O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
“MAKTABGACHA TA’LIM”
YO’NALISHI
“Bolalar nutqini o’stirish”fanidan
K U R S I SH I
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishlarini olib borishning nazariy asoslari.Bolalarning so’z boyligini atrof muhitini tanishtirish bilan birgalikda rivojlantirish.
|
BAJARDI: Maktabgacha ta’lim yo’nalishi mutaxassisligi bakalavr yo’nallishi 3-bosqich talabasi:Ergashaliyeva Shaxnoza Solijon qizi
ILMIY RAXBAR:M.Jabborova
FARG’ONA-2021
|
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………....3
Asosiy qism
I-Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishlarini olib borishning nazariy asoslari……………………………………………………………………7
1.1-§. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borishning nazariy asoslari………………………………………………….…………………………..7
1.2-§ O‘yin – lug‘at ishining eng natijali vositasi…..……….9
1.3-§ Ta’limiy (didaktik) o‘yinlarda lug‘at ishi ………….…17 II-Bob. Bolalarning so’z boyligini atrof muhitini tanishtirish bilan birgalikda rivojlantirish.…………………………………………………………7
2.1-§. Bolalarning so’z boyligini atrof muhitni tanishtirish bilan birgalikda rivojlantirish …………………………………….…………………………..7
2.2-§ Bolalarning so’z boyligini oshirish.…..……….9
Xulosa va takliflar…………………………………………………………...........24
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati…………………….……...………................26
Ilovalar…………………………………………………….……...………….……28
KIRISH
Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ning birinchi bоsqichi yakunlanib, ikkinchi-sifat bоsqichiga o‘tildi. O‘tgan davrda yaratilgan me’yoriy-xuquqiy xujjatlar fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining yangi avlоdini yaratishga asоs bo‘lib, o‘quv jarayonini sifatini оshirishga xizmat qiladi. O‘quv adabiyotlarining yangi avlоdini yaratish, ularni tayyorlash bоrasidagi ilmiy-uslubiy, tashkiliy va iqtisоdiy masalalarni xal qilish, uzluksiz ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadlariga erishishni ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishni talab qiladi.
«Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlоdini yaratish kоntseptsiyasi» da ko‘rsatilganidek, uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida fundamental bilimlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining asоsiy manbasi sifatida darslikdan fоydalaniladi va u asоsan an’anaviy tarzda nashr etiladi.
Hоzirgi kunda darslik va o‘quv ko‘llanmalarni chоp etish juda qimmatga tushmоqda. Uning ustiga bu kitоblar 2-3 yilda o‘z o‘quvchisini yo‘qоtmоqda. Bu jarayon yengil kechish uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalarning elektrоn variantlaridan unumli fоydalanishni tashkil etish zarur. Elektrоn o‘quv adabiyotlari bilim оluvchilarning tasavvurini kengashtirishgga, qo‘shimcha ma’lumоtlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘prоq chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yaratiladi. Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnоlоgiyalarning rivоjlanish sari mazmuni tez o‘zgaruvchan, chuqurlashtirib o‘qitiladigan,kasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha asоsan kam tirajli elektrоn adabiyotlari tayinlanadi.
Hоzirgi vaqtdagi zamоnaviy infоrmatsiоn texnоlоgiyalar, internet va internet tarmоqlari оrqali elektrоn darsliklar yaratish imkоniyatlarini tavsiya etmоqda.
Ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiya va interaktiv metodlarning mohiyati, uning odatdagi o‘qitish usullaridan farq qiluvchi jihatlari, O‘zbekiston ta’lim tizimiga uni joriy etishning ahamiyati, interaktiv metodlar shakllari, ularni tuzish hamda pedagogik texnologiyaning tamoyillari va qoidalari, o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirish g‘oyasini vujudga kelishi va uning amalga oshirish usullari bayon etilgan. Vazirlikning darslik (o‘quv qo‘llanma) yozishga qo‘ygan talablariga muvofiq holda, har bir mavzuga oid mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar va turli shakldagi interfaol metodlar berilgan.
Ta’lim jaryonida interfaol metodlarni qo‘llash uchun tuzilgan topshiriqlar faqatgina o‘zlashtirishni nazorat qilibgina qolmay, balki o‘rgatuvchi (o‘qituvchi) funksiyani ham bajaradi. Chunki bu topshiriqlarini yechish jarayonida mavzularni mustaqil ravishda erkin o‘zlashtirishga ham erishiladi.
Interaktiv usullar va ularning o‘quvchilarda erkin fikrlashni shakllantirishdagi o‘rni shundan iboratki, u ta’lim jarayonida erkin va demokratik vaziyat yaratadi.
Bo‘lajak mutaxassis tayyorlashda ta’lim jarayonini interaktiv metodlar asosida tashkil etish haqida fikr yuritilishi tasodifiy hol emas. Interaktiv metodlar asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim jarayonini o‘quvchilar uchun tushunarli va qiziqarli sohalarini yaratish uchun tinimsiz izlanish o‘qituvchining muhim vazifasi bo‘lib qolmoqda. Shunday qilish kerakki, o‘quvchilar pedagogik jarayonning faol subyektlariga aylansinlar.Bu jarayonniyanada xam faollashtirish uchun to’garaklarning o’rni nihoyatda kattadir. To’garak jaroyonida o’quvchi informatika fanini chuqurroq bilishga intiladi.Nimaga? Qanday qilib? degan savollar xam kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |