O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“SIRTQI” FAKULTETI
“IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR VA SUG’URTA” KAFEDRASI
“MENEJMENT” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Xorijiy kompaniyalarda boshqaruv madaniyati tajribasi.
Ilmiy rahbar: Sobirjonov S.
Bajardi: SM-50 guruh talabasi Arabov T.
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
__________________________(imzo)____________'>«____» _______2022 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
«____» _______2022 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
«____» _______2022 y.
Baho«_____» _________
|
___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a'zolari:
__________________
__________________
__________________
|
Toshkent – 2022
MAVZU: XORIJIY KOMPANIYALARDA BOSHQARUV MADANIYATI TAJRIBASI.
REJA:
Kirish:
Menejmentda madaniyat haqidagi ilmiy maktab qarashlari………….6
Tashkilotda rahbarlik madaniyati tushunchasi...……………………..11
Boshqaruv madaniyati usullarining mohiyati va xususiyatlari……….18
Xorijiy mamlakatlarda boshqaruv madaniyati uslublari…………...…23
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi bilan mamlakatda inson resurslarini shakllantirish, rivojlantirish va umuman ularni boshqarish sohasida tub o’zgarishlar yuz berdi. Aholi ish bilan band etish mamlakatni barqaror rivojlanish asosi bo’lib, ushbu masala bulgan talablar sezilarli o’zgardi, har xil faoliyat turlarini mehnat shartnomalari bilan qamrab olish sohasi kengaydi, ularning turlari ortdi, yangi risklar yuzaga keltiradigan va imkoniyatlar ochib beradigan mehnatni tashkil qilishning yangi shakllari keng tarqaldi. Bu o’zgarishlar aholi ish bilan bandligi va mehnat bozoriga bevosita ta'sir ko’rsatdi, ishga joylashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda va ish beruvchilarga ham, xodimlarga ham ko’proq moslashuvchanlikni ta'minlamoqda. Masofadan mehnat qilish va mustaqil ish bilan bandlikiing turli shakllari tobora keng tarqalishi bilan an'anaviy mehnat munosabatlari negizida yotadigan ish bilan bandlikni himoya qilish va kafolat tushunchalariga yangicha yondashuv talab qilmoqda.
Prezidetimiz Shavkat Miromonivich Mirziyoyev aytganlaridek; “Ayni vaqtda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish jarayoniga yangicha, zamonaviy yondashuvlar joriy etiladi. Kadrlar davlat xizmatiga tanlov asosida qabul qilinadi, ular uchun uzluksiz malaka oshirish, natijadorlikni baholash va lavozim bo‘yicha ko‘tarilish mezonlari belgilanadi. Bundan buyon har bir hudud, soha va tarmoq faoliyatiga ularda fuqarolarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlari qanday ta’minlanayotganiga qarab baho beriladi. Shu munosabat bilan “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan da’vatga qo‘shimcha qilib aytmoqchiman: “Rahbarlar faqat davlatga emas, avvalo, inson va oilaga, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi kerak”. 1
«Inson resurslari» ijtimoiy-iqtisodiy toifa sifatida ishchi kuchining shakllanishi va kelgusidagi mexnat faoliyati davomida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar bilan birgalikda eng muhim qonuniyatlarni, ya'ni ularning takror ishlab chiqarish. rivojlanish, taqsimlash va foydalanish jarayonlarini aks ettiradi. Menejment madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa, menejerlar madaniyatini, boshqaruv jarayoni madaniyati, menejment texnikasi, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar bo’yicha hisoblanadi.
Menejmentga madaniyat, qadriyatlar va e’tiqodlar tizimining bir unsuri sifatida qaraladi. Zamonaviy menejment o’z qadriyatlari va boyliklarini yaratayotgan hamda ijtimoiy-axloqiy qarashlarini shakllantiradigan inson va jamiyat rivojiga muayyan ta’sir ko’rsatadi. Inson resurslari va tadbirkorlik faoliyati zamonaviy menejment asosini tashkil etadi. Binobarin, menejmentning asosiy vazifasi axborot, bilim, tajriba va yangilikni ishlab chiqarish kuchiga aylantirishdir.
Boshqaruv shunday fanki, uni nazariyasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayrim mutaxassisliklarda nazariyalashtirish g'alatiroq tuyulsa, boshqaruv mutaxassisliklari ichida hech qanday shubha tug'ilmaydi. Har bir o'zicha yagona qaror qabul qilishga olib keladigan, ko'p qirrali boshqaruv shart-sharoitini, hatto eng tajribali rahbar yoki rahbarlar guruhi ham hisobga ola olmaydi.
Boshqaruv odamlar orasidagi alohida munosabat ko'rinishidir. Buning mazmuni shundan iboratki, har bir odam boshqa odam orqali u bajarishni xohlamagan narsaga erishishni istaydi. Ushbu an'ana ming yillar mobaynida yig'ilgan tajriba asosida amalga oshishi mumkin. Ko'pchilik boshqaruv nazariyasi deganda XIX asr oxirigacha, ya'ni amerikalik muhandislar ishlariga murojaat etishadi. Bizga tarixdan ma'lumki xohlagan ishni (savdo-sotiq, urush, diplomatiya va sh. k) bajarishda odamlarni boshqarish san'ati amalga oshirib kelingan.
Insoniyat, jamiyat tashkil eta boshlanganidan beri, boshqaruvning samarali usullari izlanib, tashkillashtirilib kelinmoqda.
Tarixiy manbalar shu narsadan dalolat berayaptiki, eski Rim va Xitoy qo'mondonlari, davlat arboblari va savdogarlari boshqaruvning juda ko'p usul va sirlarini bilishgan. Gap shundaki, ushbu usul va sirlar katta muvaffaqiyat bilan hozirgi kunda ham qoilanilishi mumkin.
Sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizning shaxsan o'zlari ishlab chiqqan boshqaruv usul va sirlari O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng keng miqyosda o'rganila boshlandi.
Qizig'i shundaki hamma yaxshi fikr-mulohazalar, yangiliklar, jum-ladan, boshqaruv sohasidagi usul va sirlar qanchalik samarali bo'lmasin, shunchalik tez yoddan ko'tarilaboshlagan. Shuning uchun yangilanish davrida olimlar, kuchli tafakkur egalari aqlan va noaqlan ishlab chiqilgan boshqaruv g'oya, usullarini yangi tamoyil va tajribalar asosida rivojlantira boshlaganlar.
Shunday holat XIX asr oxiri XX asr boshlarida paydo bo'ldi. Shu narsani alohida ta'kidlab o'tish kerakki, boshqaruv nazariyasining hozirgi vaqtdagi ko'rinishi, mazmuni, usullarini ishlab chiqqanlar (menejmentlar), o'tmish tajribalarini to'liq tatbiq etmagan bo'lsalarda, o'zlari boshqaruvning yangi-yangi yo'llanmalarini taklif qildilar. Biroq ularning fikrini o'tmish tajribalaridan ajralmagan tarzda qabul qilish kerak emas.
Boshqaruv - bu turli xil tabiatdagi (biologik, ijtimoiy, texnikaviy) tashkiliy sistemalar funksiyasi (vazifasi) bo'lib, ularning ma'lum bir tuzilmasini saqlashni ta'min etadi, faollik rejimini, faoliyat maqsadini, dasturning bajarilishini qo'llab-qo'ltiqlab turadi.
Umuman, boshqaruv qator fanlar (menejment, iqtisod, psixologiya, psixofiziologiya, sotsiologiya, politologiya, yuridik, fllosofiya, pedagogika, madaniyatshunoslik, kibernetika, matematika va sh.k.lar) shug'ullanishi kerak bo'lgan sohadir. Shunday qilib, boshqaruv nazariyasi mustaqil soha ko'rinishida faqat fanlararo sistema sifatidagina mavjud bo'lishi mumkin.
Menejment - korxonani samarali boshqarish haqidagi fandir. U o'z tarkibiga korxonani tashkil etish tamoyillari (adliya qismi), uning taraqqiyot strategiyasi (ideologiya - mafkura qismi), xodimlarni tanlash (sotsiologiya qismi) va uning ishini maqbullashtirish usullari (psixologik qism) haqidagi bilimlarni qamrab oladi. Menejmentdagi eng asosiy narsa amaliyotda xohlagan insoniy tashkilotga yarashi mumkin bo'lgan umumiy boshqaruv tamoyillarini ajratish, aniqlash va qo'llash bo'lib hisoblanadi.
Bunga boshqaruv maqsadi va vazifalarini aniqlash, ularga erishish uchun aniq tadbir-choralar ishlab chiqish, vazifalarni ayrim operat-siyalarga ajratib chiqish, ishlarni bo'lish, tashkilot ichidagi turli bo'-linmalar munosabatini koordinatsiyalash, tuzilma ishini mukammal-lashtirish, qaror qabul qilish va kommunikatsiya ishlarini maqbullashtirish, faoliyatning motivlarini yaxshilash, rahbarlikning samarali yo'l-larini qidirish ijtimoiy javobgarlikni oshirish va boshqa masalalar kiradi.
XX asrning 90-yillarida boshqaruv jarayonida ikki tendensiya paydo bo'ldi.
Birinchidan, menejmentning baynalmilallashuvi, yangi voqeliklarni jamoa asosida fikrlash. Boshqaruv bo'yicha juda ko'p kitoblarning chop etilishi, menejmentga o'rgatuvchi dasturlarning tarqatilishi, turli xil mamlakatlardagi boshqaruvga oid tajribalarning umumlashtirilishi va shu kabilar.
Umuman olganda, boshqaruvga oid muammolar yechimini hal etishda shunday katta tajriba mavjudki, go'yoki bugungi kunda hech qanday yangilik ustida bosh qotirmasa ham bo'ladigandek tuyuladi.
Biroq hayot shunday murakkabki, u o'zining yangidan-yangi talab va ehtiyojlarini namoyon etmoqda.
Demak, boshqaruv haqidagi fikr-mulohazalar cheksiz davom etishi, bu yo'nalishda keng doirada tadqiqot va amaliy ishlarni olib borish davr talabi bo'lib hisoblanadi. Shu bilan birga ta'kidlab o'tish kerakki, boshqaruv nazariyasini rivojlantirish o'ta murakkab ishdir. Ushbu fan predmeti cheksiz darajadagi murakkab, o'zgaruvchan, oldindan bilib bo'lmaydigan mavjudot inson bo'lib hisoblanadi. Insonni boshqarish uchun uning eng kuchli, ayniqsa, kuchsiz tomonlarini chuqur o'rganish, to'liq axborotga ega bo'lish kerak. Ushbu axborotlar asosida (turli xil fanlar yordamida to'plangan usullar bilan) insonga o'z xohishicha qilishi mumkin bo'lmagan ishni bajarishga ta'sir kuchini topish kerak. Shunday qilib, bir-biridan ancha uzoq bo'lgan fanlarni birlashtirish muammosi ko'tariladi.
Bu esa o'ta murakkab muammodir. Fanlarni birlashtirish shu tarzda olib borilishi kerakki, boshqaruv bo'yicha amaliy xulosalar chiqarish imkoni tug'ulishi kerak. Ushbu yo'nalishdagi to'siqlardan bin bu u yoki bu tushuncha emas, hatto iboraning turli fan sohalarida turlicha talqin qilinishidir. Masalan, sistema so'zi pedagogikada ayrim, psixologiyada ayrim, tarixda ayrim, siyosatda ayrim, texnikada ayrim talqin etilishi mumkin. Stimul tushunchasi boshqaruv nazariyasida markaziy o'rinni egallasa, psixologiyada boshqacha, sotsiologiyada butunlay boshqacha, iqtisodda esa yana o'zgacha talqin etiladi. Turli xil fanlarda stimul har xil ma'noda qabul qilingani bilan u boshqaruvning quroli bo'lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |