Sitologiya va



Download 19,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/148
Sana23.05.2022
Hajmi19,03 Mb.
#608382
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148
Bog'liq
9-sinf darslik biologiya

gen 
muhandisligi 
deb ataladi. Bakteriya hujayrasi o‘ziga yot (begona) 
bo‘lgan gen asosida ko‘p miqdorda oqsillarni sintez qiladi. hozir-
gi kunda shu yo‘l bilan viruslar ko‘payishini to‘xtatuvchi interfe-
ron oqsilini, qonda glukozaning miqdorini nazorat qiluvchi insulin 
oqsilini olishmoqda.
Mamlakatimizda mikrobiologiyani rivojlanishi uchun qulay 
sharoit mavjudligi tufayli bir qator sanoat tarmoqlarini: oziq-ovqat, 
konserva, sut mahsulotlarini qayta ishlash, antibiotik va vitaminlar 
ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda.
olimlarimiz A.M.Muzaffarov, M.I.Mavloniy, S.Asqarova, 
A.Xolmurodov va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishi-


184
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
ga katta hissa qo‘shdilar. A.Muzaffarov va uning shogirdlari xlo-
rella suv o‘tidan chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda va 
bir qator suv o‘tlaridan ifloslangan suv havzalarini tozalashdan 
keng miq yosda foydalanishni yo‘lga qo‘ydilar.
M.Mavloniy bir qator achitqi zamburug‘larini o‘rganib, ularni 
novvoychilik, chorvachilik va boshqa sohalar uchun achitqilar 
tayyorlash texnologiyalarini yaratdi.
1. Mikroorganizmlar seleksiyasining xalq xo‘jaligi uchun
qanday ahamiyati bor?
2. Biotexnologiya deb nimaga aytiladi?
3. Gen muhandisligi deb nimaga aytiladi?
4. Mamlakatimizda mikrobiologiya fani rivojiga hissa 
qo‘shgan olimlar haqida ma’lumot bering. 
67­ §. O‘zbekiston olimlarining biologiya va 
seleksiya sohasidagi yutuqlari
Vatandoshlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, 
Zahiriddin Muxammad Bobur kabi buyuk allomalarimiz o‘zlari-
ning tibbiyot va ekologiya sohasidagi qarashlari bilan biologiya 
fanlari ning rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar.
hozirgi davrda ham biologiya sohasining turli yo‘nalishlari da 
o‘zbek olimlarining hissalari juda katta va salmoqlidir. Jumladan, 
akademiklarimiz Q.Zokirov, A.Muzaffarovlar – botanika, T.Zoxi-
dov, A.Muhammadiyev, J.Azimovlar – zoologiya, Yo.X.To‘ raqulov, 
B.Toshmuhammedovlar biokimyo va endokrinologiya, J.Xa midov 
hujayra va hujayra injeneriyasi, k.Zufarov hujayra ning kimyoviy 
tarkibi bo‘yicha, S.Mirahmedov, N.Nazirov, o.Jalilovlar seleksiya so-
hasida, J.Musayev, A.Abdukarimovlar genetika sohasida, akademik 
I.Abdurahmonov, professorlar R.Muhammedov, o.odilovalar ge-
netik injeneriya va biotexnologiya, akademik k.Sh.Tojiboyev 
O‘zbekiston florasini o‘rganish sohasida katta ilmiy tadqiqot 
ishlarini o‘z shogirdlari bilan olib bormoqdalar. Shu ningdek, 


185
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
o‘.T.Allanazorova o‘zbekiston va MDh davlatlari o‘simliklar 
qoplamini tarqalish qonuniyatlariga asoslanib, geo botanik xari-
tasini tuzish sohasida ilmiy izlanishlar olib borib fan rivojiga 
katta hissa qo‘shganlar va qo‘shib bormoqdalar. 
Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng g‘allachilik, me-
va-sabzavotchilik, g‘o‘za seleksiyasi va chorvachilik seleksiyasiga 
alohida e’tibor berilmoqda. o‘zbekistonlik seleksioner olimlar to-
monidan g‘alla ekinlarining zararkunandalarga chidamli, kam suv 
talab qiladigan navlari yaratildi. Bulardan ayniqsa, mamlakatimiz 
sharoitiga mos serhosil “ulug‘bek-600” va “Sanzor” navlari diqqat-
ga sazovordir. o‘zbekistonda yaratilayotgan bug‘doy navlari o‘ziga 
xos bo‘lib, boshqalardan fizik-kimyoviy tarkibi va texnologik xusu-
siyatlari bilan ajralib turadi.
o‘zbekiston g‘o‘za seleksiyasida dunyo miqyosida salmoq-
li o‘rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun ham mamlakatimiz-
da g‘o‘za navlarini yaratishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. 
G‘o‘za kolleksiyasini yaratishda akademik J.A.Musayev va u ning 
shogirdlarining xizmatlari katta. olimlarimiz tomonidan g‘o‘za-
ning serhosil, viltga chidamli navlari ko‘plab yaratilgan. Bularga 
akademik Sodiq Mirahmedov tomonidan yaratilgan viltga chidam-
li “Toshkent-1”, “Toshkent-2”, “Toshkent-3” navlari, akademiklar 
Nabijon Nazirov va oston Jalilovlar tomonidan g‘o‘zaning serhosil 
“AN-402”, “Samarqand-3”, “Yulduz” kabi navlari mashhurdir. 
Respublikamiz olimlari keyingi yillarda ham g‘o‘za seleksiyasi 
sohasida samarali ishlar olib borib, ko‘plab g‘o‘za navlarini yara-
tishdi. Bularga istiqbolli yangi g‘o‘za navlari: “Buxoro-9”, “Buxo-
ro-12”, “Namangan-39”, “omad” kabi navlarni misol qilib olish 
mumkin. Akademik Ibrohim Abduraxmonov genetik injeneriya va 
biotexnologiya usullarini qo‘llash orqali g‘o‘za genlaridan foydala-
nishning yangi imkoniyatlarini ochib “Porloq” navini yaratdi. 
2013- yildan boshlab fermer xo‘jaliklarida “gen-nokaut” usulida 
yaratilgan “Porloq-1”, “Porloq-2”, “Porloq-3”, “Porloq-4” navlari dan 
sifatli va mo‘l hosil olinmoqda. Bu usulni bug‘doy, kartoshka, anor, 


186
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
uzum, chilonjiyda navlarini yetishtirishga ham tatbiq etilmoq da. 
Shuningdek, professor S. Raxmanqulov izdoshlari bilan birgalik-
da g‘o‘zaning “umid”, “oqqo‘rg‘on-2”, “Mang‘it-1”, “Mang‘it-2”, “Is-
tiqlol-14”, “Sulton” kabi navlarni yaratishdi. 
Mamlakatimizda uzumchilik seleksiyasi ham keng rivojlan-
gan. o‘zbekistonda 500 ga yaqin uzum navi ekib o‘stirilmoqda. 
Seleksioner olimlarimiz uzumning bir necha xil navlarini yaratgan-
lar. Bulardan “Rizamat”, “Gultish”, “Sohibi”, “hiloliy” kabi navlari 
diqqatga sazovordir.
o‘zbekistonda bog‘dorchilik qishloq xo‘jaligining asosiy tar-
mog‘idir. Xalq seleksiya asosida olmaning “oq olma”, “Qizil 
olma”, “Namangan olmasi”, “Targ‘il olma”, “Qozi dastor” navlari, 
shaftoli ning “Vatan”, “Lola”, “Anjir shaftoli”, “Zarafshon”, “Farhod”, 
“Zarg‘aldoq” navlari, shuningdek, o‘rik, bodom, yong‘oq, anorlar-
ning xilma-xil navlari yaratilgan.
Mamlakatimiz olimlari ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan 
sabzavotlar va mevali daraxtlarning navlarini uzoq yillardan bu-
yon yangilab kelmoqdalar. Akademik Mahmud Mirzayev va uning 
shogirdlari tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin 
navlari yaratildi. Shulardan 100 ga yaqini hozirgi kunda mamlaka-
timizning turli hududlarida ekilib mo‘l hosil olinmoqda. 
keyingi yillarda mamlakatimizda kartoshkaning “Nimrang” 
– cho‘zinchoq pushti o‘rtapishar navi, “obidov” – kechpi shar, 
cho‘ziq qizil serhosil navlarining yaratilishi diqqatga sazovor 
bo‘ldi. Professor D.Abdukarimovning yaratgan “Samarqand” navi-
dan bir yilda ikki marta hosil olish mumkin. hozirgi vaqtda olim-
larimiz tomonidan genetik injeneriya usullarini qo‘llash orqali kar-
toshkaning ildizi ikki-uch barobar uzaytirilib, uning hosildorligi 
oshirilib amaliyotga tatbiq etilmoqda. 
Chorvachilik seleksiyasi sohasida ham mamlakatimizda juda 
ko‘p yutuqlarga erishilgan. Jumladan, o‘zbekiston chorvachilik 
ins titutida M.M.Bushev tomonidan yaratilgan qoramol zoti 1949- 
yildan urchitila boshlangan. Bu zot mahalliy sharoitga moslashgan 


187
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
bo‘lib, respublikamiz hududlarida keng tarqalgan. o‘zbekistonda 
yaratilgan ot zotlaridan biri dunyoga mashhur qorabayirdir. Bular 
barcha sharoitlarda yashay oladigan, chopqir ot zotidir.
1. o‘zbekistonlik seleksioner olimlardan kimlarni bilasiz?
2. G‘o‘za kolleksiyasini yaratishda qaysi olim rahbarlik
qilgan?
3. I.Abdurahmonovning seleksiya sohasidagi ishlari haqida
ma’lumot bering.
4. S.Raxmanqulov va uning izdoshlari tomonidan g‘o‘zaning
qanday navlari yaratilgan? 
Quyidagi jadvalda nomlari kо‘rsatilgan olimlar qaysi sohada 
faoliyat kо‘rsatishganligini juftlab kо‘rsating.
1 J.Xamidov A genetika
2 Yo.X.To‘raqulov B o‘simliklar qoplami

J.Musaev V flora
4 o‘.T.Allanazorova G biokimyo va endokrinologiya
5 k.Sh.Tojiboev 
D genetik injeneriya 
6 I.Abdurahmonov J hujayra va hujayra injeneriyasi
7 J.Azimov 
Z zoologiya
1- 2- 
3- 4- 5- 6- 
7-


MuNDARIJA 
kIRISh

Download 19,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish