zanjirdagi adenin A qarshisida ikkinchi zanjirda timin T, guanin G
qarshisida sitozin C va aksincha, joylashadi. DNk molekulasining
ikki
hissa ortishiga
DNK replikatsiyasi
deyiladi.
RNKlar sintezi
, asosan yadroda, DNk molekulasidagi nukleo-
tidlar tartibi shaklida yozilgan axborotni i-RNkga ko‘chirib olgan-
dek o‘tishiga –
transkripsiya
deb ataladi. DNk zanjiri matritsasi
asosida RNk sintezlanishi jarayonda
DNkdagi nukleotidlar qa-
tori RNkdagi nukleotidlar qatorida takrorlanadi, faqat DNk dagi
T(timin) o‘rniga u (uratsil), dezoksiriboza o‘rniga riboza joylasha-
di. Shuni ta’kidlab aytish kerakki, DNk molekulalari juda katta, ul-
arda yozilgan axborot juda ko‘p, RNklar DNk molekulasining ki-
chik bir qismiga to‘g‘ri keladi. Bitta DNk molekulasida yuzlab, min-
glab i-RNk, t-RNk, r-RNklar sintezlanishi mumkin. har
bir i-RNk-
dagi axborot kamida bitta oqsil molekulasi sintezi uchun yetarlidir.
Genetik kod
. oqsillarning biologik vazifasi asosan aminokis-
lotalarning oqsil molekulasidagi o‘rni, ya’ni ularning ketma-ketligi
bilan aniqlanadi. Binobarin, bunday molekulalar
biosintezi oldindan
belgilangan reja bo‘yicha amalga oshishi kerak. Bunday reja DNk
molekulasida 4 xil nukleotidlarning yordamida yozilgan bo‘lib, u
oqsil molekulasining nusxasi yoki qolipi deb yuritiladi. 20 xil amino-
kislotaning DNk molekulasidagi 4 xil nukleotidlar
yordamida ifodala-
nishi
genetik kod
deb ataladi. har bir aminokislota 3 ta nukleotid-
http:eduportal.uz
90
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
Do'stlaringiz bilan baham: