Sitologiya va


­ §. Seleksiya va biotexnologiya



Download 19,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/148
Sana23.05.2022
Hajmi19,03 Mb.
#608382
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   148
Bog'liq
9-sinf darslik biologiya

66­ §. Seleksiya va biotexnologiya
hozirgi vaqtda mikroorganizmlar faoliyatidan turli-tuman tex-
nologik jarayonlarda keng foydalanilmoqda. Prokariotlar va bir 
hujayrali eukariotlar hayot faoliyatining mahsuloti bo‘lgan ferment-
lardan foydalanish xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida yildan- yil-
ga ko‘paymoqda. Non pishirishda, pivo, vino, turli tuman sut 
mahsulotlarini tayyorlashda mikroorganizmlar, zamburug‘lar va 
bakteriyalarning fermentativ faoliyatidan foydalaniladi. Shu mu-
nosabat bilan sanoat mikrobiologiyasi keng rivojlanmoqda va in-
son uchun zarur bo‘lgan, moddalarni ko‘p miqdorda ishlab chiqa-
radigan mikroorganizmlarning yangi shtammlari seleksiyasi ja dal 
o‘smoqda. Bunday shtammlar antibiotiklar, ferment va vitamin 
preparatlari hamda ozuqabop oqsillarni ishlab chiqishda katta 
ahamiyat kasb etadi.
Masalan, mikroorganizmlardan B
2
, B
12
vitaminlarini olishda 
foydalaniladi. Yog‘och qipiqlari yoki parafinda o‘sadigan achitq

zamburug‘laridan ozuqabop oqsillar olinadi. Zamburug‘lar tarkibi-
da 60 % gacha oqsil moddasi to‘planadi. oqsilga boy bu prepa-
ratni chorvachilikda qo‘llash natijasida yiliga qo‘shimcha ravish-
da bir million tonnagacha go‘sht yetishtirish mumkin. Mikroorga-
nizmlar yordamida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni 
ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga ega. ozuqa tarkibida bun-
day moddalarning yetishmasligi organizmlarning o‘sishini keskin 
sekinlashtiradi. hayvonlarning an’anaviy ozuqasi tarkibida al-
mashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar kam bo‘ladi. Mikrobiologik 


183
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
yo‘l bilan olingan lizin aminokislotasidan bir tonnasi hayvonlar 
ozuqasiga qo‘shilsa, o‘nlab tonna hayvonlar ozuqasini tejab qo-
lish mumkin. Inson uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni tirik hujay-
ralardan yoki ular yordamida olish texnologiyasi 
biotexnologiya 
deb ataladi.
Biotexnologiya jadal rivojlanayotgan fanlar qatoriga kiradi. 
keyingi 30 yil ichida turli xil bakteriyalar va zamburug‘lar faoliyati-
dan foydalanishga asoslangan bir qator yangi ishlab chiqarish 
korxonalari paydo bo‘ldi. Mikroorganizmlar metallurgiya sohasi-
da ham “faoliyat” ko‘rsatadi. Rudalardan metallarni ajratib olishda 
qo‘llaniladigan odatdagi texnologiyalar tarkibi jihatdan murakkab 
bo‘lgan rudalardan keng foydalanishga imkon bermaydi; ularni 
qay ta ishlash natijasida juda ko‘p chiqindilar hosil bo‘ladi, atmos-
feraga zaharli gazlar ajralib chiqadi. 
Metallar biotexnologiyasida sulfid bakteriyalari minerallarni ok
-
sidlashi natijasida ko‘pchilik rangli metallar va noyob elementlar 
eritmalar tarkibiga o‘tadi. Bu usul yordamida dunyo miqyosida bir 
necha ming tonna mis olinadi. Bu mis ana’naviy usulda olinadigan 
mislarga nisbatan 2–3 marta arzonga tushadi. Bakteriyalar fao-
liyati yordamida rudalardan uran, oltin va kumush kabilar ajratib 
oli nib, zararli elementlar mishyak kabilar zararsizlantiradi.
olimlar bakteriya hujayrasiga ma’lum genlarni, shu jumladan 
odam genini ham kiritish usullarini ishlab chiqdilar. Bu usullar 

Download 19,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish