Sirtqi fakultet “iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta” kafedrasi ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobot I tayyorladi: M52-2 guruh


”HududgazToshket” GTF ta’minoti filialining iqtisodiy tasnifi hamda tashkiliy tuzulmasi bilan tanishish



Download 18,84 Mb.
bet2/6
Sana23.06.2022
Hajmi18,84 Mb.
#696620
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hisobot Xamroyev Suxrob Toxir o\'g\'li M 52-2 (2)

1. ”HududgazToshket” GTF ta’minoti filialining iqtisodiy tasnifi hamda tashkiliy tuzulmasi bilan tanishish
Har bir soha borki uning oʼtmishi va tarixi mavjud. Oʼzbekistonda oʼzining ahamiyati va oʼrniga ega boʼlgan gaz xoʼjaligi sohasi taraqqiyot bosqichini bosib oʼtmoqda. Bunda, shubhasiz "Toshkentgaztaʼminot" Unitar Korxonasining oʼrni beqiyos. Bugun mazkur korxonaning tashkil etilganligiga 45 yil toʼldi. Ushbu sana yurtimiz Mustaqilligining 25 yillik bayramiga mushtarak tarzda nishonlanishi bilan ahamiyatlidir.
Shu oʼrinda korxona tarixiga bir nazar solsak.
XIX asr oxiri va XX asrning boshlaridan mamlakatimiz hududida tabiiy gaz manbalarini topish, uni yetkazish va aholi turar joylarini toʼliq gaz bilan taʼminlash borasida ilk qadamlar qoʼyildi. Oʼz davrida yurtimizning gʼarbiy qismida tabiiy gaz manbalarining kashf etilishi, Respublikada bu sohaning rivojlanishida hamda yoqilgʼi-energetika sohasini shakllanishida muhim manba boʼlib hizmat qildi. Mamlakatimizda hududlarni gazlashtirish ishlari 1957 yildan boshlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Kommunal xoʼjalik Bosh Boshqarmasida gazlashtirish boʼlimi tashkil etildi hamda uning zimmasiga Respublika hududini gazlashtirish va aholi turar joylarini gaz bilan taʼminlash vazifasi yuklatildi. Shu oʼrinda, Toshkent viloyatida ushbu yoʼnalishda amalga oshirilgan ishlarning koʼlami va miqyosi, ayniqsa, juda kengdir.
1958 yilda viloyatda Chirchiq, Olmaliq, Yangiyoʼl va Bekobod shaharlarda toʼrtta “Trest”lar tashkil etildi. 1960-61 yillarda yuqorida koʼrsatilgan shaharlarda kimyo, energetika, qora metallurgiya va oziq-ovqat korxonalari gazlashtirildi. Ushbu gazlashtirish ishlarini olib borishda Chirchiqgaz “Trest”ining ilk boshligʼi Kaz Аrkadiy Semyonovich, Olmaliqgaz “Trest”ining ilk boshligʼi Grinenko K.А., Bekobodgaz “Trest”ining ilk boshliqlari Аrxipov, Rasulov Qobil, Yangiyoʼlgaz “Trest”ining ilk boshliqlari Hojibekov, Rahimberganov Аbdunabi kabi sohaning fidoiy insonlari oʼzlarining salmoqli hissalarini qoʼshdilar. 1971-1990 yillar mobaynida Bekobod, Parkent, Keles, Chinoz, Аngren shaharlarida, Eshonguzar, Yangibozor, Zafar qoʼrgʼonlarida gazdan foydalanish bazalari qurib ishga tushirildi.
Sohaning rivojlanish tarixini kengroq tasavvur etish maqsadida korxonada qariyb ellik yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Gʼani Djuraev bilan oʼtkazgan suhbat davomida yozib olingan intervyu koʼrinishidagi qimmatli maʼlumotlar soxa yoshlari uchun dasturil amal boʼlib xizmat qilishi uchun ushbu qoʼllanmadan alohida joy oldi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligini nishonlaydigan saodatli kunlarga ham yetib keldik. Bu sana gaz xoʼjaligi hodimlari uchun ikki karra qadrdon va suyuklidir. Sababi, ushbu qutlugʼ ayyom «Toshkentgaztaʼminot» Unitar Korxonasiga poydevor qoʼyilganligining 45 yilligi bilan uygʼunlashib ketmoqda.
Istiqlolga qadar, yurtimizning aksariyat aholisi zaminimiz bagʼridan olinadigan boyliklardan, shujumladan, “Zangori olov”dan ham toʼla-toʼkis bahramand emas edi. Mustaqilligimizning eng katta yutuqlaridan biri shu boʼldiki, qisqa muddat ichida shahar va qishloqlarimiz hududlarining deyarli 90 foizi gazlashtirildi.
Oʼtgan asrning oʼrtalarida boshlangan gazlashtirish jarayoni mustaqillik yillarida juda tez suʼratlarda oʼsib bordi. Oltinga teng zaminimizda topilgan neftь va gaz zahiralari shoʼrolar davrida asosan chetga xizmat qilar, ana shu bebaho boylikni egasi boʼlgan xalqimiz shunday buyuk neʼmatdan bebahra qolar edilar. Respublikamiz mustaqillikka erishgach millatimiz oʼz boyligiga, oʼz yurtiga oʼzi xoʼjayin boʼldi. Muhtaram yurtboshimiz istiqlolning dastlabki yillaridayoq qishloq aholisini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan taʼminlash kabi masalalarni davlatning asosiy vazifasi darajasiga koʼtardi. Gaz xoʼjaligi misli koʼrilmagan surʼatlarda taraqqiy etdi. Barcha aholi turar joylari yoppasiga tezkorlik bilan gazlashtirildi.
Hozirgi zamonda, Oʼzbekistonning neftь va gaz sanoati yuqori rivojlangan jahon industriyasida juda katta ahamiyat kasb etayotgan energetik baza hisoblanadi.
Tabiiy gazdan sanoatda, qishloq xoʼjaligi va kundalik hayotimizda foydalanishning ahamiyatli tomoni shundaki, bu shahar va qishloq turar joylaridagi uy – xonadonlarni isitish, havoni toza saqlash, mehnat unumdorligini oshirish, uy-bekalarining mehnatlarini yengillashtirishga zamin yaratmoqda.
Mustaqillik davriga kelib, “Toshkentgaztaʼminot” Unitar Korxonasi yuksak oʼzgarishlarni boshdan kechirdi. Bunda ayniqsa, Prezidentimizning “1990-1992 yillarda Respublikamizning qishloq joylarining aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan taʼminlash” toʼgʼrisidagi Farmoni, soha rivojiga muhim qadam boʼldi. 1992 yil dekabrda Gulbahor GTSi ishga tushirilishi bilan Yangiyoʼldagi eski GTS yetti kilometrli magistral gaz quvuri “Toshkentgaztaʼminot” UKning balansiga oʼtkazildi. 1993-1994 yillarda sohaga kompьyuter texnologiyalarining jalb etilishi esa, ish sifatini yanada yuqori bosqichga koʼtarilishiga turtki boʼldi. Mustaqillikning shu yillarida “Toshkentviloyatgaz” Boshqarmasi va “Qibraygaz” idoralarida yana bir muhim tarixiy burilish amalga oshirildi, yaʼni korxona mamlakatimizda birinchilardan boʼlib ish hujjatlarini davlat tili – Oʼzbek tilida toʼliq yuritishni joriy qilindi.
Mana 25 yildirki, biz mustaqillik havosidan bahramand boʼlib Ozod, Xur, Jannatmakon diyorda yashamoqdamiz. Istiqlolimiz odimlari oʼzining har sohada quloch yozganligi ayni haqiqatdir. Buni magistral gaz quvurlarining kengayishi orqali “Toshkentgaztaʼminot” UKning ish salmogʼining oshganligida ham koʼrish mumkin. 1998 yilda gaz tarmoqlarini himoyalash boʼyicha olib borilgan ishlar darajasi 54 foizga koʼtarildi. Sohaga yangi texnologiyalarni joriy qilish borasida ham bir qator ishlar qilindi. Mustaqillikkacha boʼlgan davrda, Toshkent viloyatida bor-yoʼgʼi 3 ta gaz toʼldirish stantsiyasi boʼlib, ulardan foydalanishga koʼp mehnat sarf qilinardi. Mustaqillik yillarida bunday sarson-sargardonchiliklarni oldini olish maqsadida, sohaga zamonaviy texnologiyalarning keng koʼlamda jalb qilinishi uning rivojida muhim omil boʼldi. 1995-1997 yillarda “Toshkentgaztaʼminot” UKning barcha tizimlarini kompьyuterlashtirishga kirishildi. Bundan koʼzlangan maqsad esa, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirib, mehnat unumdorligini oshirish edi.
Endi statistik maʼlumotlarga eʼtiborni qaratsak, 1991 yil 1-sentyabr holatiga koʼra, jaʼmi 5478,2 km uzunlikdagi, undan 750,3 km yuqori bosimli, 1020,1 km oʼrta bosimli va 7609,3 km past bosimli gaz quvurlari mavjud boʼlgan boʼlsa, bu koʼrsatkich 2016 yil birinchi choragi holatiga koʼra, jami 12852,13 km uzunlikdagi, undan 1658,6 km yuqori bosimli, 3184,49 km oʼrta bosimli va 8009,52 km past bosimli gaz quvurlarini tashkil etmoqda. Bu raqamlar oʼsish suʼratlarining naqadar yuqoriligini koʼrsatib turibdi.
1995-1999 yillarda “Toshkentgaztaʼminot” Unitar Korxonasi sohaga doir ishlar koʼlamini yanada kengaytirdi. “Olmalikgaz”, “Chirchiqgaz”, “Chinozgaz”, “Qibraygaz”, “Ohangarongaz” idoralarida zamonaviy axborot kommunikatsiya tizimlari oʼrnatilganligi bunga yorqin isbotdir.
1999-2001 yillarda aholiga gaz sotish dasturlari mukammal tarzda jahon standarti talablariga javob beradigan darajada amalga oshirildi.
2001-2011 yillarda jahon texnika taraqqiyotining jadal rivojlanishi natijasida, “Toshkentgaztaʼminot” Unitar Korxonasi taʼsarrufidagi filiallarga ham lokal kompьyuter tarmoqlari oʼrnatildi. Аholiga gaz xizmatlarini koʼrsatishda korxona va uning filiallaridagi barcha kompьyuterlar yangi “BILLINGАZ” dasturiga oʼtkazildi, ularning har birida internet tarmogʼi bilan bevosita bogʼlangan VPN tizimlari ishga tushirildi.
1994 yilda “Toshkentgaztaʼminot” Unitar Korxonasi va uning filiallaridagi umumiy kompьyuterlar soni 40 donani tashkil etgan boʼlsa, bu raqam 2016 yilda 649 taga yetdi, yaʼni 16 barobar oshdi.
1Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan Qonunlar, Prezidentimizning Farmon va Qarorlari, Farmoyishlari ijrosini taʼminlash maqsadida korxonada 2012 yilda “Ijro intizomini nazorat qilish” xizmati tashkil etildi. Bu borada tashkilotda qilingan ishlar “Oʼztransgaz” АK tomonidan samaralilik darajasi yuqoriligi inobatga olinib, mamlakatimiz miqyosida eʼtirof etildi va oʼrnak sifatida koʼrsatildi.
Shuningdek, 1999 yilda “Toshkentgaztaʼminot” UK taʼsarrufida, ishchi-xodimlarining farzandlarini taʼtil onlarini mazmunli oʼtkazishlari uchun “Zangori olov” bolalar sogʼlomlashtirish oromgohi tashkil etildi. Shu yilning oʼzida, oromgohda 600 nafar bola dam olgan boʼlsa, bu koʼrsatkich joriy yilga kelib 1486 nafarga yetdi. Umumiy hisobda oladigan boʼlsak, 1999-2016 yillar mobaynida “Zangori olov” bolalar sogʼlomlashtirish oromgohida jami- 14978 nafar bolalar qabul qilindi va ularning maroqli dam olishlariga imkoniyat yaratildi.
Shuningdek, mustaqillikdan to bugungi kunga qadar, “Toshkentgaztaʼminot” UK tomonidan jami 8234 ta xonadon gazlashtirildi. Buni mustaqillikdan oldingi davr bilan qiyoslaganda, 60 borabar koʼp degani. Bu misollar albatta, bizni gʼururlantiradi hamda bundanda yuksak marralarni zab etishga undaydi.
Bulardan tashqari, korxona taʼsarrufidagi aholi punktlarida, isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz hajmini oʼlchashga moʼljallangan 9880 tadan ziyod zamonaviy elektron hisoblagichlar va 501 000 dan ortiq gaz hisoblagichlar oʼrnatildi.
Аholiga sifatli va uzluksiz gaz tizimini yaratishda, gazdan foydalanish bazalarining oʼrni ahamiyatlidir. Bu borada, mustaqillik yillarida “Toshkentgaztaʼminot” UKda maqtashga arzigulik ishlar amalga oshirildi. Shu jumladan, 1998 yilda Ohangaron shahrida gazdan foydalanish bazalari qurib ishga tushirildi hamda 1999 yilda Soldatsk qoʼrgʼonida shunday bazani qurish ishlari poyoniga yetkazildi.
Xalqimizda yana shunday bir naql borki “Ogʼiringni yengil qiladigan shubhasiz bu avtortransport vositalaridir”.
Bu borada ham “Toshkentgaztaʼminot” UKga qarashli Аvtotransport filialida ham qilingan ishlar koʼlami juda keng.
Har bir soha borki uni taraqqiy etishida bosh islohotchi boʼlgan davlat tomonidan ishlab chiqarilgan Qonun, Farmon va Qarorlarning ahamiyati juda katta. Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov tomonidan 2006 yil 8 avgustda qabul qilingan ““Oʼztransgaz” Аktsionerlik Kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-438-son Qarori sohani rivojlantirishga yangi davrni boshlab berdi. Shu qaror asnosida “Toshkentgaztaʼminot” Shuʼba korxonasi “Toshkentgaztaʼminot” UKga aylantirilib, uning tarkibiga Toshkent shahar gaz Birlashmasi ham kiritildi. Unitar Korxonaning vakolati kengaytirilib, unga qoʼshimcha imkoniyatlar berildiki, bu esa ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi. Sohaning samarali rivojlanishida ishchi hodimlarning oʼrni beqiyosdir. Korxona tashkil etilganda ishchi hodimlarning soni bor-yoʼgʼi 1040 nafarni tashkil etgan boʼlsa, bugungi kunga kelib, “Toshkentgaztaʼminot” UKsida ishlovchi hodimlarning umumiy soni 5665 nafarni tashkil etmoqda. “Toshkentgaztaʼminot” UKda mehnat munosabatlari doirasidagi barcha masalalar tarmoq kelishuvlari va jamoa shartnomalari orqali oʼz yechimini topmoqda. Hodimlarning mehnat munosabatlari doirasidagi huquq va manfaatlarini taʼminlashda kasaba uyushmalarining eʼtibori ish beruvchilar bilan ijtimoiy sherikchilik asosida qonunchilikda koʼzda tutilgan meʼyorlar va talablarni kelishuvlar, jamoa shartnomalari orqali amaliyotga joriy etishga qaratilgan. Jamoa shartnomasidagi har ikki tomonning asosiy vazifalari ijtimoiy sherikchilik asosida barcha shartlarni bajarish bilan korxona salohiyatini oshirib, moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash hamda barcha ishchi hodimlarni moddiy-iqtisodiy tomondan himoyalashdan iborat.
Jamoa shartnomasida hodimlarni ijtimoiy himoyalash, sogʼlomlashtirish, mehnat muhofazasi masalalari har tomonlama toʼliq qamrab olingan. Istiqlol yillarida boshqaruv va ishchi xodimlar uchun koʼplab yangi shtat birliklari ochildi. Korxona hodimlariga oylik maoshlari oʼz vaqtida toʼlanib kelinmokda.
Korxona Jamoa shartnomalari orqali ishchi-xodimlarga birinchi nikohdan oʼtganlarida, farzandli boʼlganlarida , maktabgacha muassasalarga qatnaydigan , maktab yoshidagi, oliy oʼquv yurtlaridagi kontrakt asosida oʼqiyotgan farzandlari uchun moddiy yordam va ragʼbatlantirishlar amalga oshiriladi. Statsionar daʼvolanishga,murakkab jarroxlik operatsiyalariga muxtoj xodimlarga,xamda ishlamayotgan nafaqaxoʼrlarga tibbiy daʼvolanish xizmatlari uchun moddiy yordam beriladi.Ishchi-xodimlar sogʼliqlarini tiklab olishlari uchun sixatgoxlarga, dam olish uylariga oʼrnatilgan tartibda yoʼllanmalar ajratiladi. Xodimlarni tushlik ovqatlarini arzonlashtirish, jamoat transportlarida yurishlari uchun,qishloq xoʼjalik maxsulotlarini qish mavsumiga xarid qilish uchun kompensatsiya pullari toʼlanadi. Korxonaning ishchi-xodimlari Oʼzbekiston Respublikasining milliy bayramlarida, yubiley kunlari sharafiga, xodim faxriy dam olish (mehnat nafaqasi) ga chiqishi munosabati bilan moddiy ragʼbatlantiriladi. Istiqlol yillarida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarishda jarohatlanishni oldini olish boʼyicha koʼplab ishlar qilindi. Xavfli ishlar bilan shugʼullanadigan barcha xodimlar har yili tibbiy koʼrikdan oʼtkaziladi. “Toshkentgaztaʼminot” UKda va uning barcha filiallarida jaʼmi 80 nafar mehnat muxofazasi vakillari saylangan, hamda ular tomonidan muntazam ravishda ishchi-xodimlarning mehnat sharoitlari va xavfsizlik texnikasi doimiy nazorati oʼrnatilgan.
Mehnat muxofazasi vakillari maxsus kurslarda oʼqitilib, ular tomonidan baxtsiz xodisalarning oldini olish maqsadida koʼplab takliflar kiritilmoqda. Kiritilgan takliflar asosida, yangi loyihalar amaliyotga joriy qilinyapti.
1991-2016 yillar davomida nazorat qiluvchi tashkilotlar tomonidan baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida koʼplab seminar va amaliy mashgʼulotlar oʼtkazilib kelinmoqda.
2Qayerda insonga ragʼbat va eʼtibor boʼlsa, oʼsha yerda ish unumi yuqori boʼlishi ayni haqiqatdir. Bu borada “Toshkentgaztaʼminot” Unitar Korxonasi ham qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 11 martdagi 03-35-12-sonli bayonnomasi hamda «Oʼztransgaz» АK ning 28 fevraldagi 147–sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida «Toshkentgaztaʼminot» UK ning 2011 yil 11 apreldagi 232-sonli buyrugʼi qabul qilindi.

Unga koʼra, korxonaning Toshkent viloyatidagi Ohangaron, Boʼstonliq va Yangiyoʼl tumanlarida bogʼdorchilik, asalarichilik, chorvachilik, parrandachilik hamda Piskent tumanida baliqchilik yoʼnalishlari boʼyicha yordamchi xoʼjaliklar barpo etilib, korxona xodimlarining turmush farovonligini yanada yaxshilashga xizmat qilib kelmoqda.


Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan va istiqlolning dastlabki kunlaridan amalga oshirib kelinayotgan, mamlakatimizni isloh etish va moderinizatsiyalash boʼyicha “Oʼzbek modeli” bugun dunyoning taraqqiyot sari intilayotgan aksariyat davlatlari uchun namuna boʼlib xizmat qilmoqda. Yurtimizda aholining yashash sharoitlari sifati va farovonligini yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan tub islohotlar yuksak samaralar berayotganini vaqtning oʼzi koʼrsatib turibdi. Ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar, ularning natijalari va istiqboli bilan keng omma va jahon hamjamiyati vakillari bugun yaxshi tanishdirlar.
Yurtboshimiz tashabbuslariga koʼra, “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, deb eʼlon qilingan 2009 yildan buyon mamlakatimizda aholi turmush darajasi va hayot sifatini yanada oshirish, munosib yashash va ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaratish, zamonaviy uylar va muhandislik kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish, aholi punktlarini toza ichimlik suvi, elektr va issiqlik energiyasi bilan kafolatli taʼminlash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlar tizimi bilan keng joriy etish hamda qishloqda maishiy turmush madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan koʼplab tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda hamda qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida turar joylar barpo etish ishlari koʼlami yildan-yilga kengayib boryapti. Bunday ishlarning amalga oshirilishi, ayniqsa, qishloqda istiqomat qilayotgan ayollar uchun keng imtiyozlar yaratib berdi. Maʼlumki, avvallari qishloqlarda yashash sharoiti shahardagidan keskin farq qilar edi. Har bir xonadonda ichimlik suvining mavjud emasligi, isitish tizimlarining boʼlmaganligi, toʼliq gazlashtirilmaganligi sababli qator muammolar kelib chiqar edi. Yaʼni, oʼsha davrda qishloqlardagi ayollar birgina taom tayyorlashlari uchun oʼtin, koʼmir kabi xom-ashyolardan foydalanganlar. Bu esa oʼz navbatida, qoʼshimcha harajatlar va noqulayliklarni keltirib chiqarar edi. Qishning ayozli kunlarida xonadonlar gazlashtirilmaganligi sababli, xonalarni isitish uchun “Tancha” yoki koʼmir va oʼtin bilan qizdiriladigan pechlardan foydalanilgan. Bu esa, oʼz navbatida aholi salomatligiga, turar-joylariga doimiy xavf-xatarlarni tugʼdirgan.
3Hozirda namunaviy uylarda oʼrnatilayotgan zamonaviy isitish tizimlarining, gaz taʼminotining qulayliklari, qishloq oilalari uchun shahar sharoitidan kam boʼlmagan imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Bu borada, Prezidentimiz I.А. Karimov tomonidan 2009 yilning 3 avgust sanasida qabul qilingan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʼlamini kengaytirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ -1167 sonli Qarori asosiy dasturilamal boʼlib xizmat qilmoqda.
Barpo etilayotgan qishloq massivlarining tashqi muxandislik tarmoqlari qurilishi tegishli vazirliklar va mahalliy byudjet mablagʼlari hisobidan amalga oshirilmoqda. Bunga koʼra, elektr taʼminotini «Oʼzbekenergo» Davlat-Аktsiyadorlik Kompaniyasi, tabiiy gaz taʼminotini “Oʼztransgaz» Аktsiyadorlik Kompaniyasi hamda ichimlik suvi va ichki yullar uchun asfalьt yotkizish ishlari mahalliy byudjet va homiylik mablagʼlari hisobidan tadbiq etilmoqda.
Ushbu komunal xizmatlarini bajarish uchun uy egasi tomonidan mutlaqo xarajat qilinmasligi ham qishlok aholisi uchun yaratilgan muhim imkoniyatlardan biridir.
Shuningdek, bu loyihalarni keng koʼlamda amalga oshirish borasida “Toshkentgaztaʼminot” Unitar Korxonasi tomonidan ham 2010 yildan buyon muntazam ravishda tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

2 .Hududgaz ta’minoti hodimlarining tashkiliy bo’linmalari va soni



























Download 18,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish