Hozirgi zamon sitologiya fanining yutuqlari
Yangi usullar, ayniqsa 1940 yillardan keyin rivojlangan elektron mikroskop, radioaktiv izotoplarning qo'llanilishi, hujayrani o'rganish borasida katta yutuqlarga erishishga yordam berdi. Sitologiya borgan sari biologiyaning boshqa sohalari bilan yaqinlashmoqda.
Sitologik usullardan o'simliklar va hayvonlar selektsiyasida ular hujayrasining xromosoma tarkibini bilish, chatishtirish ishlari samarasini oshirish maqsadida qo'llaniladi. Odam hujayralari uchun ham bu usullar qo'llaniladi : xromosomalar shakli va soni o'zgarishi bilan bog’liq bo'lgan irsiy kassaliklarni aniqlashda.
Sitologik usullar qo'llaniladigan eng muhim soha tibbiyotda – saraton (rak) kasalligini aniqlashdir. Chunki bu kasallik hujayra miqyosida vujudga kelib yadroda ro'y beradigan o’zgarishlar bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |