Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va


- ILOVA Yangi o’quv materiali bayoni



Download 3,1 Mb.
bet17/49
Sana05.07.2022
Hajmi3,1 Mb.
#741252
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
Bog'liq
Sanitariya 2-sem

6- ILOVA
Yangi o’quv materiali bayoni
Venerik kasalliklar, tanosil kasalliklari, zuhroviy kasalliklar — jinsiy yoʻl bilan yuqadigan zaxm, soʻzak, yumshoq shankr, trixomonoz, mikoplazmoz, xlamidioz, chov limfogranulematozi, jinsiy aʼzolar sohasi uchugʻi, shuningdek orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS)ning umumiy nomi. Venerik kasalliklar juda qadimdan maʼlum. Gippokrat, Sels, Galen va boshqa asarlarida ham Venerik kasalliklar haqida maʼlumotlar bor. Kam rivojlangan mamlakatlarda aholining ogʻir ahvolda yashashi, ishsizlik, baʼzi ayollarning hech qayerda ishlamay fohishalik bilan shugʻullanishi, erkaklarning moddiy qiyinchilik tufayli duch kelgan ayollar bilan jinsiy aloqada boʻlishi, alkogolizm, giyohvandlik va boshqa Venerik kasalliklar ning tarqalishi va koʻpayishiga zamin yaratadi. Venerik kasalliklar (ayniqsa zaxm, soʻzak va xlamidioz) keng tarqalishi mumkin. Ular kishilar sogʻligʻiga putur yetkazishdan tashqari, jamiyat uchun ham xavflidir. Venerik kasalliklar vaqtida davolanmasa yoki notoʻgʻri davolansa kasallik surunkali tus olib, bemor uzoq vaqtgacha ish qobiliyatini yoʻqotadi, koʻpincha nogiron boʻlib qoladi. Soʻzak boʻlgan erkak yoki ayol uzil-kesil davolanmasa, jinsiy zaif, umrbod bepusht boʻlib qolishi mumkin. Venerik kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarning ichki aʼzolari va markaziy nerv sistemasi izdan chiqadi. Zaxm boʻlgan ayol homilador boʻlib, oʻz vaqgida davolanmasa, bola yo oʻlik yoki zaxm bilan kasallanib, mayib-majruh boʻlib tugʻiladi (tugʻma zaxm). Venerik kasalliklar bilan ogʻrigan bemor oʻz vaqtida teri-tanosil kasalliklari dispanseriga murojaat qilib, mutaxassis vrach koʻrsatmasi boʻyicha davolansa, albatta, tuzalib ketishi mumkin. Sayoq yurish, ichkilikka ruju qilish, tasodifiy jinsiy aloqalarga yoʻl qoʻyish Venerik kasalliklar ning koʻpayishiga sabab boʻladi.
OʻzR da Venerik kasalliklarga qarshi kurashish uchun maxsus dispanserlar va boshqa davolash-profilaktika muassasalari mavjud. Ular kasallikni yuqtirganlarni qidirib topib, davolanishga majbur qiladilar, bu bilan Venerik kasalliklarning boshqalarga yuqish xavfining oldi olinadi. Venerik kasalliklarning oldini olishda homilador ayollar, bolalar muassasalari, oziq-ovqat sohasi xodimlarining belgilangan muddatda vrach koʻrigidan oʻtib turishlari muhim. Aholi orasida Venerik kasalliklarning yomon oqibatlari, uning oldini olish va davolatish zarurligi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish zarur. Bemor oʻzida venerik kasallik borligini bila turib boshqalar bilan jinsiy aloqa qilib, kasallikni yuqtirsa OʻzR jinoyat qonunlari kodeksiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Teri kasalliklari - odam va hayvonlar organizmidagi shilliq qavatlar, teri hamda uning hosilalari (soch, tirnoq) patologik oʻzgarishi bilan ifodalanadigan kasalliklar guruhi.

Odamda uchraydigan Teri kasalliklari toshma toshishi, dogʻ, pufakcha, tuguncha, qipiqlanish, yaralanish, terining shilinishi, yorilishi va boshqa tarzida namoyon boʻladi. Tashqi muhitdagi har bir fizik va kimyoviy omillar terida turli yalligʻlanishlar (dermatitlar) paydo boʻlishiga olib keladi; bulardan qavarish, bichilish, sovqotish, kuyish birmuncha koʻproq uchraydi. Terining talaygina kasalliklariga biologik omillar, mikroskopik zamburugʻlar (qarang Terining zamburugʻli kasalliklari), bakteriyalar, hayvon parazitlari (qarang Qoʻtir) va viruslar (qarang Soʻgal, Uchuq) sabab boʻladi.

Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish