Nazorat savollari va topshiriqlar:
1 Hujayra shakli va o'lchamlari.
2. Prokariot hujayra qanday tuzilgan?
3. Prokariot va eukariot hujayralarni solishtiring.
4. Sitologiya fani oldida turgan qanday muammolar bor?
MAVZU: Plazmatik membrana
Har qanday pro - va eukariot hujayraning asosi 3 qismdan tashkil topgan: tashqi apparat, sitoplazma, yadro apparati.Tashqi apparat hujayrani tashqi muhit va qo'shni hujayralar bilan aloqasini ta'minlaydi va 3 ta asosiy vazifani bajaradi: to'siq, transport (tashuvchi), reseptor (sezgirlik).
Hujayraning tashqi apparati 3 subtizimdan: plazmatik membrana, membranausti kompleksi va gialoplazmaning submembranali tayanch - harakat tizimidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |