Функциялари:
-
ҳужайра катта молекулалари емирилишига ёрдам беради.
-
бактерия ва вируслардан ҳимоялайди.
-
очлик вақтида улар ўзларини шахсий.органоид ҳужайраларига таъсир кўрсатиб уларни ҳазм қилади.
-
бу ҳужайраларнинг ўлимига олиб келади Шунинг учун лизосомаларни ўлдирувчи сумкалар деб атайдилар.
Вакуолалар
-
ҳужайраларда сақланувчи органоидлар.
-
бундай структура сувни, керакмас маҳсулотлар, озиқа ва бошқа ҳужайра махсулотларини сақлашга имкон беради.
Функциялари:
-
кўпинча хайвонларда вакуоли сув балансини таминлаш учун хизмат қилади.
-
осморегуция яъни ички босимни ушлаб туришга ёрдам беради.
-
ҳар хил моддаларни, шу жумладан керакмас маҳсулотларни сақлайди.
Sitologiya bo‘limi uchun berilgan testlarni bajaring. Komp`yuter ekranida qo‘yadagi 20 ta testni bajarish.
1.Hujayra so‘zini birinchi bo‘lib qaysi olim fanga kiritgan?
a) R.Guk b) A.Levinchuk v) Ya.Purkine g) R.Broun d) N.Gryu
2.O‘simlik hujayrasining boshqa organizm hujayralaridan tuzilishiga ko‘ra asosiy farqini toping.
a) plastida, mitoxondriya b) plastida, sitoplazma v) mitoxodriya, ribosomalar g) sellyuloza qobiq, plastidalar d) sellyuloza qobiq, yadro
3.Hujayra nazariyasi qaysi olimlar tomonidan yaratiladi?
a) R.Guk, YA.Purkine b) A.Levenchuk, R.Guk v) M.Malnigi, N.Gryu g) R.Broun, R.Guk
d) M.SHleyden, T.SHvann
4.Hayvon hujayrasining qobig‘i nima deb ataladi?
a) sellyuloza b) glikokaliks v) glikolipid g) kapsid d) plazmolemma
5. Qaysi organoidning asosiy vazifasi oqsil sintezlashdir?
a) golji apparati b) mitoxondriya v) ribosoma g) lizosoma d) plastida
6.Qaysi hujayra organoidlari ikki qavat membranadan tashkil topgan?
a) plastida, mitoxondriya b) lizosoma, ribosoma v) mitoxondriya, hujayra markazi g)endoplazmatik to‘r, plastida d) ribosoma, mitoxondriya
7.Qaysi hujayra organoidi tuzilishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi?
a) plastida b) mitoxodriya v) endoplazmatik to‘r g) lizosoma d) golji apparati
8.Golji apparati birinchi marta qaysi hujayralarda kashf etilgan?
a) muskul b) jigar v) buyrak g) nerv d) suyak
9. Donador endoplazmatik to‘r membranasida qaysi organoidjoylashadi?
a) mitoxodriya b) lizosoma v) ribosoma g) sentriola d) plastida
10.Membranasiz organoidlar berilgan javobni toping.
1) ribosoma 2) hujayra markazi 3) mikronaycha 4) miofibrilla 5) lizosoma 6) Golji apparati
a) 1, 2, 3 b) 2, 3, 5 v) 4, 5, 6 g) 3, 4, 5 d) 1, 5, 6
11.Golji apparatining asosiy funksiyasi nimadan iborat?
a) oqsil sintezlash b) sintezlangan mahsulotni parchalash v) hujayrani energiya bilan ta’minlash g) plazmatik membranani yangilash d) fermentlar sintez qilish
12. Hujayra akkumulyatori deb qaysi organoid aytiladi?
a) mitoxodriya b) Golji apparati v) ribosoma g) plastida d) endoplazmatik to‘r
13. Lizosoma membranasida nechtaga yaqin fermentlar joylashadi?
a) 10 b) 20 v) 30 g) 35 d) 40
14.Itbaliqning dumi qaysi organoid ta’sirida yo‘qoladi?
a) mitoxodriya b) golji apparati v) endoplazmatik to‘r g) sentriola d) lizosoma
15.Qaysi hujayra organoidlarida DNK, RNK va ribosoma bo‘ladi?
a) plastida, mitoxodriya b) plastida, lizosoma v) Golji apparati,mitoxodriya g) sentriola, mikrofisilla d) endoplazmatik to‘r, lizosoma
16. Qaysi hujayra organoidi rangiga ko‘ra uch xil bo‘ladi?
a) mitoxondriya b) endoplazmatik to‘r v) ribosoma g) plastida d) hujayra markazi
17. Fotosintez jarayoni qo‘yida berilgan variantlarning qaysi birida kechadi?
a) mitoxondriya b) xloroplast v) ribosoma g) sentriola d) lizosoma
18. Qaysi hujayra organoidlarida glyukoza H2O va CO2 gacha parchalanadi?
a) yadro b) mitoxondriya v) Golji apparati g) endoplazmatik to‘r d) lizosoma
19. Interfaza davridagi yadro qanday qismlardan tashkil topgan?
a) yadro qobig‘i b) yadro shirasi v) xromosomalar g) yadrocha d) barcha javoblar to‘g‘ri
20. YAdro shirasi nima deb ataladi?
a) sitoplazma b) sorkoplazma v) karioplazma g) a,b d) a, b, v
Do'stlaringiz bilan baham: |