O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET
“IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR VA SUG’URTA” KAFEDRASI
“MENEJMENT” TA’LIM YO’NALISHI 4-KURS MS-60 GURUXI TALABASI IBRAGIMOVA LOLANING
“XALQARO MARKETING” FANIDAN
YAKUNIY NAZORAT UCHUN
YOZMA ISHI
TOSHKENT-2021
Variant №1
Globallashuv sharoitida respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.
Ansoffning matrisasi. M. Porterning raqobat modeli.
Litsenziya kelishuvlari
Globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyotining beqarorligi va tashqi xatarlarning o‘sishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Pandemiya davridagi bunday global tahdidlarning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun zarur choralar ko‘rilmasa, milliy iqtisodiyotning barqaror va izchil rivojlanishini ta’minlash mushkul.
Avvalo, karantin davridagi ishlab chiqarish va xizmatlarga cheklovlar, investitsiya faolligining pasayishi, ishlab chiqarish zanjirlarining uzilishi, aholi daromadlarining kamayishi tufayli ichki va tashqi bozorda talabning pasayishi, eksportning qisqarishi iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirdi. Bundan tashqari, o‘sib borayotgan byudjet defisiti va tashqi davlat qarzi, inflyatsiyaning o‘sishi, pandemiya sharoitida ijtimoiy muhofazaga byudjet xarajatlarining ko‘payishi va boshqalar makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavf tug‘dirdi.
Mavjud qiyin vaziyatni hisobga olgan holda O‘zbekistonda global inqiroz oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi. Koronavirus pandemiyasi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini va uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan inqirozga qarshi kompleks dastur qabul qilindi. Dasturning asosiy maqsadi 2020-yilda ijobiy iqtisodiy o‘sishga erishish va 2021-yilda YAIMning 5-5,5 foizgacha o‘sishini ta’minlash edi. Ushbu maqsadga erishish uchun iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning investitsiyalari va tashqi iqtisodiy faoliyatini tiklash uchun sharoit yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yil 29-dekabrda Parlamentga murojaatida pandemiya oqibatida yuzaga kelgan global inqirozning muammolari va xatarlari oldida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning strategik maqsadiga erishish qiyin vazifa ekanini, mavjud va yangi o‘sish manbalarining potensiali hisobga olingan taqdirdagina uni hal etish mumkinligiga to‘xtaldi.
Respublikada iqtisodiy o‘sishning doimiy yuqori sur’atlarini ta’minlash uchun katta zaxira va imkoniyatlar mavjud. Ularning ishtirokisiz iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlariga va makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashga erishish qiyin.
Qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiy o‘sish omillarini izlash va faollashtirish uchun mavjud va hali ishlatilmagan ichki zaxiralarni hisobga olish zarur: makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyotning monetizatsiya darajasini oshirish, yalpi ichki mahsulotning energiya zichligini kamaytirish, tejashdan yanada samarali foydalanish, investitsiya muhitini yaxshilash, infratuzilmani takomillashtirish, AKTdan foydalanishni kengaytirish, integratsiya jarayonlarini faollashtirish, inson kapitali sifatini oshirish va hokazo.
Kelgusida ichki va tashqi bozorga raqobatbardosh mahalliy mahsulotlar turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zaxiralarni iqtisodiy aylanmasiga maksimal darajada jalb qilish, yangi texnologiyalarga o‘tish iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlaydi. Ushbu muammolarning yechimiga ishlab chiqarishga yuqori samarali zamonaviy texnologiyalarni jadal joriy etish sharti bilan faqat mahsulot tannarxini pasaytirish va hosildorlikni oshirish orqali erishish mumkin. Buning uchun mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish uchun resurslar xarajatlarini va mahsulotlarni tashish va sotish xarajatlarini kamaytirish, texnologik yangilanish va raqamlashtirishga sarmoyalarni ko‘paytirish va «yashil» iqtisodiyotga o‘tish uchun sharoit yaratish zarur.
Jahon tajribasi ko‘rsatib turibdiki, o‘sib borayotgan global beqarorlik va ichki muammolar sharoitida uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlashga faqat iqtisodiy o‘sishning yangi, asosan, innovatsion omillariga o‘tish natijasida erishiladi. Iqtisodiyot rivojiga ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarning ta’siri kuchaymoqda.
«Bozor ulushini o’sish» matrisasi.
Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, korxonani foyda olishga yo’naltirish xisoblanadi. Uning echimini topishda jahon tajribasida quyidagi yondoshishlar mavjud.
Maqsadli bozorni o’zlashtirish yo’llarini qidirishda muqobil strategiyalarni aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan “tovar-bozor” matritsasi ishlatiladi. “Porterning umumiy strategik modeli”da korxona barcha imkoniyatlarini bozordagi bir segmentga qaratadi, tovar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish evaziga mahsulotga past baho belgilab iste’molchilarni ko’proq jalb etadi va sotish hajmini oshiradi. Boshqa xolatda esa, raqobatchilar yuk bozorni yangi tovar assortimenti bilan egallab oladi.
“Tovarlar (bozorlar imkoniyatlari qolipi (matrisasi))”da foydani ko’paytirish birinchidan – tovar xarakatini o’zgartirmagan xolatda bozorni kengaytirish, ikkinchidan – xali talab qondirilmagan bozorlarga kirib borish; uchinchidan - korxona bozorda yaxshi tanilgandan so’ng yangi tovar ishlab chiqarish yoki modifikatsiyasini o’zgartirish; to’rtinchidan - yangi bozorlar uchun yangi tovarlar ishlab chiqarish orqali erishiladi.
“Boston konsalting guruhi qolipi” orqali bozorda foyda olish, korxona faoliyat ko’rsatadigan hududlardan eng samarali strategik xo’jalik bo’limlarini tanlash bilan amalga oshiriladi.
Birinchi hudud - “yulduzlar” (katta talab va bozorda yuqori ulushga erishilgan). Bu hududni e’zozlab, yanada mustahkamlash choralari ko’riladi. Bozordagi ulushni saqlash uchun narxlarni pasaytirish, reklama xarajatlarini ko’paytirish, mahsulot turlarini ko’paytirish va boshqalar amalga oshiriladi.
Ikkinchi hudud - “sog’in sigirlar” (past talab, ammo bozorda firmani ulushi yuqori) Bu hududga qattiq nazorat o’rnatiladi.
Uchinchi hudud - “qiyin tarbiyali bolalar” (talab yuqori, ammo bozorda ulush kam). Bu hudud imkoniyatlarini o’rganish va “yulduzlar” hududi darajasiga ko’tarilishi ehtimoli bormi yoki yo’qmi? Kerak bo’lsa, xarakatni ko’paytirish zarur.
Turtinchi hudud - “itlar” (past talab va bozorda kam ulush). Agar bunday hududni egallab turishga, keskin sabab bo’lmasa, undan qutulish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |