2012 - yildan boshlab Xalq banki yuqori darajadagi xalqaro reytinglarga ega bo‘lib kelmoqda.
2019- yil Xalq banki tarixida ilk marotaba “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari"ning 9 standarti amaliyotga tatbiq etildi hamda “ISO 9001:2015” xalqaro muvofiqlik sertifikati olindi.
2021 - yilning avgust oyida Xalq banki reytingi “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining “BB-/B” -“Barqaror” reytingiga hamda “Standard and Poors” xalqaro reyting agentligining “B+/B” reytingiga ega boʻldi.
2021 - yilning avgust oyida “Standard and Sensitive Rating” agentligi tomonidan milliy shkala bo‘yicha “uzA+” - “Barqaror” reytingi tasdiqlandi. Ushbu reyting Xalq banki tomonidan milliy shkala bo‘yicha kreditga layoqatlilik ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks ettiradi.
Bank kapitali
Bizning moliyaviy ko‘rsatkichlarimiz barqaror o‘sish dinamikasiga ega. Bugungi kunda Xalq bankining jami kapitali 4 929 336,5 mln. so‘mni tashkil qiladi. 2020-yil 1-oktabriga nisbatan 3,5% ga o‘sgan.
Jalb qilingan aholi omonatlari
2021-yilning 1-oktabr holatiga aholi omonatlari 7 189 757,0 mln. so‘m bo‘lib, 2020-yil 1-oktabriga nisbatan 14,7 foizga o‘sgan.
Bank kredit qo‘yilmalari
2021 - yilning 1-oktabr holatiga bankning kredit qo‘yilmalari 21 019 047,4 mln. so‘m bo‘lib, 2020-yilning 1-oktabrga nisbatan 20,5 % ga oshgan 2021 yil.
Bank strukturasi
Xalq banki filiallari – 196 ta; Bankdan tashqari tashkil etilgan kassalar – 307 ta; 24/7 shoxobchalari – 423 ta; Bank xizmatlari markazlari – 106 ta; Valyuta ayirboshlash shoxobchalari – 261 ta; Xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari – 297 ta;
Bank kassalari (jamg‘arma kassa, maxsus kassa, universal kassa va boshqalar) – 817 ta;
Ko‘chma (sayyor) kassalar – 1443 ta.
Bank Ustavining 15-bandiga asosan:
Bank o‘z aksiyalarini sotib olish uchun Markaziy bankdan oldindan ruxsat olishi shart. Bank sotib olgan o‘z aksiyalarining miqdori bank ustav kapitalining o‘n foizidan oshmasligi kerak.
Bank o‘z aksiyalarini sotib olish uchun oldindan ruxsat olish maqsadida bank o‘z aksiyalarini sotib olish sabablarini ko‘rsatib, bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishining qarori va arizasini Markaziy bankka taqdim etadi.
Bankning reytinglari haqida ma'lumot
Korporativ etika kodeksi Mazkur Korporativ etika kodeksining maqsadi Bank, uning mintaqaviy bo’linmalari va muassasalarining foyda ko’rish darajasini, moliyaviy barqarorligi va unumdorligini oshirishga qaratilgan Xalq bankining faoliyat standartlarini belgilash hisoblanadi.
Kodeks xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlari, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, ish muomalasi odatlari asosida ishlab chiqilgan. Kodeks rahbarlar va xodimlar o’zaro muomalasining asosiy qoidalari, Bank xodimlarining o’zini tutishi, ularga qo’yiladigan talablarni o’z ichiga oladi.
Mazkur Qoidalar Bankning muvaffaqiyatli biznes yuritishga imkon beruvchi etika, qonuniylik tamoyillariga sodiqligini tasdiqlovchi Korporativ standartlarning majmuidir.
Kasbiy mahorat Bank mijozlarga va hamkorlarga xodimlarning malakali bo’lishini kafolatlaydi. Bank xodimlar kasbiy mahoratning eng yuqori bosqichiga intilishini qo’llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi.